Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat Tavalludi


Download 367.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana10.02.2023
Hajmi367.48 Kb.
#1185661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat - Vikipediya(1)

Dramaturgiya
Fitrat dramaturgiyasi ham oʻziga xosligi
bilan ajralib turadi. U 1916-yildan boshlab
teatr uchun koʻplab asarlar yaratdi.
Ammo uning nafaqat 1916—1918-yillarda
yozgan „Begijon“, „Qon“, „Abo Muslim“,
„Temur sagʻanasi“, „Oʻgʻizxon“ singari
pyesalari, hatto 1934-yilda yozgan
„Toʻlqin“ opera librettosi ham bizgacha
yetib kelmagan. Maʼlumki, Fitratning 5
pardali „Begijon“ pyesasida


dehqonlarning xon zulmiga qarshi
koʻtargan isyonlari tasvir etilgan. „Temur
sagʻanasi“ pyesasida esa muallifning
„Yurt qaygʻusi (Temur oldinda)“
sochmasidagi istiqlol uchun kurash
gʻoyasi oʻzining badiiy tajassumini
topgan. Fitrat oʻsha-yillarda yozgan
boshqa sahna asarlarida ham tarixiy
oʻtmishga murojaat etganiga qaramay,
bolsheviklarning Turkistonda olib borgan
gʻayrimilliy siyosatiga faol munosabat
bildirib, zulm va zoʻravonlikka asoslangan
„yangi tuzum“ni keskin qoralagan. Fitrat
ijodining shu davrdagi yetakchi motivi —
bolshevizmga qarshi kurash gʻoyasi
„Chin sevish“ (1920) va „Hind
ixtilolchilari“ (1923) pyesalarida ayniqsa


yorqin ifodalangan. Dramaturg
Turkistonda Shoʻro hokimiyati-yillarida
sodir boʻlayotgan fojeali voqealarni
Britaniyaning mustamlakasi boʻlgan
Hindistonga koʻchirib, ingliz
mustamlakachilariga qarshi
kurashayotgan hind istiqlolchilari
siymosida, maʼlum maʼnoda, oʻz
vatandoshlari obrazini yaratdi. Javoharlal
Neruning eʼtirof etishicha, Fitratning bu
asarlari hind xalqining
mustamlakachilikka qarshi olib borgan
kurashiga kuch va madad bergan.
Fitrat Moskvadalik paytida „Abulfayzxon“,
„Shaytonning Tangriga isyoni“ (1924),
ona yurtiga qaytgach esa „Arslon“,


„Shoʻrishi Vose“ („Vose qoʻzgʻoloni“,
1927), „Toʻlqin“ (1934) pyesalarini yozdi.
Bu asarlari orasida „Abulfayzxon“ oʻzining
shekspirona epik koʻlami bilan ajralib
turadi. Unda Fitrat Shekspir pyesalariga
xos qabartma tip va xarakterlarni yaratdi.
Zulmga asoslangan saltanat tojining
otadan bolaga oʻtib kelishi natijasida
paydo boʻluvchi qonli oqibatlarni
haqqoniy tasvirladi. Mazkur pyesa
asosida Ashtarxoniylar sulolasining
soʻnggi vakili boʻlmish Abulfayzxon
saltanatining tanazzuli (XVIII asr)
natijasida Buxoroda Mangʻit amirlarining
saltanat tepasiga kelishlari bilan bogʻliq
tarixiy voqealar yotadi. Fitratning olis
tarixiy voqeaga nazar solishdan maqsadi:


„Podsholik qon bilan sugʻorilgan bir
ogʻochdir, qon oqib turmagan yerda bu
daraxtning qurib qolishi aniqdir“ degan
falsafa bilan yashagan va oʻzi ham shu
gʻayriinsoniy falsafaning qurboni boʻlgan
Abulfayzxon singari qonxoʻr podsholarni
tarix qaʼridan olib chiqib, xalqqa
koʻrsatishdir. Fitrat bu asari bilan
bolsheviklar tuzumi XX asrning
Abulfayzxoni — Stalinni yaratishi va uning
bepoyon mamlakatni qonga botirishini
bashorat etdi. Shu maʼnoda mazkur
tragediya Fitrat zakosi bilan yaratigan
xalqni ogohlantiruvchi asardir. Fitrat bu
asari bilan oʻzbek adabiyotida tragediya
janriga asos solib, mazkur janrning
asosiy tamoyillarini belgilab berdi.



Download 367.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling