Abdurauf fitrat asarlarida badan tarbiyasi masalasi
international research journal ISSN
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
113-116
international research journal ISSN:
2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 115 Sh.G‘oibovaning nomzodlik dissertatsiyasida Fitratning falsafiy qarashlarini hamda millatparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tahlil qilgan. Pedagog olima D.Axatova “Abdurauf Fitratning ma’rifiy-pedagogik qarashlari” mavzusidagi tadqiqot ishida ma’rifatparvarning pedagogik g‘oyalari va uni ahamiyatini batafsil yoritgan.[3.88] Muallifning ta’kidlashicha, Fitrat “Rahbari najot” asarining “Bola tarbiyasi masalalari” bobida bolalarga turli tarbiya berish va ularni amalga oshirish to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. Aniqrog‘i, dunyo kurash maydoniga o‘xshaydi. Bu kurashda g‘olib chiqish uchun uch o‘lchov quroliga ega bo‘lish kerak: 1. Salomatlik. 2. Sog‘lom fikr. 3.Axloqiy sano. Bu uchta qurol uchun tarbiya orqali, ya’ni 1. Jismoniy tarbiya (salomatlik). 2. Aqliy tarbiya (fikr tarbiyasi). 3. Axloqiy tarbiya orqali shakllantiriladi. Har bir kishi uch quroldan birisiz maydonga kirsa, albatta, mag‘lub bo‘lishi tabiiydir. Shu bois, uch tarbiyani doimo birgalikda olib borish lozimligi uqtiriladi. Abdurauf Fitratning ma’rifiy qarashlarida shaxsning shakllanishida jismoniy tarbiyaning o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Uning fikricha, inson uzoq yashashi va baxtli hayot kechirishi uchun butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo‘lishi lozim. Bola jismonan sog‘lom bo‘lsa, uning ilm o‘rganishi va o‘qishi ham oson kechadi. Fitrat jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi qarashlarida quyidagilarni asoslab bergan: Bola tarbiyasini u tug‘ilmasdan burun ona qornidayoq boshlashni zaruriyatini; Bolaning jismonan sog‘lom bo‘lishida to‘g‘ri ovqatlanish va toza havoda bo‘lishining ahamiyatini; Turli harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlarning jimoniy tarbiyadagi ahamiyatini; Harakatli o‘yinlarning bola aql-farosati va ilmining rivojlanishiga ta’siri; Harakatli o‘yinlarning bola axloqiy tarbiyasiga ta’siri; Tozalik va pokizalik (shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish)ning jismoniy tarbiyadagi ahamiyati; Salomatlik uchun kurash dinning ham talabi ekanligi; XULOSA Bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri ma’rifatparvarning jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi ushbu g‘oyalarini ta’lim tizimida oqilona foydalanishdan iborat. Shu bois. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida o‘qitilayotgan “Umumkasbiy tayyorgarlik” blokidagi “Trener- o‘qituvchining professional kompetentligi va mahorati”, “Sport ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar”, “Bolalarda morfofunktsional o‘zgarishlar”, “Bolalar psixologiyasi” kabi o‘quv modullarida Fitratning jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikr- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling