Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/62
Sana11.11.2021
Hajmi1.21 Mb.
#173448
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)

 

 

3.1. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarni aniqlash uslubi 

Hozirgi  kunda  qishloq  xo’jaligi  mahsuloti  sifatini  aniqlashning  o’lchov 

(laboratoriya),  ro’yxatga  olish,  hisob-kitob,  organoleptik,  sasiologik,    ekspert  

uslublari mavjud. 



O’lchov  uslubi.    Ko’rsatkichlarni  asboblar  yordamida  o’lchash  va  tahlil 

qilishga  asoslangan  bo’lib,  miqdoriy  ko’rsatkichlardan  foydalanadi.  O’lchov 

uslublari  fizik,  kimyoviy,  kimyoviy-fizik,  mikroskopik,  biologik,  fiziologik  va 

texnologik uslublarga ajratiladi. 

Fizik  uslublar  mahsulotning  fizik  xossalariga  asoslanadi.  Fizik  uslublarga 

polyarimetrik, refraktometrik, reologik, dielektrik uslublar kiritiladi. Polyarimetrik 

uslubdan optik faol moddalar (saxaroza, glyukoza, fruktoza)ni miqdoriy aniqlashda 

foydalaniladi.  Eriydigan  quruq  moddalar,  shakar  va  yog’ni  aniqlashda 

refraktometrik uslublardan foydalaniladi. 



Refraktometrik 

uslub 


oziq-ovqat 

mahsulotining 

tarkibiy-mexanik 

xususiyatlarini aniqlash, donning me’yorlarini, cho’zinchoqligi, yirikligi, to’laligi, 

puchligi,  tekisligi,  yaltiroqligi  va  naturasini  aniqlash,  to’kiluvchanlikni, 

g’alviraklikni,  tola  massasi  hajmini,  uning  mexanik  xususiyatlari  (pishiqlik  va 

moslashuvchanlik) ni aniqlash maqsadida qo’llanadi. 

Dielektrik uslub bilan namlik aniqlanadi. 

Kimyoviy  uslublardan  qishloq  xo’jaligi  mahsulotining  kimyoviy  tarkibini, 

ya’ni  shakar,  kraxmal,  biriktiruvchi  to’qimalar,  yog’,  azot  birikmalari,  mineral 

elementlar,  vitaminlar,  suv  va  boshqa  kimyoviy  vositalarni  aniqlashda 

foydalaniladi. 

Fizik-kimyoviy  uslublar  qishloq  xo’jaligi  mahsuloti  sifatini  aniqlashga 

ko’maklashadi:  bular  –  xromatograf  (xushbo’y  va  bo’yoq  moddalar  tabiati  va 

miqdorini,  oqsillardagi  aminokislota  tarkibini,  ayrim  organik  kislotalar 

mavjudligini  aniqlash),  potensiometrik  (LPU-1  potensiometr  yordamida  tadqiq 

qilinayotgan  eritmada  vodorod  ionlari  yo’nalishini  va  boshqalarni  aniqlash), 

konduktometrik  (eritmaning  elektr  o’tkazuvchanligini  tadqiq  qilish),  kolorimetrik 

(eritmada  yorug’likni  yutish  bo’yicha  moddalar  to’planishini  aniqlash), 

shuningdek,  bu  uslub  vositasida  meva  va  rezavorlardagi  vitaminlar  tarkibi, 

mahsulotlardagi rN miqdori aniqlanadi. 

Mikroskopik uslubdan o’zun tolali zig’ir va nasha o’simligi toza qatlamining 

anatomik to’zilishini, tola sifatini, ular oddiy tolalar yo’g’onligini, mahsulot (asal, 

tuyilgan  ziravor)ning  haqiqiyligini,  mahsulotlarda  aralashmalar  (qum,  tuproq), 

parazitlar (sabzavotlarda nematodlar) borligini aniqlashda foydalaniladi. 

Biologik  uslublardan  laboratoriya  va  yerdagi  unuvchanlik,  shuningdek, 

mahsulotlarda  toksik  moddalar  mavjudligi,  mahsulotlarga  mikroorganizmlarning 

aralashganligi  va  ularning  tur  tarkibi,  kuya  zamburug’lari    sporalarini  aniqlashda 

foydalaniladi.   

Mahsulot sifati ko’rsatkichlari qo’yidagilardan tashkil topgan: 





Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling