Abdurauf fitrat asarlarida badan tarbiyasi masalasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
113-116
TAHLIL VA NATIJALAR
Bu bejiz emas. Chunki, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Abdurauf Fitrat o‘zining ma’rifiy qarashlarida Vatan, xalq, millat erkinligi, xalq farovonligi to‘g‘risidagi orzularini, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini bayon etgan. Manbalarga ko‘ra undan 260 bosma taboqdan ziyod ilmiy meros qoldi. Bu asarlar adabiyotshunoslik, etika, estetika, musiqa, shaxmat, melioratsiya, geodeziya kabi bilim sohalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ular Fitratning qomusiy tafakkur va aql egasi bo‘lganligidan darak beradi.[2.428] Aniqrog‘i, uning “Munozara”, “Hind sayyohi bayonoti”, “Rahbari najot” kabi asarlari badiiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va axloqiy ruhdagi asarlar hisoblanadi. Fitrat o‘zbek olimlaridan birinchi bo‘lib, professor unvoniga sazovor bo‘lgan. U Britaniya entsiklopediyasida o‘zbek faylasuf olimi sifatida qayd etilgan birinchi adibdir. Fitrat barkamol avlod tarbiyasi, uning aqliy, axloqiy, ma’naviy, jismoniy bag‘rikenglikka erishishiga bog‘liqligi borasida qimmatli fikrlarini qoldirgan. Abdurauf Fitratning ilmiy merosi adabiyotshunos, tilshunos, tarixchi, faylasuf, pedagog olimlar tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan. Jumladan, adabiyotshunos olim H.Boltaboev ma’rifatparvarning hayoti va ijodi, xorijda o‘rganilganlik holati, ma’rifiy g‘oyalarini imkon darajasida o‘rgangan. Jadidchilik harakatini yetarli darajada o‘rgangan olimlardan B.Qosimov Fitratning hayoti va ijodini o‘rgangan, ayrim asarlarini tahlil qilgan. Faylasuf olim B.Ergashevning ilmiy-tadqiqot ishlarida Fitratning “Yosh buxoroliklar” safidagi faoliyati, uning siyosiy qarashlarini o‘rgangan. Tadqiqotchi M.Qurbonova tadqiqot ishlarida “Fitratning tilshunoslik merosi”, til qoidalari, imlo masalalariga oid muammolarini o‘rgangan. Tadqiqotchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling