Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
Piknometr yordamida spirtni aniqlash
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
Piknometr yordamida spirtni aniqlash. 50 ml li piknometrni
xromliaralashmasi bilan yuvadi, bir necha bor distillangan suvda chayadi, uni kuritib oladi. Keyin piknometr va tiqinni quritgich shkafiga solib 100-105° da 2-3 soat quritadi. Shundan keyin piknometrni quritgich shkafdan olib, qizdirilgan granulali xlorid kalg’siy solingan yeksikatorda sovutilib tiqini bilan analitik tarozida o’lchaydi. Birinchi o’lchov natijasini yozadi, piknometr tiqini bilan yana quritgich shkafga 1 soatga solib qo’yiladi. Yana yeksikatorda sovutiladi va ikkinchi marta o’lchanadi. Oxirgi o’lchashning ko’rsatkichi oldingi o’lchashning ko’rsatkichi bilan mos tushmaguncha bu amalni takrorlanaveradi. Natijalar bir biriga mos tushganda piknometr doimiy vazngacha quritilgan deb hisoblanadi. Quritilgan va o’lchangan piknometrga harorati 20° bo’lgan suv quyiladi (distillangan va qaynatilgan) va belgigacha yetkaziladi. Qishda distillangan suv harorati xonada 20° past, yozda yesa 20° dan yuqori bo’lishi munosabati bilan piknometrga xona haroratidagi suv solib uni harorati 20° bo’lgan suvga botiradi va 30-40 minut davomida piknometr ichidagi suv 20° ga yetmaguncha saqlab turadi. Suv harorati 20° ga yetganda suv bilan piknometrni to’ldirish qoidasini belgilaydi. Agar piknometr yuzasida suv sathi chiziqdan cal oshiqcha bo’lsa, unda ortiqchasi oldindan tayyorlanib kesib qo’yilgan filg’trlash kog’oz uchi bilan olib tashlanadi. Shu usulda piknometrning og’zini ichki devorida qolib ketgan suv tomchilarini olib tashlashadi. Shundan keyin piknometrni vannadan olib, artib, analitik tarozi oldiga 15-20 minut qo’yib qo’yadi va uni o’lchaydi. Piknometrni suvi bilan o’lchaydi va yozib ko’yadi. Keyin piknometrni bir necha marta vino bilan chayib tashlaydi va belgigacha to’ldiradi. Vino haroratini 20° gacha yetkazadi. Piknometr ichidagini haydash kolbaga o’tqazadi, 2-3 marta distillangan suv bilan chayib o’sha kolbaga to’kadi. Piknometr qabul idishi sifatida xizmat qiladi. Keyin haydash kolbani sovutgich bilan ulaydi. Sovutgichning uchi piknometr tubiga yetadigan naycha bilan bog’langan. Spirt sarflanmasligi uchun piknometr tubiga biroz distillangan suv quyilmasidan isishni 33 betda ko’rsatilgandek tartiblashtiradi. Haydalgan suyuqlik piknometrning 1/3 to’ldirganda naychaning uchi suvdan chiqariladi. Bunga piknometrni tushirilib yeritiladi. Piknometrning 9/10 qismi to’lganda haydash to’xtatiladi. Keyin piknometr 20° belgigacha distillangan suv bilan to’ldiriladi, toza artib, 15-20 minut davomida tarozi oldiga
qo’yiladi va o’lchanadi. Haydalgan suyuqlik bilan piknometr og’irligi yozib olinadi. Quruq bo’sh piknometr vaznini bilib, suv va haydalgan suyuqlik vaznini aniqlanadi. Haydalgan suyuqlik vazni bilan distillangan suv vaznining nisbatiga qarab haydalgan suyuqlikning solishtirma og’irligini bilib oladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling