Abdunazarov Abdumutal Olimovichning
Download 49 Kb.
|
A. Abdunazarov taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- MTTDMQTMOI “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi PhD., dots. v.b. M.M.Arslanova
Abdunazarov Abdumutal Olimovichning “Aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari (Ijtimoiy-maishiy hayotga yo‘naltirish darslari misolida)” mavzusidagi 13.00.03 - Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi avtoreferatiga TAQRIZ Mamlakatimizda bugungi kunda nogironligi bо‘lgan bolalarni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etishning xuquqiy meyoriy asoslari mustahkamlanmoqda. Nogironligi bо‘lgan shaxslarni qо‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish kabi ustuvor vazifalar doirasida yoshlarni jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega shaxs sifatida tarbiyalashga oid chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga qiziqishlaridan kelib chiqib, kasb-hunar о‘rgatish va uy sharoitida о‘zini band qilish malaka va kо‘nikmalarini shakllantirishda samarali texnologiyalarni shaklan va mazmunan takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan о‘quv-tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bо‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Abdunazarov Abdumutal Olimovichning “Aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari (Ijtimoiy-maishiy hayotga yo‘naltirish darslari misolida” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi aqli zaif о‘quvchilarni har tomonlama sifatli ta’lim olishini ta’minlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish muammosining yechimiga xizmat qiladi. Muallif tomonidan muammoga taalluqli ilmiy-nazariy adabiyotlarni tahlil etish, mazkur sohadagi ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish orqali muammoning dolzarbligi yoritilgan. Avtoreferatda dissertasiyaning asosiy mazmuni boblar kesimida bayon etilgan bo‘lib, ular mazmunan boglangan, bir-birini to‘ldirib boradi. Dissertatsiyaning “Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning nazariy-metodik aspektlari” deb nomlangan birinchi bobida aqli zaif bolalarni toifalari va ularning о‘ziga xos rivojlanishi, sog‘lom va aqli zaif bolalar rivojlanishi va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashning о‘ziga xosligi va qiyosiy jihatlari, aqli zaif bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali omillari masalalari yoritilgan. Dissertasiyaning “Aqli zaif о‘quvchilarning ijtimoiy hayotga tayyorligini о‘rganishning integrativ metodikasi” deb nomlangan ikkinchi bobida boshlang‘ich sinf aqli zaif о‘quvchilarning ijtimoiy hayotga tayyorligini о‘rganish mazmuni, usullari va shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan ta’limiy tajriba-sinov ishlari va natijalarining tahlili yoritilgan. Shuningdek, ushbu bobda aqli zaif bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayonida pedagogika, psixologiya va valeologiya tamoyillari uyg‘unlashishi, ularning vositalaridan integrativ foydalanish talab etilishi, aqli zaif bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorligini о‘rganishda pedagogik-psixologik va korreksion ta’sir tamoyillari tahlili о‘z ifodasini topgan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami, OAK tomonidan tavsiya etilgan respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar; to‘plangan materiallarning dissertasiya mazmunini yoritishga imkon beradigan hajmda ekani, tadqiqot ishida ilgari surilgan nazariy g‘oyalarning soha amaliyotining mohiyatini ifodalashga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati aqli zaif bolalarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun moslashtirilgan Davlat ta’lim standartlari, о‘quv dasturlari, о‘quv metodik adabiyotlarni takomillashtirish, aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash va ta’lim-tarbiya jarayonini mazmunan boyitishga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Avtoreferat dissertasiyaning asosiy mazmunini aks ettiradi. Abdunazarov Abdumutal Olimovichning 13.00.03 - Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Aqli zaif o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari (Ijtimoiy-maishiy hayotga yo‘naltirish darslari misolida” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi OAKning shu toifadagi ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablariga javob beradi. Uni ochiq himoyaga tavsiya etish mumkin. MTTDMQTMOI “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi PhD., dots. v.b. M.M.Arslanova Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling