Aboratoriya ishi Kimyoviy reaksiya tezligining modda konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liqligini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 127.99 Kb.
bet14/15
Sana04.02.2023
Hajmi127.99 Kb.
#1158927
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-семестр2023

Nazorat savollari:
1.Kolloidlarni boshqa dispers sistemalar ichidagi o`rni qanday?
2.Kolloid eritmalarni olinish usullarini sanab bering.


32- Laboratoriya ishi
Toluolning suvdagi va suvning toluoldagi emulsiyasini tayyorlash
A) Toluolning suvdagi emulsiyasini tayyorlash (emulgator tariqasida jelatina olinadi) Ish uchun kerakli jihozlar Ikkita 150 ml li konussimon kolba, 100 ml (o‘lchov) silindr, jo‘mrakli byuretka. Jelatinaning 0,5% li eritmasi, toluol yoki kerosin. Tajribani bajarish tartibi Jelatinaning suvdagi 0,5% li eritmasi tayyorlanadi. Bu eritmadan 20 ml olib, 400C gacha isitiladi, so‘ngra kolbani chayqatib turib, oz – ozdan toluol qo‘shiladi. Shu tartibda 3 ml ga yaqin toluol qo‘shish mumkin. Emulsiya hosil bo‘lgandan keyin 1 – 2 soat tinch qoldiriladi. Bunda emulsiya idishdan deyarli to‘kilmaydigan darajada qotib qoladi, lekin kolba silkitilsa yoki isitilsa, u yana suyuqlanadi.
B) Suvning toluoldagi emulsiyasini tayyorlash (emulgator sifatida kauchuk olinadi) Ish uchun kerakli jihozlar Og‘zi silliqlangan probka bilan bekitiladigan 150 ml li ikkita silindr, 100 ml li o‘lchov silindri, tabiiy kauchuk, toluol. Tajribani bajarish tartibi 2 g tabiiy kauchuk qaychi bilan maydalab qirqiladi va 100 ml toluol quyilgan kolbaga solinadi. Kauchuk batamom erib ketgandan keyin (buning uchun 1 – 2 kun o‘tadi), hosil qilingan eritmadan 10 ml olib, silliqlangan probkali silindrga quyiladi va silindrni chayqatib turib, 10 ml suv oz – ozdan qo‘shiladi. Qaysi tipdagi emulsiya hosil qilingani yuqorida tavsif etilgan usullardan biri yordamida aniqlanadi.
C) Emulsiyani tashkil qiluvchi fazalar zichligining shu emulsiya barqarorligiga ta’sir etishi Og‘zi silliqliqlangan probka bilan bekitiladigan 150 ml li ikkita silindr, 50 ml li menzurka, vazelin moyi, uglerod (IV) – xlorid, natriy oleatning suvdagi eritmasi. Tajribani bajarish tartibi Emulsiyani hosil qilish mo‘ljallangan vazelin moyiga uglerod (IV) – xlorid qo‘shib, aralashmaning zichligi natriy oleatning suvdagi 0,5% li 98 eritmasi zichligiga baravarlashtiriladi yoki juda yaqinlashtiriladi. Buni bilib olish juda oson, chunki natriy oleat zichligiga teng bo‘lgan bir tomchi aralashma natriy oleat eritmasiga tomizilsa, tomchi na cho‘kmaydi va na eritma sirtida suzib yurmaydi, balki, muvozanat holatda qoladi. 10 ml natriy oleat eritmasiga 10 ml aralashma qo‘shiladi va ularni og‘zi silliqlangan probka bilan bekitiladigan silindrda yaxshilab chayqatib yoki boshqa usuldan foydalanib, emulsiya hosil qilinadi. So‘ngra vazelin moyining natriy oleat eritmasidagi emulsiyasi ham shu usulda tayyorlanadi. Agar har ikki suyuqlikning zichligi bir – biriga ancha yaqin bo‘lsa, birinchi galdayoq juda barqaror emulsiya hosil bo‘ladi va u uzoq vaqt turganda ham qavatlarga ajralishi sezilmaydi.



Download 127.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling