Abdupattayeva Odinaxon “chizmachilik fanini o’qitish metodikasi” fanidan “Proeksiyalash va proeksiyalash usullari mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusida bajargan kurs ishi
Download 0.69 Mb.
|
2 5321178310368040872
XULOSA VA TAVSIYALAR
Kurs ishini tayyorlash davomida quyidagi xulosalarni oldim: Chizmalarni o'qish — chizmada tasvirlangan detalning shaklini to'la tasavvur etishga va uning konstruktiv xususiyatlarini aniqlashga, chizmaga qo'yilgan hamma o'lchamlarni o'qishga, ular detalning qaysi qismiga oidligini aniqlashga o'rganishdir. Bulardan tashqari, chizmani o'qish natijasida detalning nomi, u qanday materialdan tayyorlanganligini va chizmaning masshtabini aniqlab olishga yordam beradi. Chizmani o'qishda eng qiyin tomoni tasvirlangan detalning umumiy shaklini tasavvur qilishdir. Buning uchun mumkin qadar ko'proq chizmalarni tahlil qilishga o'rganishdir. Ko'pincha detallar ikkita ko'rinishda chiziladi. Bunday chizmani o'qish uchun unda tasvirlangan detalning yaqqol tasvirini chizish yoki uning uchinchi ko'rinishini yasash yo'li bilan amalga oshiriladi. Aksonometrik proyeksiyalar qurilishi shundan iboratki, geometrik figura fazoda bu raqam nazarda tutilgan to'rtburchaklar koordinatalar o'qlari bilan birgalikda tanlangan proyeksiya tekisligiga parallel (to'rtburchak yoki qiya) yo'llar bilan proyeksiyalanadi. Shunday qilib, aksonometrik proyeksiya bir tekislikka proyeksiyadir. Bunda proyeksiya yo`nalishi koordinata o`qlarining birortasiga to`g`ri kelmasligi uchun tanlanadi. Berilgan mavzuni o’quvchilarga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, innovatsion pedagogic texnologiyalarning mashg’ulot davomida qo’llanilishi mavzuni o’zlashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammo va kamchiliklarni sezilarli darajada kamayishiga olib keladi, hamda o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishlarida ijobiy ta’sirini ko’rsatadi Kurs ishi yakunida quyidagi tavsiyalarni beraman: Dars o’tish jarayonida yangi pedagogic texnologiyalar usullaridan foydalanish; Mavzu yuzasidan suratlar, slaydlar va shu kabi ko’rgazmali materiallardan foydalanish mavzuni o’rganishda yanada samarali natijalarni beradi; Innovatsion pedagogic texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish; Mashg’ulot davomida didaktik o’yinlardan samarali foydalanish; Mavzuni tushuntirish davomida berilgan nazariy ma’lumotlarni yanada mustahkamlash maqsadida har bir o’quvchiding dars davomida faol qatnashishini ta’minlash; O’quvchi yoshlarda milliylikni anglash, undan faxrlanish, vatanparvarlik kabi hislatlarni shakllantirish. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling