Tuxum oqsilini qaytmas koagulyatsiyasi
Ishni bajarilishi: Tuxum oqsilining albuminini bir qismi (oldingi tajribadan qolgani) ni qaynaguncha qizdiriladi. Qizdirish sekin olib boriladi. Temperatura 50-600C ga borganda eritmada loyqa hosil bo`ladi va keyinchalik cho`kma hosil bo`la boshlaydi. Bu massa - cho`kma va uning ustidagi eritma sovitiladi. Shunday yo`l bilan olingan cho`kma suvda erimaydi, chunki oqsilda qaytmas jarayon ketib u denaturatsiyaga uchraydi.
Kazein zolini olish.
50 ml hajmli o`lchov kolbasiga 5 ml 0, 1 M natriy atsetat eritmasi, 10 ml distillangan suv va kazeinning kukunidan 0,2 g olinadi. So`ngra 40-500C gacha, hamma vaqt aralashtirilgan holda, kazein eriguncha qizdiri-ladi. Eritma sovutilib kolbaning o`lchovli chizig‘igacha suv solinadi. Ozgina opalestsirlanuvchi kazeinning kolloid eritma-si olinadi.
Nazorat savollari:
1. Qanday qilib zollar koagulyatsiyaga uchratiladi?
2. Liofob va liofil zollarga elektrolitlar qanday ta`sir qiladi?
3. Liofob kolloid eritmalarning agregativ va kinetik barqarorligi nimadan iborat?
4. Sedimentatsion barqaror sistemalarga misollar keltiring.
28- Laboratoriya ishi
Kolloid sistemalarning elektrik xossalari va barqarorligi
Elektroforez xodisasini kuzatish.
Ishning maqsadi. Elektroforez xodisasini o’rganish.
Kerakli jixozlar za reaktivlar. Ikkita shisha turubka diametr-20mm;
akkumulyator batareyasi, loy parchasi, kvarts qumi, distillangan suv.
Ishning borishi. O’lchami 8x15 sm.li loy parchasiga 1.5-2 sm.li shisha naychani
o’rnatiladi. Bu naylarga balandligi 0.5 sm. atrofida tozalab yuvilgan kvarts qumi
solinadi va ikkala nayga bir xil balandlikda (qumdan 2-3 sm baland qilib) suv
quyiladi. Ikkala trubkaga platinali yoki misli elektrodlar o’rnatiladi va
akkumulyator batareyasiga ulanadi. Akkumulyator batareyasini kuchlanishi 2 V
bo’lishi kerak. Bir necha vaqt o’tgach, musbat elektrod tushirilgan naydagi suv
loyqalanadi: loy zarrachalari sekin asta ko’tarilib suvda suspenziya hosil qiladi. Lekin
shu bilan bir vaqtda bu naydagi suv kamaya boradi, manfiy elektrodli nayda esa
suv ko’tarila boshlaydi. Buni sababini tushintiring va loyni zaryadini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |