Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
Partenokarpiya xilida g’ujumlar mutlaqo urug’lanmagan tugunchadan
rivojlanib, ular mayda va dumaloq bo’ladi (masalan, funksional urg’ochi gulli navlarda). Stenospermakarpiya xilida esa g’ujumlar to’liq urug’lanma-ganlik natijasida hosil bo’ladi. Bu, asosan kishmishbop nav-larda ro’y beradi. Uzumning juda yirik sonli nav fondi orasida urug’siz, ya’ni kishmishbop navlar alohida o’rin egallaydi. Uzumning urug’sizligi boshqa ko’pgina meva- rezavor ekinlaridagi singari mahsulotning har qanday qo’llanilishida ijobiy bo’lgan belgidir. Urug’siz uzum navlari guruhi ancha kam hisoblanadi. Sobiq Ittifoq ampelografiyasida tavsiflangan 2801 ta navdan 45 tasi yoki 1,6%, rayonlashtirilgan 229 ta navdan 7 tasi urug’siz bo’lib, bu jami navlar miqdorining taxminan 3% ini tashkil etadi. Urug’sizlik – madaniy sharoitda yuzaga kelgan mutasiyadir (yovvoyi turlar orasida kuzatilmagan). Vegetativ yo’l bilan ko’paytirish orqali mazkur belgi yanada mustahkamlandi va shundan so’ng amaliyot va ishlab chiqarishda qo’llanila boshlandi. Uzumning urug’sizligi – urg’ochi gul degenerasiyasining chegaraviy shaklidir. Genetik nuqtai nazardan, urug’lilik – dominant, urug’sizlik esa – resessiv belgidir. Shu bois urug’siz uzum chiqarish seleksiyasi ancha murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Urug’siz navlar miqdorining kamligini balki shu holat bilan tushuntirish mumkindir, yaqin kunlargacha ularning soni qariyb 20 ta atrofida bo’lgan. Ular orasida dunyo bo’yicha Oq kishmish, Qora kishmish, Korinka chernaya, Korinka rozovaya, Askari va boshqalar juda keng tarqalgan [7]. Ko’pgina olimlarning tajribalarida aniqlandiki, uzum gullaganda uning changchi naylari nusellusgacha o’sadi, ammo unga kirmaydi, balki yetarlicha tig’iz o’rama hosil qilgancha o’zaro o’raladi va shu ko’rinishda nobud bo’ladi. Demak, uzumning urug’siziligi ikki marta otalanish jarayonining mavjud emasligidan kelib chiqadi [7, 14, 15, 16].
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling