Aboratoriya ishi mavzu: donlarni qabul qilish qoidalari va namunalarni tanlab olish
Download 0.72 Mb.
|
1-лаборатория доншуослик
1-rasm. Don shuplari va cho’mich. 1-vagon konus shuplari; 2-qop shupi; 3- silindr shup; 4-cho’mich
Don namunasini aniqlashda foydalaniladigan zamonaviy shuplar Namuna materiali olish uchun konusli shupni yopiq holatda don uyumiga tushuriladi. Shtangani ko’tarishda shup qopqog’i ochiladi va stakan donga to’ldiriladi. So’ngra shup olinadi va stakandagi don brezent yoki qop matosiga to’kiladi. Qop shupi qoplarga joylangan donlardan namuna qismi olishda foydalaniladi (2-rasm). Shupni ichki qismining uzunligi 20-30 sm, tutqichi 10 sm atrofida. Don chiqish darchasi diametri 1-2 sm. Shup yog’och g’ilofda saqlanadi. Tsilindrli shupda 2 latun quvurchalar bir-biriga o’rnatilgan. Ichki quvurcha kameralarga bo’lingan. Ichki, shuningdek tashqi quvurchalar ichki quvurchadagi kamera miqdoriga to’g’ri kela-digan bir taraflama darchalardan iborat. Ichki quvurcha yog’och tirsak bilan tugaydi. Uning yordamida quvurcha aylantirib turiladi. Namuna materiali olishda shup yopiq holatida don xirmoniga tu-shiriladi. So’ngra tirsak yordami-da ichki quvurchaning teshiklari tashqi quvurcha darchalari bilan to’g’ri kelgunicha aylantiriladi. Shup don bilan to’lganidan so’ng tirsak qarshi tomonga buriladi va darchalar berkiladi. Keyin shup olinadi va undagi don oldindan tayyorlab qoyilgan qop matosi yoki brezentga to’kiladi. Tsilindr shu-pining qulayligi shundaki, uni qo’llash paytida bir vaqtning o’zida xirmonning bir necha qatlamida namuna qismlarini olish mumkin, ammo bu kameralarni berkitishda donlarni kesilish hollari yuz beradi, bu esa o’z yo’lida namunada uringan donlar foizning ko’payishiga sabab bo’ladi. Konus shuplari yordamida namuna qismi olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: namuna qismi avval yuqori qatlamdan, so’ng o’rtagi va eng keyingi navbatda quyidagi qatlamdan olinadi. Avtomshinadan donning namuna qismi kuzovning to’rt nuqtasidan olinadi, buning ustiga olinish nuqtalari kuzov chekkasidan 0,5 metr uzoqlikda bo’lishi shart. Namuna qismlarini yoxud yuqori qatlam va kuzov sathiga yaqin erdan, yoxud xirmonning butun chuqurligidan (shupning tuzilishiga qarab) olinadi. Namuna qismlarining umumiy og’irligi 1 kg dan kam bo’lmasligi kerak. Namuna qismlarini erkin olish imkonini beradigan vagon-larda don ortiladi, ikki o’qli vagonlardan ularni shup bilan 5 nuqtasidan: 4 burchagidan (50-75 sm masofada) va vagonning o’rtasidan (A chizma) olinadi. Xar bir nuqtada qismlari xirmonning uch qatlamida: yuqori qatlamida 10 smgacha chuqurlikda, o’rtagi qatlamda xirmonning taxminan yarmiga yakin chuqurlikda va vagon sathidan olinadi. To’rt o’qli vagonlarda namuna qismlari don xirmoni usti-dan 11 nuqtada, ya’ni vagonning yon devorlaridan (4 nuqtadan) va 3 nuqtada vagon o’rtasidan, shuningdek, uch qatlamda olinadi (B chizma.) Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling