Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat Tavalludi


Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish


Download 367.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana10.02.2023
Hajmi367.48 Kb.
#1185661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat - Vikipediya(1)

Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish
Bulardan tashqari Fitrat oʻzbek tilining
grammatikasini oʻrganish ishlarini
boshlab bergan va shu soha rivojiga
katta hissa qoʻshgan. U 1918-yilda
Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon
bilan hamkorlikda „Ona tili“ darsligini
yaratdi. 1921-yilda Toshkentda boʻlib
oʻtgan Til va imlo qurultoyida Fitrat
oʻzbek tilining sofligini taʼminlash va
rivojlantirishga qaratilgan bir qancha


takliflarni oʻrtaga tashladi. U 20-yillarda
oʻzbek tili tabiatini oʻrganishda davom
etib, „Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir
tajriba: Sarf“ (1925), „Oʻzbek tili qoidalari
toʻgʻrisida bir tajriba: Nahv“ (1926)
darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930-
yilga qadar bir necha marta nashr etildi.
Olim oʻzbek tili morfologiyasi va
sintaksisiga bagʻishlangan bu asarlari
bilan oʻzbek tili grammatikasini ilmiy
asosda oʻrganish ishiga tamal toshini
qoʻydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi
katta xizmatlaridan yana biri uning 20-
yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va
shevalarga tayangan holda, ilmiy-adabiy
muomalaga kirib kelayotgan yangi
tushuncha hamda hodisalarni ifodalash


uchun oʻzbek tilining lugʻat fondiga yangi
soʻzlar hamda atamalarni olib
kirganligidadir.
Olim „Eng eski turk adabiyoti namunalari“
(matn, tadqiqot, izohlar, 1927), „Oʻzbek
adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot,
izohlar, 1-jild, 1928) tazkiralarini tuzib,
milliy adabiy merosimizning eng qadimgi
davrdan soʻnggi davrlarga qadar
yaratilgan namunalarini toʻplab, muayyan
tizimga soldi („Oʻzbek adabiyoti
namunalari“ning ikkinchi jildi nomaʼlum
sabablarga koʻra eʼlon qilinmagan).
„Qutadgʻu bilig“ singari oʻzbek yozma
adabiyotining xalq orasida sochilib
yotgan noyob yodgorliklarini qoʻlga


kiritish, oʻrganish va chop etishga intildi.
Oʻzbek adabiyotining yirik
namoyandalarini ilk bor oʻrganib, „Bedil“
(1923), „Navoiyning forsiy shoirligi va
uning forsiy devoni toʻgʻrisida“, „Qutadgʻu
bilig“ (1925), „Ahmad Yasaviy“ (1927),
„Yassaviy maktabi shoirlari toʻgʻrisida
tekshirishlar“, „Hibbat ul-Haqoyiq“,
„Oʻzbek shoiri Turdi“ (1928), „XVI asrdan
soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir
qarash“, „Muhammad Solih“, „Fors shoiri
Umar Xayyom“ (1929), „Mashrab“,
„Farxodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida"
(1930) kabi katta ilmiy qimmatga ega
risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu
tadqiqotlari bilan oʻzbek


adabiyotshunoslik maktabiga poydevor
qoʻydi.
„Sheʼr va shoirliq“ (1919), „Adabyot
qoidalari“ (1926), „Sanʼatning manshai“
(1927), „Aruz haqida“ (1936) singari
maqola va risolalari bilan adabiyot
nazariyasi faniga asos soldi.

Download 367.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling