Abdullayeva feruzaning


O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2018-yil 3-oktabrdagi


Download 0.72 Mb.
bet22/32
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1656413
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
33 maxsus maktab

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2018-yil 3-oktabrdagi
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibini takomillashtirish”to’grisidagi 246-sonli buyrug’iga ilova
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar davomatini yuritish tartibi toʻgʻrisida” YOʻRIQNOMA
Mazkur yoʻriqnoma umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar davomatini yuritish, dars mashgʻulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan oʻquvchilarni aniklash, xisobotini yuritish va ularni taʼlimga jalb qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu yoʻriqnoma Xalq taʼlimi tizimidagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
2. Mazkur yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Darslarga kelmaslik - darslar uchun belgilangan vaqtlarda (kun, xafta
davomida) ishtirok etmaslik;
Sababli ravishda darslarga kechikish, dars qoldirish, darslarga (soat, kun, xafta davomida) kirmaslik - taʼlim muassasasi rahbariyatining (direktor, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoki oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari), sinf rahbarining ruhsati bilan, ota-onasining (ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning) ogʻzaki va yozma murojaatiga koʻra yoki sogʻligi tufayli (tibbiy maʼlumotnoma asosida), favqulodda holatlarda va hakozo hollarda darslarga sababli kechikish, dars qoldirish, darslarda (soat, kun, xafta davomida) qisman yoki toʻliq qatnashmaslik;
Sababsiz ravishda darslarga kechikish, dars qoldirish, darslarga (soat, kun, xafta davomida) kirmaslik yuqorida koʻrsatilgan sabablar boʻlmagan hollarda darslarga qisman yoki toʻlik qatnashmaslik;
Muntazam dars qoldirish - sababsiz ravishda bir oʻquv xaftasida 3 kun va undan ortiq, bir oy mobaynida 10 kun va undan ortiq dars mashgʻulotlariga uzluksiz qatnashmaslik.

2- bob. Oʻquvchilar davomatini yuritish
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (matnda bundan buyon maktablar deb yuritiladi) oʻquvchilarining davomati xar bir sinf, maktab, shahar (shahar), viloyat va Respublika miqyosida yuritiladi.
4. Oʻquvchilar davomati sinf miqyosida fan oʻqituvchisi tomonidan sinf jurnalida quyidagi tartibda qayd etiladi:
oʻquvchi darsga qatnashayotgan boʻlsa, u holda sinf jurnaliga hech qanday belgi qoʻyilmaydi (baholash bundan mustasno);
oʻquvchi darsda qatnashmayotgan boʻlsa sinf jurnalida mazkur fandan roʻyhat boʻyicha joriy nazorat ustunining tegishli katagiga sababli boʻlsa “+”, sababsiz boʻlsa belgisi qoʻyiladi;
_. Sinf miqyosida oʻquvchilar davomati sinf rahbari tomonidan nazorat qilinadi. Xafta yakunida sinf rahbari tomonidan sinf jurnalining davomat saxifasida (236-2__ betlar) oʻkuvchining darslarga qatnashish davomati - soati oʻquvchi taqdim etgan hujjatga asosan sababli, taqdim etmagan holda sababsiz belgilanadi. Oʻquvchining kunlik davomati qoldirgan dars soatiga asosan belgilanadi.
6. Maktab miqyosida kunlik oʻquvchilar davomati maktab yetakchisi tomonidan olib boriladi. Oʻquvchilar davomati har oʻquv kunida 2-marta (1-marta, 1-soat) va oxirgi dars davomida sinflar kesimida oʻrganiladi.
7. Oʻquvchilar davomati maktab miqyosida direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
8. Maktab oʻquvchilarining umumiy kunlik davomati oʻquv kuni yakuniga koʻra maktab yetakchisi tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan taʼlim muassasasining davomat jurnaliga (namunaviy shakli ushbu yoʻriqnomaga 1-ilovada keltirilgan) qayd etiladi.
Darslarga qatnashmagan kunlari uchun kasalligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etgan oʻquvchilar sinf jurnalida sababsiz darsga kelmaganlar safidan sababli kelmaganlar safiga oʻtkaziladi, yaʼni sinf jurnalidagi belgisi, “+” belgisiga oʻzgartiriladi.
9. Oʻquv kuni soat 14:00 ga qadar maktab oʻquvchilarining kunlik davomati direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan ushbu yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq umumlashtiriladi va shahar (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga taqdim etish uchun maktab direktoriga kiritiladi.
10. Shahar (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridagi Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya shoʻbasi tomonidan soat 1_:00 ga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kesimida oʻquvchilarning kunlik davomati umumlashtiriladi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar Xalq taʼlimi boshqarmalaridagi Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya boʻlimi tomonidan shahar (shahar)lar kesimida umumlashtirilgan oʻquvchilar davomati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan jadval asosida Xalq taʼlimi vazirligining Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasiga soat 16:00 ga qadar elektron shaklda taqdim etadi. 12. Xalq taʼlimi vazirligining Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi tomonidan hududlardan olingan maʼlumotlar mazkur yoʻriqnomaning _-ilovasiga muvofiq respublika miqyosida umumlashtirilib, vazirlik rahbariyatiga kiritiladi.
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilar davomati toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotlarni 2-ilovadagi shakl asosida toʻgʻridan-toʻgʻri vazirlikka taqdim etadi.
13. Oʻquvchilar davomatini oʻrnatilgan tartibda yuritish, tegishli maʼlumotlarning haqqoniyligi va oʻz muddatida taqdim etilishini taʼminlashga maktablar, shahar (shahar) Xalq taʼlimi boʻlimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar Xalq taʼlimi boshqarmalarining birinchi rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling