Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat Tavalludi


Download 367.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana10.02.2023
Hajmi367.48 Kb.
#1185661
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat - Vikipediya(1)



Abdurauf Fitrat
Abdurauf Fitrat (1886, Buxoro shahri,
Buxoro amirligi — 4-oktabr, 1938,
Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) —
oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon,
yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy
oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri,
Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli
vakillaridan biri, birinchi oʻzbek
professori
[1]
(1926). Jadidchilik milliy
maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori.
Turkiyada oʻqigan. Inqilobga qadar Oʻrta
Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi


harakatlarida faol qatnashgan, politsiya
nazorati ostida boʻlgan. Turkiyadagi
„Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib,
Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini
tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga
aylangan. Doʻsti va maslakdoshi Munzim
bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar
yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir
qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga
yuborgan (1922)
[2]
.


Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat
Tavalludi
1885 
Buxoro shahri,
Buxoro amirligi
Vafoti
5-oktyabr 1938
Toshkent,
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi
 Buxoro amirligi,
 Turkiston
Muxtoriyati, 


1886-yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida
tugʻilgan, adibning otasi savdogarchilik
bilan shugʻullangan boʻlib, 1918-yilgacha
Qashqarda turib qoladi. Yosh Abdurauf
asosan onasi Mustafo Bibi (Bibijon)
tarbiyasida qoladi, undan Navoiy, Uvaysiy,
Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi yirik
shoirlarning gʻazallarini tinglaydi.
[3]
Dastlab eski maktabda, keyinchalik,
Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil
 Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi, 
 SSSR
Hayoti


olgan. 1902–1903-yillarda haj safariga
chiqqan, uni ado etgach Arabiston,
Anatoliya (zamonaviy Turkiya),
Kavkazorti, Eron, Afgʻoniston, Hindiston
boʻylab sayohat qilgan. 1906–1908-
yillarda Rossiyaning Qozon, Nijniy
Novgorod, Yaroslavl, Moskva, Petrograd
shaharlarida boʻlgan. XX asr boshlarida
bujudga kelgan „Tarbiyai atfol“ jamiyati
koʻmagida 1908–1913-yillarda
Istanbuldagi Voizon madrasasida tahsil
olgan va qizgʻin ijod qilgan.


1908–1913-yillarda Turkiya dorilfununida
oʻqiyotganda uning zukko, bilimdonligi
professor-oʻqituvchilarni hayratga soladi.
Unga Fitrat — Donishmand taxallusini
beradilar. 
Fitrat oʻqishni Istanbulda davom ettirib
yurgan kezlarida, hamyurtlari bilan
birgalikda „Buxoro ta’limi maorif
Fitrat (oʻrtada) maslakdoshlari bilan. Buxoro. tm. 1908-yil


jamiyati“ni tuzgan. Bu jamiyat
buxoroliklarning oʻzaro moddiy-maʼnaviy
uyushmasi vazifasini bajargan hamda
Buxoro va Turkiston maorifining olgʻa
siljishiga doir bir qator ishlarni amalga
oshirgan. Bu davrda Turkiya „Yosh
turklar“ inqilobidan mast davrni oʻz
boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday
inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham
ijobiy taʼsir koʻrsatdi. U siyosat
maydoniga shoʻngʻib ketdi. Bu yerda
Fitrat Sharq adabiyoti, sanʼati, tarixini
chuqur va atroflicha oʻrganadi. Ilgʻor
taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari,
turk adabiyoti orqali esa Gʻarb adabiyoti
bilan yaqindan tanishadi. Gʻarb va Sharq
xalqlari madaniyati, adabiyotlari



Download 367.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling