Abdullayeva Safarxol O‘ktam qizi Mavzu: O‘zbek tilshunosligida sintaktik nazariyalar kurs ishi


Download 41.48 Kb.
bet6/7
Sana10.02.2023
Hajmi41.48 Kb.
#1183697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdullayeva Safarxol KURS ISHI (2)

b) Shoira keladi, sizni koʻrmaydi
v) Shoira kelsa sizni koʻradi;
g) Shoira kelsaydi, sizni koʻradi va h.;
4) uyushgan kesimlar bir-biri bilan: a) teng bogʻlovchilar (biroq, lekin, yo, yoxud, goh-goh va h;) yordamida birikadi:
Men keldim, ammo sizni koʻrmadim. Siz keldingiz, biroq gapirmadingiz. Oʻlim yo keldi, yo kelmadi;
b) ergashtiruvchi bogʻlovchilar (agar, chunki, ...) yordamida birikadi: Agar siz kelsangsiz, albatta, uni koʻrasiz. Men gʻalaba qozonaman, chunki puxta tayyorlandim;
v) -u, -yu, -da va h. yuklamalari yordamida birikadi: Lola bu gapni ayti-yu, uydan chiqdi va h.
Demak, oʻzbek tilshunosligida anʼanaga aylangan uyushiq boʻlaklar haqidagi taʼlimot yo asossiz, yoinki kesim gap sathida, gap qurilishida tamoman boshqa mavqega ega boʻlib, uning uyushishi boshqa gap boʻlaklarining uyushishidan tubdan farq qiladi. Kesimlarning uyushishi bilan boshqa bo’laklarning uyushishini bir xil xodisa deb bo’lmaydi. Sababi aniq: Kesim o’z mohiyati bilan gapning boshqa bo’laklaridan farq qiladi, ya’ni u hukmni bildiruvchi yagona bo’lakdir. Shuning uchun ham tilshunos olimlarning sodda gap asosiga kesimni olganlari har tomonlama maqulligi asta-sekin isbotlanib bormoqda7. Fikrimcha, kesim gap bo’lagi sifatida uyushishi qaysidir ma’noda g’alizlikni keltirib chiqaradi. Uyushgan gaplar qatorida tahlil qilish maqsadga muvofiq degan fikrni o’rtaga tashlashni taklif etaman.

III.BOB.Xulosa
Bugungi kunda oʻzbek formal (anʼanaviy) tilshunosligi zaminida vujudga kelib, oʻziga xos metodologiya, metodika va metodlari hamda tadqiq tamoyillariga ega boʻlgan oʻzbek substansial tilshunosligi, xususan, uning tarkibiy qismi boʻlgan substansial sintaksis sohasi keng taraqqiy etmoqda. Oʻzbek substansial tilshunosligi asosan oʻzbek tilini tadqiq etmoqda. Biroq uning tadqiq tamoyillarini va yondashuv usullarini dunyo tillarini tekshirishga ham joriy etish dunyo miqyosida toʻla maʼnoda Hind tilshunosligi, Iskandariya tilshunosligi, Arab tilshunosligi, Nemis tilshunosligi, Rus tilshunosligi qatorida Oʻzbek tilshunosligi vujudga kelishini taʼminlaydi. Umuman olganda, o‘zbek tilshunosligida shakllangan sintaktik nazariyalar o‘zbek tili grammatik qurilishini turli tomondan o‘rganib, uning mohiyatini ochish borasida o‘z tadqiq metodologiyasi va usullari asosida ulkan ishlarni amalga oshirdilar va oshirmoqda. Qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosalar garchi ziddiyatli bo‘lsa-da, ular obyektiv serqirralik va ziddiyatlilik tabiatiga ega bo‘lgan sintaktik qurilishning turli tomonlarini yoritishi nuqtai nazaridan bir-birini to‘ldiruvchilar sifatida o‘ta qimmatli. O‘zbek tili sintaktik qurilishi mohiyatini idrok etish turli sintaktik yo‘nalishlarga xos xulosalarni umumlashtirish asosidagina amalga oshirilmoqda.


Download 41.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling