12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:
etalonlar;
o‘lchov vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
sinov vositalari;
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot-o‘lchov tizimlari;
o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
(14-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |