Abdusattorova Dilnozaning "Tarbiya"
Download 366.63 Kb.
|
Insonparvarlikning shaxs ma`naviy kamolotidagi o`rni va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- -vatanparvarlik-xalqaro munosabatlari vatan, millat manfaatlarini birinchi o`ringa qo`yishdir.
Vatanparvarlik bir so`z bilan aytganda o`z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo`shish:
-ona yurtimizda tinchlik, barqarorlikni va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir. -vatanparvarlik-xalqaro munosabatlari vatan, millat manfaatlarini birinchi o`ringa qo`yishdir. Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan uyg`undir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanpavrvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik yotadi. Insonparvarlik bu o`zbek xalqi milliy ruhiyatning ajralmas fazilatidir. U purma`no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik inson, xalqning ajralmas hislati tarzida ko`zga tashlanadi. Qur`oni Karim insonparvarlik g`oyalari asosiga qurilgan. Muhammad alayhissalom hadislari g`oyalarga boy xikmatlar majmuasidir. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr shafqatida, diyonatda, o`zaro ko`maklashuvida hamdardlikda, boshqalar qayg`usiga sherik bo`lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan fahrlanishda ko`rinadi. O`zbek xalqi doimo u insoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Horazmiy, Al-Beruni, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, A Navoiy, Ogahiy, asarlardagi g`oyalar -insonparvarlik ruhi bilan ajarlib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g`amxo`rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan bepavolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustidagi g`am yemaslik tarafli inson uchun tamomila yotdir. Prezidentimiz va O`zbekiston davlatning eng ulug`vor va insonparvarlik g`oyalaridan biri-ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tug`ilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur, demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo`g`rilgan. O`z millatiga sadoqatli bo`lish millatparvarlik bilan hamohang tushunchadir. Millatparvarlik u har bir inson uchun yuksak burch sanaladi. O`z millatini sevmagan o`zini ham, vatanini ham seva olmaydi. Millatparvarilik o`z millatini boshqa millatlardan ustun qo`yish kamsitish kabi (millatchilik va shovinizm) jirkanch harakatlardan tubdan farq qiluvchi tuyg`udir. Millatparvarlik o`z millatining birligini mustahkamlash, o`z tili, urf-odatlari, an`analarini rivojlantirish, qadriyatlar va me`roslarini ko`z qorachig`iday asrash o`z millatini kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql zakovat salohiyatni rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirish yo`lida fidoiy bo`lishdir. Milliy o`zlikni anglashni muhim omili bo`lgan millatparvarlik tuyg`usini shakllantirishda yaqin o`tmishda millatimiz manfaatlarini ko`zlab millatparvarlikning yorqin namunasini ko`rsatgan millatimizinng sodiq farzandlari amalga oshirgan ishlarni tashviqot qilish katta ahamiyatga ega. Bugun F. Xo`jayev, A. Ikromov, A. Qodirov, U. Nosir, A. Fitrat, I. Mo`minov, H. Abdullayev, Sh. Rashidov kabilarni nomlari millatparvarlikni o`zida yorqin mujassam etganligini yoshlarga tushuntirishimiz lozim. Millatimizning mustaqilligi uchun jon fido etdilar. Ulardan birlari millatimiz sharafini himoya qilibgina qolmay, uni jaxon uzra ko`z-ko`z qilishda o`zlarini ayamadilar. Yana birlari esa ona zaminda millatimiz orasida ulkan kadrlar yetishib chiqishiga jonbozlik ko`rsatdi. Boshqa birlari esa yurtimizdan tashib ketilgan hom ashyoni o`rnini to`lg`azish uchun markazdan ko`proq texnika, texnolgiya fan yutuqlarini, mablag`larini olib kelish yo`lida faoliyat ko`rsatdi. Download 366.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling