About the U. S. state of New Jersey


-Isbot! Isboti qani? - deb luqma tashladi ulamolardan biri


Download 0.5 Mb.
bet2/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1137655
1   2   3   4
Bog'liq
Al Forobiy va uning falsafasi 401 Sayfiddinov S

-Isbot! Isboti qani? - deb luqma tashladi ulamolardan biri.
Al-Xorazmiyning isboti tayyor edi. U devorga tirab qo’yilgan uzun va ensiz qora taxta oldiga bordi-da, oq bo’r bilan to’qqizgacha bo’lgan raqamlarni qator qilib yozib qo’ydi. Mana ko’ring: alifga o’xshag’oni - bir, kalitga o’xshag’oni ikki, beli
bukilgani uch, ana – to’rt, mana - besh va hokazo. Ammo hindlarning bu ajoyib topilmasi chala tuh’ilgan bola bo’lib qolgan.Hindlar uni takomillashtira bilmaganlar.
Olimlar e'tibor bilan tinglasalar-da, ulamolar safida shoshqaloqlik sezilib turdi. Boyagi ulamo yana savol tashladi.
- Chala tug’ilgan bolani nima uchun tavsiya qilursiz?
- Chala tug’ilg’oni birlan joni butun, ruhi baland, voyaga yetgach, pahlavon bo’ladur. Biz ani voyaga yetkazishga bel bog’ladik.Voyaga yetkazish yo’li ham topilg’on. Biz shu raqamlarni qabul qilib olib, hisob amallarini ana shu raqamlar yordami bilan hal qilish yo’lig’a o’tishimiz kerak.
Chap tomonda o’tirgan Shayxulislom boshliq ulamolar bir-birlari bilan shivirlasha boshladilar. Buni ko’rgan al-Xorazmiy gapni to’xtatib turdi, anjumanni boshqarayotgan Ma'mun ulamolarga qarab, o’z nazari bilan ularni jim qildi. Shundan keyin al-Xorazmiy gapida davom etdi:
-Hindlar to’qqizlik sanoq tartibini joriy qilsalar-da, ular eng yaxshi topildig’ning "I" raqami ahamiyatini, uning hisob amaliyotida nimalarga qodir ekanini tushunib yetmag’on erdilar. Mening hind hisobiga kiritg’on yangiligim shulki, "I" raqami
yoniga bir xalqa, ya'ni raqam qo’yib, ani "o’n" qildim - dedi-da, taxtaga bo’r bilan "10" raqamini yozib ko’rsatdi. - Mana shu o’nlik sanoq tartibi birlan katga va ko’p sonlarni jam va tarx qilish, zarb va taqsim etish oson va sodda bo’ladur.
- Ertakka o’xshaydur, - deb luqma tashladi chap tomonda o’tirganlarning yana biri.
- Sanamay sakkiz, demaylik. Avval hammasini eshitaylik! - dedi o’ng tomondagilarning biri.
- Ahmad Farg’oniy to’g’ri aytadur, gapiravering, alloma Mugammad ibn Muso! - deb Ma'mun hammani tinchitdi. Shundan so'ng al-Xorazmiy qora taxtaga to’rt xonali sonlar raqamini yozib, ularni zarb qilib, ya'ni bir-biriga ko’paytirib ko’rsatdi. Hosil bo’lgan sonlarni tarx qildi, taqsim qildi. Butunni maydalab, maydalarni yana butunga aylantirdi. Salgina oldinlab, qavs ichida aytadigan bo’lsam, o’sha vaqtda tug’ilgan o’nlik sanoq usuli sharqda "al-Xorazm" deb atalgan bo’lsa, Ovro’pada bu so’zni "Algoritm" deb atay boshladilar.
IX asr boshida al-Xorazmiy o’z kashfiyotini ilmiy, amaliy isbotlab dunyoda bebaho va buyuk kelajak fani yaratilganini namoyish qildi. Al-Xorazmiy o’z ma'ruzasini tugatar-tugatmas, olimlar uni qutlab oyoqqa turdilar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling