Abdullayeva Safarxol O‘ktam qizi Mavzu: O‘zbek tilshunosligida sintaktik nazariyalar kurs ishi


Download 41.48 Kb.
bet5/7
Sana10.02.2023
Hajmi41.48 Kb.
#1183697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdullayeva Safarxol KURS ISHI (2)

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. (B.);
2) kesim ergash gapning kesimi boʻlib keladi: U nima ediki, shitirlashi yurakka g'ulg'ula solsa?;
3) toʻldiruvchi ergash gapning kesimi boʻlib keladi: Yuragingda nimaiki bo’lsa, hammasini ayt. ("K.D.");
4) aniqlovchi ergash gapning kesimi boʻlib keladi: Kimning ko'ngli to'g'ri bo'lsa, uning yo‘li ham to‘g`ri.;
6) chogʻishtirish va oʻxshatish ergash gaplarning kesimi boʻlib keladi: Bu yerda tugʻilgan inson qay yoʻsinda oʻssa, Xolmurod ham shunday oʻsardi. (P.Turs.);
7) sabab ergash gapning kesimi boʻlib keladi: Qalandarov Saidaning zarbga bunday epchillik bilan chap berishini sira xayoliga keltirmagan boʻlsa kerak, oʻzi shoshib qoldi. (A.Qah.);
8) maqsad ergash gapning kesimi boʻlib kelad: Yuksak cho'qqilarni zabt etasan deb , otam Toshkentga jo'natganlar.
Nazarimizda, -sa qayerda boʻlsa, u yerda shart maʼnosi bor. Lekin shu shart maʼnosining qudrati hamma joyda bir xil yoki teng emas. Uning maʼnosi bir qurilma (konstruksiya)da kuchli boshqa bir konstruksiyada kuchsiz. Substansial yondashuvgina qoʻshma gaplar bobida -saning ana shu xususiyatlarini ochib, unga oʻz meʼyorida toʻgʻri baho berdi, morfologik talqin bilan sintaktik talqin qiyoslanib, mavjud ziddiyatlar bartaraf etildi4.
Sodda gaplar tarkibiga koʻra ikki – bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ajratiladi. Kesimlari bir shaxs, turli zamonni koʻrsatib turuvchi Aybsiz do'st qidirsang, do'stsiz qolasan tipidagi gaplar shaxsi umumlashgan sodda gap boʻlib, har ikki qism (komponent)ning ham egasi ifodalanmagan. Shu va shunga oʻxshash gaplarning qoʻshma gap koʻrinishida ergash gap egasining ifodalanmasligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbek anʼanaviy sintaksisida bunday muammolar sirasini yana koʻplab keltirish mumkin. Lekin markazida ega turgan qoʻshma gap haqidagi taʼlimot sintaktik hodisalar talqiniga, yuqorida koʻrib oʻtilganidek, qator muammolarni keltirishi bilan chegaralanmaydi, qator masalalar, ayniqsa, qoʻshma gap va sodda gaplarning oʻzaro munosabatlaridan kelib chiqadigan bir qator muammolar oʻzbek tili anʼanaviy sintaksisida chetlab oʻtildi, oʻrganilmay qoldi. Ulardan asosiylarini sanab oʻtamiz:
1) sodda gap kesimi tasdiq yoki inkor shaklda qoʻllanishi tabiiy. Xuddi shuningdek, qoʻshma gap kesimlari ham tasdiq va inkor shaklda kelishi mumkin. Bunda, asosan, uch holat boʻladi:
a) qoʻshma gap barcha qismlari (komponentlari) ning kesimlari inkor shaklda: Sen bormasang, bahor boʻlmaydi, ochilmaydi bogʻlarda gullar. Qaragʻaylar barg chiqarmaydi, oʻrmonlarga kelmas bulbullar. (H.Olim.);
b) qoʻshma gap barcha qismlarning kesimlari tasdiq shaklda: Xulq-odobimizga tarbiya zoʻr taʼsir etadi, tarbiya nechogʻli toʻgʻri boʻlsa, xulq-odobimiz shunchalik goʻzal boʻladi. (Oyb.);
v) qoʻshma gap qismlaridan baʼzi birining kesimi tasdiq, baʼzi birining kesimi esa inkor shaklda: Kishining husni jamoli boʻlmasa ham, soʻzlari shirin boʻlsa, unday odam elni oʻz tomoniga torta oladi. (Nav.)
g) qoʻshma gaplarda ham inkor -ma, emas, yoʻq, na-na kabi unsurlar va baʼzan ularning aralash holda kelishi bilan ifodalanadi: U kelgan emas, men esa borgan emasman. U kelgan emas, men ham bormadim kabi.
d) xuddi sodda gaplardagidek, qoʻshma gaplarda ham baʼzan ohang inkorni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, ohang yordamida U kelmasa, ha, ketasan singari gaplarning ikkinchi qismidan inkor maʼnosi anglashiladi va bu qoʻshma gap U kelmasa, ketmaysan, U kelmasa, ketib boʻpsan singari qoʻshma gapiga teng keladi;
2) sodda gap yigʻiq va yoyiq shakllarda qoʻllangandek, qoʻshma gap qismlari ham yigʻiq va yoyiq holda qoʻllanishi mumkin. Yigʻiq qoʻshma gaplarda ayrim unsurlar qoʻllanmaydi, masalan, ikkinchi darajali boʻlaklar, bogʻlovchilar, kirish boʻlaklar va h. Chunonchi, Ayt, kirsin – yigʻiq qoʻshma gap boʻlib, har ikki qismi birgina soʻzdan tashkil topgan, demak, har ikkisi yigʻiq shaklda qoʻllangan. Ayrim qoʻshma gaplarning birinchi qismi (Padaring ekan koʻp fozil, otang kamolidin senga ne hosil) baʼzilarining ikkinchi qismi (Akalarim qay ahvolda ekan - bilmadim) (“Oʻzbek halq ertaklari”) yigʻiq shakldadir. Shu kabi gaplarning kengaygan varianti turli shakllarda boʻlishi mumkin, chunki har bir qismni cheksiz ravishda kengaytirish imkoniyati bor;
3) sintaksisga doir adabiyotlarda toʻliqsiz gaplarda gapning zarur boʻlaklari ifodalanmaydi deyiladi. Bu fikr toʻgʻri emas. Agar zarur boʻlsa, u albatga, ifodalanadi. Aksincha, juda zarur, muhim boʻlmasa, ifodalanmaydi. Anʼanaviy sintaksisda faqat toʻliqsiz sodda gaplar haqida fikr yuritiladi. Qoʻshma gap bobida esa toʻliqsizlik hodisasi deyarli oʻrganilmagan. Aniqroq qilib aytganda, u butun bir gapning yoki uning tarkiblaridan birining “tushib qolishi” ni anglatadi. Xuddi ana shu “tushib qolish”, yuqorida eslatib oʻtilganidek, tashqi yoki ichki sabablar orqali roʻy beradi:
Romanyanning odamlari shunaqa beandisha, pichoq qoʻlga kirdimi... – Ishni pichoqqa yetkazmaslik chorasini koʻrsa boʻlar, –deb oʻylayman. (E.L.Voynich)
Koʻrinib turibdiki, bosh gap roʻyobga chiqmagan. Xuddi shunindek, ergash gaplar ham tushib qolishi mumkinligi taʼkidlanadi va toʻliqsiz qoʻshma gaplarni turlarga boʻlish quyidagicha koʻrsatiladi. Barcha toʻliqsiz qoʻshma gaplarni uchta yirik guruhga taqsimlanadi:
1) toʻliqsiz bogʻlangan qoʻshma gap;
2) toʻliqsiz ergashgan qoʻshma gap;
3) toʻliqsiz aralash tipli qoʻshma gap.
Toʻliqsiz qoʻshma gaplar masalasiga boshqacha yondashish ham mavjud. Maʼlumki, qoʻshma gap qismlari ifodalangan voqea-hodisalar bir-biri bilan mazmuman bogʻliq boʻlishi kerak. Agar bu bogʻliqlik boʻlmasa, Havo isib ketdi, shuning uchun qor yogʻdi deb boʻlmaganidek, qoʻshma gap hosil boʻlmaydi. Yuqoridagi fikr (mazmunan bogʻliq boʻlishi shart emas), yuzaki qaraganda, keyingi fikrga (mazmunan bogʻliq. boʻlishi shart) zid keladi. Bu yerda masalaga bir tomondan emas, balki ikki tomondan, yaʼni ham tashqi, ichki tomondan yondashsak, bu zidlikni aniq tushunamiz. Yaʼni tashqi tomondan qarasak, qoʻshma gap qismlari ifodalangan voqea-hodisalar bir-biri bilan bogʻliq emas, ichki tomondan qarasak, qoʻshma gap qismlari bir-birlari bilan bogʻliq boʻlmasa ham, qoʻshma gap qismlarining har birida oʻzicha mazmun qandaydir bir yoki bir qancha voqelik bilan bogʻliq. U voqelik esa grammatik shakllamagan boʻladi. Bu grammatik shakllanmagan implitsit holatda boʻlib, qoʻshma gap qismlarni jipslashtirib, yaxlitlik yaratib turadi. Yaxlitlik yaratishda ohang (intonatsiya) va bir paytlikning ham roli bor. Ana shu yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, eksplitsit va implitsit mazmunni hisobga olgan holda qoʻshma gapni ikkiga boʻlib oʻrganish mumkin:
a) toʻliqsiz qoʻshma gaplar;
b)toʻliq qoʻshma gaplar.
Maʼlumki, ohang gap hosil qilishda, qoʻshma gap qismlarini bir-biri bilan bogʻlashda muhil rol oʻynaydi. Shunga asoslangan holda anʼanaviy sintaksisda ohang qoʻshma gap qismlarni birikitiruvchi asosiy vositalardan biri deb taʼkidlanadi. Bu toʻgʻri fikr. Lekin barcha qoʻshma gapga nisbatan shunday baho berib boʻlmaydi. Masalan, toʻliqsiz qoʻshma gaplarda ohang butunligining boʻlishi shart, ammo toʻliq qoʻshma gaplarda bunday ohang butunlikning boʻlishi shart emas. Ohangning mana shunday roliga qarab qoʻshma gaplarni, toʻgʻrirogʻi, toʻliq qoʻshma gaplarni ikkiga boʻlib tekshirish mumkin:
a) qismlari mazmun va ohang jihatdan yaxlitlik hosil qiluvchi toʻliq qoʻshma gaplar;
b) qismlari faqat mazmun jihatdan yaxlitlik hosil qiluvchi toʻliq qoʻshma gaplar. Bunda qoʻshma gapning har bir qismi oʻzining tugallangan ohangiga ega boʻladi;
Yuqoridalardan anglashiladiki, qoʻshma gap bobida oʻzbek formal grammatikasida ancha muammolar mavjud edi. Qoʻshma gap tasnifidagi mana shunday har xil ziddiyatli talqinlar A.N.Kononovning turkiy tillarda qoʻshma gap shu vaqtga qadar hamma eʼtirof qiladigan maqbul bir mezonga ega emasligi ⁹ haqidagi fikrini yana bir bor tasdiqlaydi
2.2.Uyushgan bo‘laklar.Gapda uyushiq kesim.
Oʻzbek tili sintaksisining eng chigal va murakkab masalalaridan biri – uyushgan kesim masalalasi. Chunki uyushgan boʻlaklarni ajratishda ularga quyidagi talablar qoʻyiladi:
1) ularning hammasi gapning maʼlum bir boʻlagiga bir tipda bogʻlanadi;
2) sanash ohangi bilan aytiladi;
3) soʻz turkumi va soʻz shakllari jihatdan ham bir xil boʻladi;
4) bir-biri bilan tenglanish munosabati orqali bogʻlanadi.
Uyushgan boʻlaklarni maxsus oʻrgangan olimlar bu roʻyxatdagi ayrim holatlarni tuzatdilar va quyidagi belgilarni ilova qiladilar:
5) uyushiq boʻlaklar turli soʻz turkumlari bilan fodalana oladi;
6) gapda har xil sintaktik vazifani bajarishi mumkin.
Uyushgan kesim masalasiga kelganda ahvol ancha oʻzgaradi. Yuqorida aytilgan mezonlar Paxtakorlar paxtani ekdilar, sugʻordilar va terdilar gapida toʻla-toʻkis saqlangan, lekin uyushgan kesimlar turi yuqorida keltirilganlar bilan.cheklanmaydi. Kesimlarda uyushishning oʻnlab turlari mavjud, buni butun mohiyati bilan anglagan A.Gʻulomov va M.Asqarova kesimning yana bir oʻziga xos xususiyatini aytib oʻtadilar: “Eng oxirgi kesim toʻla shakllangan boʻlib (shunisi mustaqil kesim sanaladi), bundan avvalgilari ravishdosh formasida keladi: Oʻrganib, bilib, keyin soʻray boshladi.” 5Bu gapda soʻz oʻyini ishlatilgan: “... shunisi (yaʼni keyingisi – soʻray boshladi – mualliflar) mustaqil kesim sanaladi.”
Qolganlari-chi?! Bu savolga sintaktik mezon asosida emas, balki morfologik omil asosida ular tomondan “ravishdosh formasida keladi” degan javob beriladi. Morfologiya bobida – ravishdosh. Bunga shubha yoʻq. Sintaksisda-chi?! Agar uyushgan kesim boʻlsa, ular nomustaqilmi? Chunki “eng oxirgisi”, “toʻla shakllangan”, “mustaqil” kesim sanaladi. Agar oxirgisi “mustaqil”, undan avvalgilari mantiqan “nomustaqil” boʻlsa, bu yerda uyushish yoʻq, negaki mustaqil va nomustaqil boʻlaklar uyushishi mumkin emas. Agar berilgan tavsifdan “mustaqil” belgisini chiqarib tashlab, misolda koʻrsatilgan holatni, bor haqiqatni aks ettirgan holda tavsiflamoqchi boʻlsak, quyidagi shaklga ega boʻlishi kerak: “... feʼl bilan ifodalanib kelgan kesimlardan oxirgisi toʻliq shakllangan, yaʼni tasdiq inkor, mayl zamon, shaxs-son qoʻshimchalari va maʼnolarini qabul qilgan, undan oldingilari esa ravishdosh shaklida kelishi mumkin.” Bunday tavsif esa, uyushiq boʻlaklarning yuqorida keltirilgan uchinchisiga, yaʼni ularning soʻz shakli bir xil boʻlishi mezoniga toʻgʻri kelmaydi.
Uyushgan kesimning boshqa gap boʻlaklari uyushishidan farqlanishi bu hodisa talqiniga kiritilayotgan ayrim mulohazalardan koʻrinib turibdi: “... uyushiq boʻlakning kengaygan komponenti oʻz ichida uyushiq boʻlakka ega boʻlishi ham mumkin”. “... Uyushiq kesim qismlari zamon, daraja, mayl, boʻlishli-boʻlishsizlik jihatidan bir xil, baʼzan esa har xil, lekin shaxs-son jihatidan doim bir xil boʻladi” va “maʼlum bir semalar boʻyicha umumiylikka ega boʻlishi mumkin.”6
Bosh boʻlaklar, jumladan, kesim talqiniga bagʻishlangan barcha maxsus tadqiqot ishlarida, asosan, anʼanaviy sintaksisda mavjud boʻlgan fikrlar haqida gap boradi. Bulardan xulosa qilish mumkinki, uyushgan kesim masalasi kesimni va uyushgan boʻlaklarni tadqiq etib kelgan barcha tilshunoslar uchun “toʻgʻanoq” boʻlib kelgan. Chunki kesim uyushishining, yaʼni ikki va undan ortiq kesimning bir egaga tobelanishning shunday holatlari borki, ularni tadqiqotchilarimiz tushuntira olmaganliklari uchun “koʻrmaganlar” yoki, aniqrogʻi koʻrishni xohlamaganlar. Shulardan ayrimlarini sanab oʻtamiz:
1) uyushgan kesimlar turli xil soʻz turkumlari bilan ifodalandi: Yer. –Onaman, bagʻringa tortadirman. (E.Voh.) Itingdurman, kelibman ostonangga. (Huv.) ... ona man, yigʻlayman. (“Turkiston”)
2) uyushgan kesimlar bir-biridan batamom ajratilishi mumkin: Men kitoblarni oldim, ularni dastalab, changlarni artib, terib qoʻydim. – Men kitoblarni oldim. Ularni dastaladim. Changlarni artdim. Terib qoʻydim;
3) uyushgan kesimlar tasdiq inkor, mayl zamon shakllariga koʻra turli xil boʻlishi mumkin:
a) Shoira keladi, sizni koʻradi;

Download 41.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling