Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat Tavalludi


Download 367.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana10.02.2023
Hajmi367.48 Kb.
#1185661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat - Vikipediya(1)

Tarixshunoslik
Bundan tashqari Fitrat tarixshunoslik va
sharqshunoslik sohalariga oid fors tilida
maqola va risolalar ham yozdi, „Amir
Olimxonning hukmronlik davri“ (1930)
shular jumlasidandir. 1921-yilda B.Soliyev
va B.S. Sergeyev bilan birgalikda Buxoro


amiriga qarashli nodir qoʻlyozmalar, vaqf
hujjatlarini yigʻish, ularga tartib va tavsif
berish ishlarida ishtirok etdi. B.S.
Sergeyev bilan birgalikda V.L. Vyatkin
arxivida saqlangan qozilarga oid
hujjatlarni oʻrganib, rus tilida “Казыйские
документы XVI века” (1937) nomli
kitobni nashr ettirdi.
Musiqa sanʼati
Fitratning sanʼatshunoslikka oid
xizmatlari ham tahsinga sazovordir. U
1921-yil Buxoroda Sharq musiqasi
maktabini tashkil etib, bu maktabning
birinchi direktori lavozimida ishlaydi.
Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari


(sozanda, xonandalar) bilan birga Viktor
Uspenskiy singari musiqashunoslarni
ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab
„Shashmaqom“ kuylarini toʻplash va
notaga yozib olish ishlariga rahbarlik
qildi. Fitratning tashabbusi bilan ota Jalol
va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi
V. Uspenskiy tomonidan ilk bora notaga
olinib, nashr etildi. Fitrat „Shashmaqom“,
„Oʻzbek musiqasi toʻgʻrisida“ maqolalari
va „Oʻzbek klassik musiqasi ham uning
tarixi“ (1927) risolasi bilan XX asr oʻzbek
musiqashunoslik fanini boshlab berdi.


Fitrat ilgʻor demokratik gʻoya va fikrlari
uchun koʻpchilik jadidlar qatorida
shakkoklik va isyonkorlikda ayblandi.
Chor maʼmurlari esa uni
mustamlakachilikka qarshi turganlikda
aybladilar, kommunistik mafkura humron
boʻlgan shoʻrolar davrida esa,
millatchilikda, panturkizm gʻoyasi
SSSR Oliy Sudi tomonidan Fitratga oʻlim jazosini berish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror, 1938-yil 5-oktabrda imzolangan
Vafoti


tarafdori, „xalq dushmani“ degan
tuhmatlar bilan aybladilar. Professor
H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni
1937-yilgacha uning doʻsti Fayzulla
Xoʻjayev oʻz himoyasiga olib kelgan.
1937-yilda koʻpchilik qatori Fitrat ham
NKVD tomonidan qamoqqa olingan. Iosif
Stalinning 1938-yil 28-martdagi „Otuvga
eʼlon qilinganlar roʻyxati“ga tushgan.
Abdurauf Abdurahim oʻgʻli Fitrat 1938-yil
4-oktabr kuni Toshkent shahrining hozirgi
Yunusobod tumani Boʻzsuv qirgʻogʻidagi
qatlgohda otib oʻldirildi
[10]
. Uni oʻlimga
mahkum qilish haqidagi sud qarori bir
kundan keyin yaʼni 1938-yilning 5-
oktabrida imzolandi.


1963-yil Iosif Stalin vafotidan soʻng Fitrat
nomi oqlandi.
1991-yil 25-sentabrda Abdurauf Fitratga
oʻzbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi,
realistik adabiy tanqidchilik hamda
adabiyotshunoslik maktabiga asos
solishdagi xizmatlari uchun Alisher
Navoiy nomidagi Oʻzbekiston
Fitrat 110 yillik yubileyi sharafiga chiqarilgan 
pochta markasi
.
Xotira


Respublikasi Davlat mukofoti berildi.
Mustaqillik ordeni berildi. Toshkent va
Buxoroda Fitrat nomidagi koʻchalar,
maktablar ochildi. Buxoro shahrida Fitrat
bogʻi va uy-muzeyi tashkil qilindi (1996).
Buxoro shahrida Fitrat haykali oʻrnatildi.
1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining
110-yilligi mamlakat miqyosida
nishonlandi, „Oʻzbekiston pochtasi“
tomonidan Fitratga bagʻishlangan pochta
markalari chiqarildi.
Fitrat. Sheʼrlar. „Oʻzbekiston adabiyoti
va sanʼati“, 1987-yil 11-dekabr.
Nashr qilingan asarlari


Fitrat. Sheʼrlar. „Sharq yulduzi“, 1991, 6-
son.
Fitrat. Hind ixtilolchilari. „Sharq
yulduzi“, 1990, 4-son.
Fitrat. Turkistonda ruslar. „Sharq
yulduzi“, 1992.
Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi tarixi.
T.: „Fan“, 1993.
Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.:
„Maʼnaviyat“, 2001.
Fitrat. Chin sevish. T.: „Adabiyot va
sanʼat“, 1996.
Fitrat. Najot yoʻli. T.: „Sharq“, 2002.
1. Orif Tolib (https://t.me/oriftolib/2405)
Manbalar



Download 367.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling