Абитуриент учун


Download 26.93 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi26.93 Kb.
#1755616
  1   2
Bog'liq
PEAK IT ACADEMY Kelajak kasblari - shartnoma


PEAK-IT ACADEMY” DA TA'LIM OLISH UCHUN

SHARTNOMA № iT-A FT ______


2023 yil ____/_________ Forish t.
Ushbu shartnoma “PEAK-IT ACADEMY” bundan keyin "O'quv markazi" deb ataluvchi nomidan direktor , O'quv markaz ustavi asosida ish yurituvchi, bir tomondan va O'quv markazida ta'lim oluvchi,_______________________________________________________________ keyingi o'rinlarda "Ta'lim oluvchi" deb ataluvchi ikkinchi tomondan, ta'lim oluvchiga zamonaviy kasblarni egallashi maqsadida o'quv kurslari uchun o’quv xarajatlarni qoplab beruvchi “___________________________________” keyingi o’rinlarda “Buyurtmachi” deb ataluvchi bundan buyon birgalikda Tomonlar deb ataluvchilar quyidagilar haqida mazkur shartnomani tuzdilar.
1. SHARTNOMA PREDMETI

  1. Ushbu shartnoma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bo'limi "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o'rganishi va ularni xorijiy tillarga o'qitish bo'yicha O'quv kurslarida o'qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi" doirasida O'quv markazi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi talablarni belgilaydi.

Bunda,"Kelajak kasblari" loyihasi doirasida Ta'lim oluvchiga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o'rganishi va ularni xorijiy tillarga o'qitish bo'yicha olti oygacha muddatli O'quv kurslari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdori (BHM - 330 ming so'm)ning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan subsidiya ajratilishi inobatga olinadi.

  1. Ushbu shartnoma doirasida Ta'lim oluvchi FORISH TUMANI, OSMONSOY MFY, ANA-MUNA QISHLOG`I 41-UY da joylashgan O'quv markazida WEB DASTURLASH (FRONTEND) (BACKEND) bo'yicha tahsil olish va shartnomada belgilangan vazifalarni bajarish majburiyatini, O'quv markazi esa sifatli dars mashg'ulotlarini o'tkazish asosida Ta'lim oluvchining bilim darajasini oshirishga ko'maklashish majburiyatini zimmasiga oladi.

  2. Ta'lim oluvchini o'qitish xarajatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'liq yoki qisman amalga oshirilishi mumkin bo'lib, bunday hollarda to'lovlarning "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanmagan qismini amalga oshirish majburiyati Ta'lim oluvchining zimmasida bo'ladi.

Bunda, mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida Ta'lim oluvchi "Yoshlar daftari"ga tavsiya etilgan hamda "yoshlardaftari.uz" elektron platformasida zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o'qitish bo'yicha tasdiqlangan bo'lishi lozim.

  1. Ta'lim jarayonlari O'quv markazining 1.2.-bandda ko'rsatilgan manzilida ananaviy (offline) tarzda olib boriladi.

2. O'QUV MARKAZINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. O'quv markazi quyidagi huquqlarga ega:
Ta'lim oluvchini O'quv markazining ichki tartib-qoidalari va majburiyatlari bilan imzo qo'ygan holda tanishtirish;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qaroriga muvofiq, "Yoshlar daftari" Vasiylik kengashidan yoki Ta'lim oluvchidan ta'lim xizmati ko'rsatganlik to'lovini ushbu shartnomaga asosan "Yoshlar daftari" jamg'armasidan yoki boshqa manbalar hisobidan amalga oshirishni talab qilish;
o'quv mashg'ulotlari boshlanishidan oldin ta'lim oluvchining bilim darajasini aniqlash maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o'tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test) sinovlarini o'tkazish;
O'quv markazi quyidagi hollarda mazkur shartnomani bir taraflama bekor qilish huquqiga ega.

  1. Quyidagi hollarda mazkur shartnoma O'quv markazi tomonidan bir taraflama bekor qilinadi:

Ta'lim oluvchi O'quv markazi ichki Tartib-qoidalariga rioya qilmasa yoki ularni qo'pol ravishda
buzsa;
Ta'lim oluvchi ahloqiy buzuqlik qilsa, kiyinish tartibi va madaniyatini buzsa, O'quv markazi xodimlariga nisbatan qo'pol, hurmatsiz munosabatda bo'lsa, O'quv markazi binosi yoki hududida tamaki yoki inson ongini mast qiluvchi ta'sir ko'rsatuvchi mahsulotlarni iste'mol qilsa, O'quv markazi mulkiga shikast yetkazsa yoki nobud qilsa;
Ta'lim oluvchi uzrli sabablarsiz ketma-ket 3 (uch) kunlik dars mashg'ulotlarida qatnashmasa;
O'quv markazi o'z xoxishi bilan Ta'lim oluvchini tinglovchilar safidan chiqarishga ariza bersa.

  1. O'quv markazining majburiyatlari:

mazkur shartnoma shartlariga rioya etishi va o'z vazifalarini belgilangan muddatda sifatli bajarish;
Ta'lim oluvchiga tanlagan fanlari va ta'lim yo'nalishi bo'yicha chuqur bilim olishi uchun sharoit yaratish, xususan, xonalarning yetarlicha yorug' bo'lishini, texnika xavfsizligiga rioya etilishini, xonalarda havo aylanish tizimi mavjudligini hamda yoz-qish mavsumiga tayyorligini taminlash;
Ta'lim yo'nalishlaridan kelib chiqib, ta'lim beriladigan o'quv xonalarida zaruriy o'quv jihozlari, metodik qo'llanmalar, ta'lim dasturlari va o'qitish rejalari bilan ta'minlash;
Ta'lim oluvchiga ta'lim berish uchun tegishli yo'nalish bo'yicha malaka sertifikatlariga ega, o'quvchilarga ta'lim berish yo'nalishida kamida 1 (bir) yillik pedagogik va psixologik ish tajribasiga ega bo'lgan o'qituvchilarni jalb etish;
Ta'lim oluvchining barcha dars mashg'ulotlarni ularni qoldirmasdan ishtirok etishini, topshirilgan vazifalarni bajarishini, ta'lim dasturlari bo'yicha bilimlarni o'zlashtirib olishini hamda O'quv markazi Ustavi va ichki tartib qoidalariga so'zsiz rioya qilishini ta'minlash;
Ta'lim oluvchida mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularni kasbiy yo'naltirishga va kasb tanlashiga ko'maklashish;
loyiha doirasida "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan O'quv xarajatlari qoplab berilgan ta'lim oluvchidan qo'shimcha pul talab qilib olmaslik;
o'quv mashg'ulotlari boshlanishidan oldin ta'lim oluvchining bilim darajasini aniqlash maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o'tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test) sinovlarini o'tkazish;
ta'lim oluvchi tomonidan oylik imtihon testlaridan yetarli ball (55 foizdan past) to'play olmagan, dars jarayonlariga e'tiborsizlik bilan yondashgan taqdirda, mahalladagi yoshlar yetakchisini bu haqida xabardor qilish;
loyiha doirasida ish bilan band bo'lmagan Ta'lim oluvchilarning kelgusida doimiy ish o'rinlariga joylashtirish hamda bandligini ta'minlanishga ko'maklashish;
ushbu shartnoma o'quv markazi tomonidan bir tomonlama bekor qilingan yoki Ta'lim oluvchi uzrli sabablarsiz ketma-ket 3 kunlik dars mashg'ulotlarida qatnashmagan taqdirda, 3 ish kuni ichida "Yoshlar daftari" Vasiylik kengashini bu haqida rasman, yozma tarzda xabardor qilish majburiyatlarini zimmasiga oladi.
3. TA'LIM OLUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Ta'lim oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
O'quv markazi tomonidan mazkur shartnoma shartlariga rioya etilishini talab qilish;
tanlangan fanlar va ta'lim yo'nalishi bo'yicha chuqur bilim olishi uchun sharoit yaratilishini, jumladan, yuqori saviyali mutaxassislar tomonidan dars mashg'ulotlari o'tkazilishini talab qilish;
ushbu shartnoma imzolanganidan so'ng O'quv markazi o'qitish xizmatini uzrli sabablarsiz bajarmaganda O'quv markazidan unga ta'lim xizmati uchun to'langan pulni, to'lov qanday tartibda amalga oshirilgan bo'lsa, o'sha tartibda qaytarib berilishini talab qilish;
qo'shimcha o'quv fanlarini tanlab, O'quv markazidan mazkur fanlar bo'yicha alohida to'lov asosida ta'lim xizmati ko'rsatilishini talab qilish.

    1. Ta'lim oluvchining majburiyatlari:

mazkur shartnoma shartlariga rioya etishi va o'z vazifalarini belgilangan muddatda sifatli bajarish;
o'z bilim darajasini diagnostik test sinovidan o'tkazilishiga to'sqinlik qilmaslik hamda har oyda belgilangan imtihon (test) sinovlaridan o'tish;
barcha dars mashg'ulotlarni ularni qoldirmasdan ishtirok etish, topshirilgan vazifalarni to'liq va sifatli bajarishga intilish, ta'lim dasturlari bo'yicha bilimlarni o'zlashtirib olish hamda O'quv markazi Ustavi va ichki tartib qoidalariga so'zsiz rioya qilish;
ushbu shartnoma doirasida tanlangan ta'lim yo'nalishi uchun belgilangan o'qitish muddati yakunlangunga qadar qat'iy vaqt grafigi bo'yicha ta'lim olish;
o'ziga bog'liq bo'lmagan uzrli holatlar (sog'ligi yoki yaqin qarindoshlaridan birining vafoti tufayli, jiddiy sabablar) natijasida ishtirok eta olmagan taqdirda o'quv markazi va o'zi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisini xabardor qilish majburiyatlarini zimmasiga oladi.
Ushbu shartnoma bajarilishini ta'minlash uchun O'quv markazi tomonidan ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari uchun to'lov mablag'larini to'liq yoki qisman to'lashni o'z zimmasiga oladi. Bunda O'quv markazi tomonidan amalga oshiriladigan to'lovlar naqd pul, plastik karta orqali yoki pul o'tkazish yo'li bilan to'lanishi mumkin (to'lovlar "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi bundan mustasno).

    1. Loyiha doirasida Ta'lim oluvchi tomonidan o'quv mashg'ulotlarini bir oy davomida kamida 6 (olti) marotaba sababsiz qoldirish, majburiyatlarini bajarmaslik hamda o'quv mashg'ulotlarini belgilangan muddatda yakunlamasdan qoldirish holatlari qayd etilsa, Ta'lim oluvchidan loyiha doirasida ajratilgan o'qitish xarajatlari miqdorida kompensatsiya (har bir o'qigan oyi uchun 950 000 so'mgacha oylik to'lovi) undiriladi.

4. O'QITISH TO'LOVLARINI AMALGA OSHIRISH VA MONITORING QILISH TARTIBI

  1. Ushbu shartnomaga muvofiq, Ta'lim oluvchini o'qitish muddati 6 oyni, Ta'lim oluvchini o'qitishning oylik to'lovi 950 000 (to`qqiz yuz ellik ming) so'mni tashkil etadi.

  2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qaroriga muvofiq, "Yoshlar daftari" Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilingandan so'ng uch ish kuni ichida o'quv kursi uchun belgilangan mablag'lar Ta'lim oluvchinining o'qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan O'quv markazining hisob raqamiga o'tkazib boriladi.

  3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qaroriga muvofiq, mahalladagi yoshlar yetakchisi ta'lim oluvchi tomonidan haqiqatda o'quv kursida o'qiyotganligini, O'quv markazi tomonidan yoshlarga sifatli ta'lim berilayotganligini va muntazamligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida o'rganadi.

O'rganish jarayonida ta'lim oluvchi tomonidan o'quv kursida o'qimayotganligi, O'quv markazi tomonidan shartnoma shartlariga rioya etilmayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan o'quv kursi uchun subsidiya berish to'xtatiladi.
5. YAKUNIY QOIDALAR

  1. Ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo'yicha yuzaga keladigan har qanday nizolar o'zaro muzokaralar yo'li bilan hal etiladi.

  2. Mazkur shartnoma shartlarini bajarish bo'yicha yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar yo'li bilan hal qilishning iloji bo'lmaganida ushbu nizo javobgar tarafning yashash (yuridik) manzili bo'yicha vakolatli sud tomonidan hal etiladi.

  3. Mazkur shartnomani imzolanishi shartnoma shartlari bilan to'liq tanishilganligini hamda shartnomadagi barcha ko'rsatib o'tilgan shartlarga rozilikni, e'tirozlar va qo'shimchalar mavjud emasligini bildiradi.

  4. Mazkur shartnoma taraflarning har biriga bir nusxadan jami uch nusxada o'zbek tilida tuzildi.

6. TOMONLARNING REKVIZITLARI:

O’QUV MARKAZI”



Download 26.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling