Abdullayeva Safarxol O‘ktam qizi Mavzu: O‘zbek tilshunosligida sintaktik nazariyalar kurs ishi


II.BOB. Sintaksisda o‘ziga xos bahs va munozarali jihatlar


Download 41.48 Kb.
bet4/7
Sana10.02.2023
Hajmi41.48 Kb.
#1183697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdullayeva Safarxol KURS ISHI (2)

II.BOB. Sintaksisda o‘ziga xos bahs va munozarali jihatlar
2.1.Sodda gap va Qo‘shma gap
Turkiy tillarda ham hukm unsurlari boʻlgan bosh boʻlaklar (subekt va predikatlarga analogik holda) har qanday gapning asosini tashkil etadi, deyiladi. Natijada tilshunoslikdagi nazariy konsepsiyalar va konkret sintaktik konstruksiyalarning xususiyatlari oʻrtasida turli chalkashliklar vujudga keladi. Chunonchi, oʻzbek tilida sodda gap doirasida kesim hamma vaqt shaxs-son, mayl, zamon koʻrsatkichlari bilan shakllangan boʻladi deb, uqtiriladi va bir predikativ markazdan iborat boʻlgan gap sodda gap, ikki va undan ortiq predikativ markazdan iborat boʻlgan gap qoʻshma gap hisoblanadi. Lekin anʼanaviy sintaksisda qoʻshma gap tarkibida qoʻllangan kesimlar har doim ham shu koʻrsatkichlar bilan (shaxs-son, zamon, mayl koʻrsatkichlari) shakllangan boʻlmaydi va shunga qaramay, bu qismlar qoʻshma gapning komponentlari – sodda gap deb uqtiriladi: Sen kelgach, men ketaman va boshqalar. Vaholanki, Sen kelgach..., Sen kelganda..., Sen kelgandan keyin... kabi qurilmalarda sodda gaplarga xos boʻlgan na mazmun, na ohang tugalligi, na grammatik shakllanish (shaxs-son, zamon, mayl koʻrsatkichlari) bor. Bunday anglashilmovchilikni yuzaga keltirgan omil yuqorida koʻrib oʻtilgan Sen kelgach, men ketaman gapining rus tilida Когда ты придешь, я уйду . deb ergash gapli qoʻshma gap tarzida berilishidadir. Chunki Sen kelgach, men ketaman tipidagi gaplarni qoʻshma gap sifatida baholashga imkoniyat beradigan, yuqorida keltirilgan rus tili meʼyoridan boshqa oʻzga asos yoʻq; subʼekt-predikat munosabatlari va ularni toʻla-toʻkis “ega-kesim” munosabatlariga koʻchirishdan oʻzbek tilshunosligi 60- yillarning boshidayoq voz kechgan edi. Negaki, Sen kelgach qabilidagi predikativ aloqa sen kecha koʻrgan tarkibida ham bordir (Sen kecha koʻrgan qizni biz bugun uchratmadik). Bu gapdagi ham subʼekt ikkita – sen va biz, predikat – harakat ham ikkita va har bir harakatning bajaruvchisi alohida sen koʻr – biz uchrat. Lekin bunday qurilmalar, yaʼni Sen kecha kurgan qizni biz bugun uchratmadik gapi qoʻshma gap deb baholanmaydi.
Mantiqiy subʼekt-predikat munosabatlari toʻppa-toʻgʻri grammatik ega-kesim munosabatlariga koʻchirilganda bunday gaplar ham qoʻshma gap deb baholanishi lozim boʻlar edi. Vaholanki, bu yoʻldan, yuqorida aytib oʻtganimizdek, oʻzbek tilshunosligi voz kechdi. Lekin Sen qizni kurganda, biz uni kuzatayotgan edik gapida (sen bizni koʻrganda ...) qoʻshma gapning tarkibiy qismi deb baholash chetlatilmadi. Va buning boisi yuqorida aytilgan yagona asos: oʻzbekcha bu gapning qurilishiga ruscha Когда ты увидел девушку, ми её провожали qoʻshma gapining mos kelishidir.
Qoʻshma gap ikki va undan ortiq sodda gapning birikishidan iborat deb sanaladi. Bu Sen kelding, men ketaman kabi gaplarga nisbatan toʻgʻridir, chunki ularning har biri mustaqil ravishda gap boʻlib kela oladi: Sen kelding. Men ketaman. Lekin Sen kelgach, men ketaman gapida bu qoida qoʻl kelmaydi. Chunki Sen kelgach tipidagi gap oʻzbek tilida yoʻq, u faqat qoʻshma gap tarkibida oʻzbek anʼanaviy grammatika ilmidagina gap deb tan olinadi, xolos. Voqelik (oʻzbek nutqi va oʻzbek ongi) bilan ilmiy grammatika orasida bunday ziddiyat fan uchun bezararday koʻrinsa-da (chunki biri fan, ikkinchisi – ong), tadris (metodika) uchun, oʻzbek, tili qurilishini millionlab bolalarga oʻqitish uchun beqiyos murakkabliklar tugʻdirdi. Shuning uchun ilmiy grammatika bu chigallikni hal etish choralarini ishlab chiqdi. Anʼanaviy sintaksis, asosan, mazmunga tayanib ish koʻrganligi tufayli darslik va qoʻllanmalarda misol tariqasida berilgan koʻp qoʻshma gaplarga bir tomonlama yondashildi. Natijada ziddiyatlar tugʻildi. Ergash gapli qoʻshma gap haqida fikr yuritilganda, ergash gap bosh gapning biror boʻlagini izohlab, unga muqobil boʻlib keladi deyiladi. Va kim mehnatni sevsa, uning ishi rivoj topadi kabi misollarni tahlil qilib, ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan qaratqichli aniqlovchini (uning) izohlab kelgan ergash gapli qoʻshma gapni sodda ergash gap nomustaqil sodda gaplik xususiyatini yoʻqotib, yoyiq qaratqichli aniqlovchiga oʻtishini (Mehnatni sevganning ishi rivoj topadi) taʼkidlaymiz. Dushman taslim boʻlmasa, uni yoʻq qiladilar tipidagi gaplarga kelganda, yuqoridagi fikrning aksini aytib, yaʼni unga zid borib, asosan, mazmunga tayangan holda shart ergash gapli qoʻshma gap deyildi. Nega buni vositasiz toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap deyish mumkin emas edi? Nazarimizda, bu xil gaplarga yo sinkretik qoʻshma gaplarning bir turi deb qarash kerak yoki qandaydir boshqacha baholash (shakl va mazmun planida ikkiga boʻlib oʻrganish) lozim.
Shart maylining qoʻshimchasi -sa sodda gapda shart holining, qoʻshma gapda esa ergash gaplar kesimning koʻrsatkichi boʻlib keladi. Mavjud adabiyotlarda -sa unsurining shart ergash gapli koʻrsatkichi kesim boʻlib kelishiga urgʻu berildi. Ammo boshqa ergash gaplar kesimning koʻrsatkichi boʻlib kelishi yoki kesim tarkibidagi biror soʻzga qoʻshilib kelishi haqida hech nima (baʼzi bir eslatishlardan tashqari) deyilmadi. Lekin boshqa (shart ergash gapli qoʻshma gaplardan boshqa) ergash gapli qoʻshma gaplarga berilgan misollar orasida kesimi shart feʼli shaklida boʻlgan gaplar uchraydi. Masalan, shart feʼlining quyidagi ergash gapli qoʻshma gaplar ergash gapining kesimi boʻlib kelishiga misollar koʻp:
1) ega ergash gapning kesimi boʻlib keladi:

Download 41.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling