About the U. S. state of New Jersey


- Ofarin! - Ulug’ kashfiyot!


Download 0.5 Mb.
bet3/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1137655
1   2   3   4
Bog'liq
Al Forobiy va uning falsafasi 401 Sayfiddinov S

- Ofarin!
- Ulug’ kashfiyot!
Xalifa Ma'mun mamnunligini yashirolmay ko’zlari yonib, tabassum qildi. Uning biqinida o’tirgan vaziri a'zam al-Fazl beixtiyor o’rnidan sakrab turdi-da:
- Bugun ulug’ kashfiyot tug’ildi! Al-Xorazmiy eshiklari berk ilmi riyoziyning kalitlarini topib qo’limizg’a berdi. Hech bir arab olimi hal qilmog’on muammolarni yechib, bizni hind raqamlari birlan oshno qildilar. Endi bu raqamlarni arab raqamlari, deb aytamiz.
Bu so’zlardan keyin to’satdan go’yo bomba portlaganday bo’ldi-da, uning vahimasidan "Katta tanobiy uy" larzaga keldi.Bu larza o’ng tomondagi olqishlar, chap tomondagi nolishlarda sezilib turdi.
- Biz norozimiz! - deb qichqirdi oppoq soqoli ko’ksiga tushgan Shayxulislom. - Nega biz handasiy shakllarni qabul qilar ekanmiz? Ularning raqamlarini qabul qilish g’ayriddin hind qonini qonimizg’a qo’shg’on birlan barobardur. Al-Xorazmiy ota-bobolari majusiy bo’lg’oni uchun shunday qiladur. Niyati buzuq, ul zot arab honini ham buzmoqchi bo’ladur! Ikki beti hayajondan qizarib ketgan Qoziyul Quzzot Shayxulislom gaplarini zo’r berib quvvatlar ekan, yangi kashfi-yotga tosh ota ketdi.
- Chapaqay dinli hindlar chapdan o’ngga qarab teskari yozadurlar. Ilmi hisobi ersa alarning diniy e'tiqodi birlan chambarchasdir. Masalan, bir soni - ota, ikki soni - ikki ko’z, uch soni - agniy degan xudosining ramzidur. Biz qanday qilib, bu bid'atchi xalqning raqamlarini arabniki deb ataymiz. Yaramaydi!
Al-Xorazmiy tishini tishiga qo’yib, chidam bilan tingladi. Ammo uning yonida o’tirgan, al-Xorazmiyning barcha ishlaridan xabardor bo’lgan, ba'zan uning bu kashfiyotiga ko’maklashgan Ahmad Farg’oniy, noilmiy va dunyoviy ilmlarga, boshqa xalqlar durdonalaridan hazar qilishgacha borib yetgan gaplarga chidayolmadi-da, so’z olib, ulamolarni o’z qurollari bilan mot qiladigan dalillardan boshladi.
- Hadisi muqaddasda, - dedi u, - Ilm o’rganish musulmon er va ayollar uchun ham farz, ham qarz deyilg’on. Ilmni Chinmoching borib bo’lsa ham o’rganish buyurilg’on. Hind xalqida shunday ilm yaralg’on erkan, ani ulug’ allomamiz boyitib, arab xalqining merosig’a aylantiribdur. Bundin, avvalo arab xalqi manfaat ko’radur, qolaversa, jahon - olam foydalanadur. Umuminson mulkig’a aylanadur.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling