Abdumannonov Saloxiddin


ENGAK NERVINI OG'RIQSIZLANTIRISH


Download 1.37 Mb.
bet7/7
Sana02.12.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1780614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1261479.pptx

ENGAK NERVINI OG'RIQSIZLANTIRISH.

  • Bu nervni og'riqsizlantirish uchun for mentalae proyeksiyasini topish va nerv joylashgan kanal yo'lini yaxshi tasavvur qilish kerak.
  • Nerv yetgan kanal pastki jag' ichidan tashqariga birinchi va ikkinchi kichik oziq tishlar to'sig'i oralig'ida pastki jag' tanasining pastki qirrasidan 12-13 mm yuqorida ochiladi.
  • Suyak ichida u yarim halqa shaklida burilib tashqariga, yuqoriga, orqaga qarab ochiladi.

Engak nervini og'iz tashqarisidan og'riqsizlantirish texnikasi

  • 1. Agar og'riqsizlantirish o'ng tomonda qilinsa shifokor bemorning orqasiga o'ng yoniga o'tadi, agar chap tomonda bajarilsa, oldida va chap yonida turadi.
  • 2. Chap qo'l ko'rsatkich barmog'i bilan tahmin qilingan dahan nervi chiqqan teshikka, yumshoq to'qimalar suyakka bosib ushlanadi.
  • 3. Igna yo'nalishi kanalga mos qilib qaratiladi va mo'ljaldan 0,5 sm yuqori va orqaga sanchiladi. Anestetikni yuborish bilan bir vaqtda igna yuqoridan pastga, ichkariga va oldinga qarab suyakka qadalguncha kiritiladi - 0,5 ml anestetik yuboriladi.
  • 4. Bir daqiqa kutib, igna uchi bilan suyakdan nerv chiqqan teshik topiladi va 3-4 mm ichiga kirib 1-2 ml anestetik yuboriladi.

Yuqori va pastki alveolyar nervlarni qanot-tanglay chuqurchasida S.N.Vaysblat usulida og'riqsizlantirish

Bajarish texnikasi.

  • 1. Quloq kozelogidan ко' z kosasining tashqi qirrasiga o'tkazilgan chiziq (trago-orbital) o'rtasi belgilab olinadi.
  • 2. Shprits o'ng qo'lga olinib 1x1 sm rezinka laxtagini ignaga o'tkaziladi.
  • 3. Belgilangan nuqtaga, yuzaga nisbatan vertikal holda, igna sanchilib, ichkariga 5-6 sm uchi ponasimon suyakni tashqi qanotsimon plastinkaga taqalguncha kiritiladi.
  • 4. Igna orqaga 2/3 qismiga tortib olinadi va 15-20° orqaga qaratib qaytadan ignadagi rezinka (probka) teriga tekkuncha kiritiladi va 3-4 ml anestetik yuboriladi. Texnik jihatdan to'g'ri anesteziya bajarilsa yuqori jag' shu tomonidagi hamma tishlari va atrofidagi yumshoq to'qimalar og'riqsizlantiriladi.

5. Agarda igna orqaga 23 qismiga tortib olinib ya’ni shu masofaga faqat 1 sm orqaroqqa kiritilib 4-5 ml anestetik yuborilsa, uch shoxli nervning uchinchi shoxini kalla suyagidan chiqish joyida og'riqsizlantirishga erishiladi. Bir vaqtda pastki alveolyar, til va lunj nervlari og'riqsizlantiriladi.

  • 5. Agarda igna orqaga 23 qismiga tortib olinib ya’ni shu masofaga faqat 1 sm orqaroqqa kiritilib 4-5 ml anestetik yuborilsa, uch shoxli nervning uchinchi shoxini kalla suyagidan chiqish joyida og'riqsizlantirishga erishiladi. Bir vaqtda pastki alveolyar, til va lunj nervlari og'riqsizlantiriladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling