Aboratoriya ishi mavzu: donlarni qabul qilish qoidalari va namunalarni tanlab olish
Download 0.72 Mb.
|
1-лаборатория доншуослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm.
O’rtacha namuna ajratish. O’rtacha deb, don sifatini aniqlash uchun ajratilgan dastlabki nusxaning bir qismiga aytiladi. Agar dastlabki namuna 2 kg og’irlikda bo’lsa, ushbu namuna bir vaqtning o’zida o’rtacha namuna hisoblanadi. Agar dastlabki namunaning og’irligi 2 kg dan oshsa, unda o’rtacha namuna ajratiladi.
O’rtacha namuna ajratishni bo’lish aparatlari yordamida yoki qo’l-da amalga oshiriladi. Aralashtirish jarayoni quyidagi tarzda o’tkaziladi: yupqa yog’och taxtachani o’ng va chap qo’lda ushlab, ular bilan donni ikki qarama-qarshi tomonga engil ko’tariladi va kvadrat o’rtasiga to’kib keyin aralashtiriladi. Ushbu ishni bir necha marotaba amalga oshiriladi, natijada silindr shaklidagi uyumcha paydo bo’ladi. So’ng donni yupqa yog’och taxtachalar bilan uyumchani ikki tomondan egallab, bir vaqtning o’zida ular o’rtaga to’planadi. Shunda birinchi uyumchaga nisbatan perpendikulyar joylashgan ikkinchi uyumcha yuzaga keladi (3-rasm, o’ngda). Bunday aralashtirish 3 marotaba o’tkaziladi. 2-rasm. Namunalarni qo’lda aralashtirishda yuzaga keltirilgan don qatlamchasi Aralashtirilgandan keyin dastlabki namuna ikkinchi marta kvadrat shaklida (mayda urug’lik ekinlari uchun 1,5 sm va yirik urug’liklar uchun 5 sm dan ortiq bo’lmagan qalinlikda) taqsimlanadi va yupqa taxtacha yoki chizg’ich bilan dioganal boyicha 4 ta uchbur-chakka bo’linadi (3-rasm). So’ngra ikki qarama-qarshi uchburchaklar-dagi donlar yig’ishtiriladi, qolgan ikki uchburchakdagi donlar esa bir-biriga aralashtiriladi va yuqorida qayd etilganidek, o’sha usulda aralashtiriladi va yana 4 ta uchburchakka bo’linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi don yig’ishtirib olinadi, qolganlari yana aralashtiriladi. Bu ish ikki uchburchakdagi don og’irligi taxminan 2 kg ga etguncha davom etadi. Shunda o’rtacha namuna yuzaga keladi. 3-rasm. Diogonal bo’lish usulida namuna ajratish O’rtacha namuna laboratoriyaga kiritiladi. U ko’zdan kechiri-ladi tortiladi, rasmiylashtiriladi va tartib raqami o’tkazib qoyiladi. Keyinchalik bu raqam ushbu namunaga tegishli barcha huj-jatlarga qoyib boriladi. 4-rasmda tahlil uchun o’rtacha namuna va namuna qismlarini ajratishni tuzish sxemasi keltirilgan. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling