Abdusattorovichning iqtisodiyot


 Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1367695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH

 
6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari 
Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining 
rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir. 
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda 
amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy 
yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:
1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor 
xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, birjalar, 
auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.); 
2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit 
muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);
3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal 
xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish 
bilan shug‘ullanuvchi muassasalar). 


Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-
sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini 
yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha 
tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ularning 
bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari 
mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari 
uchun haq oladi. 
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat 
qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha 
tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam 
savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond 
birjasi, valyuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan.
Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil 
etish shakli.
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil 
etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi 
amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. 
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi 
bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi 
muassasa. 
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar 
tuziladi, lekin tovarni etkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida 
yuz beradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular 
nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) – bu tovar, fond va 
valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki 
maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish 
yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham 
mumkin. 
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu erda hali ishlab chiqarilmagan, 
lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib 
tushmagan tovarlar ham sotiladi. 
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan 
birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar 
sotiladi. 
Auksion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun 
muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda 
savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga 
qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda 
o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga 
olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda 
savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni 


sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham 
sotilishi mumkin.
Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi 
hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari 
ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari 
o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. 
Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab 
chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni 
oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi 
mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, 
gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo 
uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va 
ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat 
korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan 
shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham 
shug‘ullanadi. 
Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda 
boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib 
olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati 
ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. 
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki sifatida sotib olib, keyin 
iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular 
mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi. 
Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan 
keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, 
jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul 
maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga 
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. 
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi 
muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital 
bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy 
muassasalarning aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy 
belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan 
bog‘liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar sub’ektlarning ortiqcha pul 
mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan 
sub’ektlarga pul qarz beradi. 
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona 
idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos 
o‘ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘rni 
bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz. 
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor 
infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari 
zimmasiga tushadi. Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy 
xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi 


muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat 
ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir 
mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish 
qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar 
auditorlar deb ataladi. 
SHunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muassasalari 
barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi. 
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi 
natijasida vujudga keladi. Bozor munosabatlari sub’ektlari o‘zaro bog‘liq holda va 
aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi 
ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan 
daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi. 
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan 
kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni 
vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik 
xususiyatini belgilab beradi. 
Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, 
o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni 
o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi 
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga 
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir. 
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, 
ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal 
etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o‘z 
zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling