Abdumannonov Saloxiddin


O`g'iz tashqarisidan bajarilish usuli


Download 1.37 Mb.
bet2/7
Sana02.12.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1780614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1261479.pptx

O`g'iz tashqarisidan bajarilish usuli.

  • 1. Yuqorida keltirilgan usullardan birini ishlatib ko'z osti kanal teshigi sohasi tahmin qilinadi.
  • 2. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i bilan to'qimalar shu sohaga taqab ushlanadi.
  • 3. Igna tahmin qilingan teshikdan 1 sm pastga va yonga (medial) o'tib sanchiladi.
  • 4. Davomi og'iz ichidan bajarilgan uslubda yozilganidek o'tkaziladi.

Ogoh bo`ling!

Tuberal anesteziya.

  • Uch shoxli nervning ikkinchi shoxi yuqori orqa alveolyar tarmoqlari yuqori jag` suyagining qanotsimon tanglayga qaragan orqa bo'rtmasi yuzasidan bir necha tola orqali suyakka kirib keladi va yuqori jag'ni uchta katta oziq tishlar, shu sohadagi suyak va milkni innervatsiya qiladi.
  • Anestetik modda aynan shu sohaga yetkazilishi kerak.

Bajarish texnikasi

  • 1. Og'iz yarim ochiq holatida chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i, yoki shpatel yordamida lunj ko'tariladi.
  • 2. Igna uchi kesigini suyakka qaratib yonoq alveolyar qirrasi ortidan ikkinchi va uchinchi katta oziq tish orasi ro'parasidan o'tuv burmaga sanchiladi.
  • 3. Ignani kiritish bilan eritma yuboriladi va suyak usti pardasi ustidan yuqoriga orqaga va ichkariga qarab 2-2,5 sm kiritiladi. Igna kiritish bilan birga 1,5-2,0 ml anestetik yuboriladi.

Ogox bo`ling!

Noto'g'ri bajarilgan muolaja qon tomirlaming jarohatlashi (gematoma) yoki qon tomiriga tushib anestetik tomir ichiga ketishi mumkin.

Ehtiyot choralari.

  • Qon tomirlarni shikastlamaslik uchun ignaning to'qimaga kiritilishi zahoti anestetikni yuborish.
  • Qon tomirlarga igna tushganligini tekshirish maqsadida shprits porshenini orqaga tortib ko'rish, qon chiqsa ignaning holatini o'zgartirish lozim.
  • Anesteziya qilib bo'lganidan so'ng kaft bilan lunjni siqib ushlab turish qontalash oldini oladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling