101
O’zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Abdullayeva Sarvinozning
“Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik
xususiyatlari“mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
ANNOTATSIYA
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch asosiy bob, xulosa
va foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida
mavzuning dolzarbligi,
o`rganilish darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi asoslangan.
MDning birinchi bobi “Qutadg’u bilig“da qo’llangan ayrim so’zlarning
etimologiyasi“ deb nomlangan. Unda magistrant “Qutadg’u bilig”dagi ayrim
so’zlarning tarixiy asoslari hamda asardagi o’z va o’zlashgan qatlamga oid so’zlar
xususida batafsil ma’lumot beradi.
MDning ikkinchi bobi “Qutadg’u bilig“ asaridagi so’zlarning shakl va
ma’no munosabatiga ko’ra turlari tahliliga bag’ishlangan. Fikrlar
bayonida
izchillik, tahlillarda uzviylik, keng qamrovlilik, asosiy tushunchani ilmiy-nazariy
jihatdan izohlash ustunlik qiladi.
MDning uchinchi bobi“Qutadg’u bilig” da adibning so’z qo’llash mahorati”
deb nomlangan. Unda muallif asosiy e’tiborni Yusuf Xos Hojibning so’z
qo’llash mahoratiga qaratadi. Ma’no ko’chish usullarining
badiiy asar tilini
boyitishdagi o`rni “Qutadg’u bilig”ning asliyati va tabdili asosida
amalga
oshirilgan. Ish yakunidagi xulosa va foydalanilgan adabiyotalr ro’yxati
magistrlik dissertatsiyasi mazmuniga to’la mos tushadi. MD yuzasidan ilmiy-
nazariy konferensiya materiallari to’plamlarida 11 ta maqola e’lon qilingan.