Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
Sharob tarkibidagi spirtni aniqlash
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
5.8.Sharob tarkibidagi spirtni aniqlash
Analiz qilinadigan vinodan spirtni haydab va uning tarkibidagi spirtni aniqlaydi. Aniqlash spirtometr, piktometr (haydalgan spirtning solishtirma og’irligiga qarab), ebuliometr yordamida o’tkaziladi. Haydash uchun olingan vinoni o’lchash va 100 ml li o’lchov kolbasidagi belgigacha distillangan suv bilan to’ldirish har qanday haroratda ham amalga oshirsa bo’ladi. Faqat u ko’rsatkich barcha operasiyalar uchun bir xil bo’lishi shart. Haydash uchun olingan suyuqlik va distillangan suv kamida 14 soat laboratoriyaning soya joyida turishi kerak. Agar, vinoda 1 l 1 g oshmagan uchuvchi kislotalar va oz miqdorda sulg’fid kislota mavjud bo’lsa unda haydash oldidan vinoni neytrolizasiya qilish kerak yemas. Agar sulg’fid va uchuvchan kislotalar ko’p bo’lsa, unda vinoni ishqor bilan neytrallash zarur. O’lchangan vino haydash kolbaga quyilib neytralizasiya qilingandan keyin kolbani uch marta ko’p bo’lmagan suv porsiyasi bilan yuvilib (har bir chayishga 3-5 ml gacha) haydash kolbaga quyiladi. Haydalgan suyuqlik vino o’lchangan kolbaga yig’iladi. Haydash oldidan haydash apparatning barcha bog’langan joylari jips yopiq yekanligi ishonch hosil qilish lozim. Tiqin va rezina naychalarni tez-tez almashtirib turish lozim (kamida ikki oyda bir marta). Haydash paytida suyuqlik ortiqcha o’tib ketmasligi uchun haydash kolbaga shisha kapillyarlar yoki tanin qo’shish lozim. Haydashni asta isitishdan boshlaydi, haydashning o’rtasida haroratni oshiradi. Haydalgan suyuqlik tushadigan qabul qilish kolbaga shunday qo’yish kerakki, sovutgichda hosil bo’lgan tomchilar tushib ketmasdan devorlar orqasi oqib tushish lozim. Oqib tushish yo’li yeng qisqa bo’lishi lozim. Shuning uchun haydash boshida qabul qilish kolbani tagiga taglama qo’yib kolbani qo’yish kerak bo’ladi. Sovutgich naychasining pastki qismi qabul qilish kolbaning devoriga tegib turish zarur. Qabul qilish kolbadagi suyuqlik sathi ko’tarilib sovutgich naychasining chetiga yetganda kolbaning tagidan taglamani oladi. Haydash jarayonida doimo sovutgichda suv aylanib turishi va u sovuq bo’lishi lozim. Doimo haydash jarayonini kuzatib borish darkor. Agar suyuqlik ko’pik hosil qilsa isitishni pasaytirish lozim: aks holda suyuqlik haydalgan suyuqlikka o’tib ketmasligi uchun silkinishdan yehtiyot qilish lozim. Qabul kolbaning sig’imi 9/10 qismigacha to’lmaguncha haydashni davom yettirish lozim. Haydalgan suyuqlik chayqatilib, belgigacha distillangan suv quyiladi. Haydalgan suyuqlikdagi spirt miqdorini spirtometr bilan aniqlash. O’lchov kolbada olingan haydalgan va belgigacha distillangan suv bilan to’ldirilgan haydalgan suyuqlikni toza quruq silindrga quyadi (kolbani suv bilan chayqamasdan). Haydalgan suyuqlik quvvatini 20° haroratda o’lchaydi. Buning uchun haydalgan suyuqlik bor silindrni suvi bor idishga soladi. Uni isitib yoki sovutib kerakli haroratga yerishadi. Agar haydalgan suyuqlikning quvvati 20°dan o’zgargan haroratda o’lchangan bo’lsa unda 5- jadvaldagi harorat o’zgarish ko’rsatkichi qo’yiladi. Botirish oldidan spirt toza va quruq bo’lishi shart. Aniqlashdan keyin uni distillangan suvda yuvib toza sochiqda quruguncha artish lozim. Spirtometr bilan ishlashda susloning qand miqdorini areometr aniqlashda ko’rsatilgan koidalarga bo’ysunishi lozim. Spirtomerning shkalasining ko’rsatkichi va 11-jadvaldan 20°da hajm foizda spirt miqdorini biladi.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling