mikroorganizmlarni o’ldiruvchi moddalar mavjudligi aniqlangan. Bu moddalar
o’simlik antibiotiklari va fitonsidlari deb ataladi. Fitonsidlar piyoz, sarimsoq,
sabzi, lavlagi, tomat, shirin qalampir, oq-bosh karam, kartoshka, qo’zoqli loviya,
sitrus mahsulotlar, ryabina, qora qorag’at, turli ziravorlarda mavjud. Baqlajonda
fitonsidlar miqdori kam, kabachok, patisson, rangli karamda esa ular umuman
yo’q.
Fermentlar. O’simlik to’qimalarida modda almashinishi jarayonlari
fermentlar ta’siri ostida kechadi. Fermentlar faqatgina oqsillardan iborat. Ayrim
hollarda nooqsil prostetik guruh – koferment ham uning tarkibiga kiradi.
Kimyoviy reaksiya tezligi, ma’lumki, molekulalar to’qnashuvi soniga
bog’liq. Fermentlarning katalizlovchi ta’siri shundan iboratki, ular jarayonni oraliq
reaksiyalar orqali yo’naltirib, buning uchun kerakli energiya miqdorini keskin
kamaytiradi. Ferment kimyoviy modda bilan birikadi va molekula ichi bog’larini
bo’shashtiradi. Bu bog’ osonlik bilan uziladi va yangi moddalar hosil bo’ladi. Ayni
vaqtda ferment bo’shab yana reaksiyaga kirishadi. Shuning uchun fermentativ
jarayonlarning tezligi yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: