Bo’ylama qutblik deganda novdalarning bo’yiga jadal o’sishi tushuniladi.
Bahorda eng avval o’tgan yilgi novdalarning uchki qismidagi kurtaklardan
novdalar tez o’sib rivojlanadi. Ammo, bunday ko’rinishdagi qutblikni novdalarni
kesish, egib bog’lash kabi agrotexnika usullari bilan tartibga solib turish zarur. Aks
holda uchki novdalar o’sib ketib, tok tupining shakliga, yer ustki qismlari pastki
kurtaklarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bo’ylama
qutblikning ba’zan boshqa shakllari ham paydo bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |