“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
114
marosimdagi ma’ruzasida, “Abdurauf Fitratning: “Xalqning aniq maqsad sari harakat
qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki
zaif bo‘lib xorlikkka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga
tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda
olgan tarbiyalariga
bog‘liq”, - degan fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-
qizlarimiz amal qilishlarini men juda istar edim”, – degan edi.[1.7]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Tadqiq qilinayotgan masala bo‘yicha jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri
bo‘lgan Abdurauf Fitrat o‘zining bir qancha chop ettirilgan ishlarida o‘z
fikir va
muloxazalarini bildirgan. Xususan uning Cho‘lpon nomidagi
nashriyot matbaa uyi
tomonidan 2013 yilda nashr etilgan “Oila yoki oila boshqarish tartiblari”[2:5] nomli
kitobida tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda: badan tarbiya, aqliy
va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib ham bo‘lmaydi. Ular
o‘zaro shunday bog‘liqdirki,
biriga ziyon yetsa, boshqalarida
ham nuqson paydo
bo‘ladi. Biriga
foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo‘ladi deb yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: