Abdumannonov Saloxiddin


Download 1.37 Mb.
bet1/7
Sana02.12.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1780614
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1261479.pptx

https://t.me/stomatologiya_kanali


Abdumannonov Saloxiddin

O'TKAZUVCHAN (TARMOQLI) OG'RIQSIZLANTIRISH

  • O'tkazuvchan og'riqsizlantirish odatda operatsiya maydonidan chetda, uch shoxli nervning katta tarmoqlari atrofida o'tkaziladi.
  • O'tkazuvchan og'riqsizlantirish katta hajmdagi uzoq davom etadigan yuz-jag' jarrohlik aralashuvlarida va tishlarda davolash, charxlash muolajalarini bajarish uchun ishlatiladi.

Infraorbital anesteziya

Ko'z osti nervini o'tkazuvchan og'riqsizlantirishni ikki uslubda bajarish mumkin: og'iz ichidan va tashqarisidan.

  • Ko'z osti nervini o'tkazuvchan og'riqsizlantirishni ikki uslubda bajarish mumkin: og'iz ichidan va tashqarisidan.
  • Ko'z osti nervi joylashgan kanal qiya bo'lib, u tepadan pastga, oldinga va ichkariga (medial) yo'nalgan bo'ladi. SHuning uchun igna sanchilgandan so'ng pastdan yuqoriga, tashqariga qarab yo'naltiriladi.

Ko'z osti kanali chiqish teshigini aniqlashning uch usuli bor:

  • 1. Ko'z kosasi pastki qirg'og'ini paypaslab yuqori jag' yonoq o'simtasi va yonoq suyagi chokini hosil qilgan bo'rtmani topamiz, teshik shu bo'rtmada ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda joylashadi.
  • 2. Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda shartli gorizontal chiziq o'tkazamiz, ikkinchi chiziqni vertikal holatda ikkinchi kichik oziq tish ildizi o'rtasidan o'tkazamiz. Shu chiziqlar kesishgan nuqtani ko'z osti nervi teshigi joylashgan deb tasavvur qilamiz.
  • 3, Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm pastroqda shartli gorizontal chiziq o'tkazamiz. Ikkinchi vertical chiziq to'g'riga qarab turgan ko'zning qora chetidan o'tkaziladi. Shu chiziqlarning kesishgan nuqtasi ko'z osti kanaliga kirish joyi bo'ladi.

OG'IZ ICHIDAN BAJARISH USULI.

  • l. Og'iz ichidan o'tkazish uchun yuqorida aytilgan uslublaming biridan foydalanib ko'z osti kanalining teshigi mo'ljalga olinadi.
  • 2. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i teshik tahmin qilingan nuqtaga qo'yiladi.
  • 3. Katta barmoq bilan og'iz ichidan yuqori lab ko'tariladi.
  • 4. Igna markaziy va yon kurak tishlar oralig'idan o'tuv burmaga sanchiladi. Shu zahotiyoq og'riqsizlantiruvchi eritma yuboriladi va teshik tahmin qilingan sohaga suyakka yetguncha kiritiladi.
  • 5.Shu sohaga 1-2 ml yuborib bir ikki daqiqa o'tib igna bir oz orqaga tortiladi va teshikni topish uchun suyakka bir necha marta sanchib teshik topiladi.
  • 6.Igna kanalga kirsa “chuqurga tushganday” bo'ladi, 0,5 sm. kanalga kirib 1 ml eritma yuboriladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling