uning quruq moddasi deb tushuniladi. Ayrim konservalarning tayyorligi quruq
moddaning miqdoriga qarab belgilanadi.
Xom ashyo, bug’, elektroenergiya, sovuq, ish kuchi sarfi birligi hamda
uskuna unumdorligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi va konservalar sifati
xom ashyo tarkibidagi quruq moddaning dastlabki miqdoriga bog’liq.
Ishlab chiqarishda quruq modda ko’pincha refraktometr yordamida
aniqlanadi. Refraktometr faqat suvda erigan quruq modda miqdorini foiz hisobida
ko’rsatadi.
Daraxt mevasi va rezavor mevalarda quruq modda 10 dan 20%gacha
bo’ladi.
Sabzavot tarkibida quruq modda kamroq bo’lib, 4
–
10% ni tashkil etadi.
Sabzida quruq modda miqdori ko’proq bo’lib, o’rtacha 14% ni, ko’k no’hotda 20%
gachani, jo’xorida 25% ni tashkil etadi.
Quruq modda miqdori xom ashyoning tur va naviga hamda iqlim sharoitiga
bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: