About the U. S. state of New Jersey


Qoziyul Quzzot Ahmad Farg’oniyga e'tiroz bildirish uchun o’rnidan turib oldi


Download 0.5 Mb.
bet4/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1137655
1   2   3   4
Bog'liq
Al Forobiy va uning falsafasi 401 Sayfiddinov S

Qoziyul Quzzot Ahmad Farg’oniyga e'tiroz bildirish uchun o’rnidan turib oldi.
- Hindlar irg’it, sihrgar, tirnoqlarini kesdirmaydigan, sigir go’shtini yemasa-da, tezagini badanlariga surtadurlar.
Raqamlarini qora taxtaga oqkesak birlan yozadurlar, arablar ham shunday qilishlari kerak bo’ladurmu?
- Mutlaqo unday ermasdur, - dedi Ahmad Farg’oniy. - har bir xalqda ham o’ziga yarasha bid'at, xurofot, yaramas odat ham bor, ammo shu birlan boshqa, a'lo xislat - munavvar fikrli insonlar yaratgan ilm-fan mavjuddir. Biz alar yaratg’on nihollarni o’stirishimiz, mevasini insonlar ila baham ko’rishg’a da'vat qiling’ondurmiz.
Al-Xorazmiy Ahmad Farg’oniyning bu dono gaplarini o’z gapiday bilib, bosh chayqab ma'qullab o’tirdi. Cho’zilib ketgan bu tortishuvga Ahmad Farg’oniyning ma'qul va maqbul gapidan keyin Ma'mun yakun yasadi.
- Har ikki tomonning gapini eshitdik. Haqiqat munozaralar orqali ochiladur. Bu joydagi munozaralarda haqiqat ochildi: biz o’z ishimizda Hadiysi muqaddasga amal qilib, har bir xalqning ilm-
fanini o’rganishimiz, bilim urug’larini bid'at-xurofot balchig’idan tozalab, aqli muslimning miyasig’a qadashimiz lozim. Shu jihatdan qarag’onda ulug’ alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning kashfiyoti buyukdur. Ani biz arabning "Hisob ilmi" deb ataydurmiz!..
Oradan sal vaqt o’tgach, Al-Xorazmiyning "Al-Jabr va muqobala" kitobi maydonga chiqdi. Uni olimlar juda yuksak baholadilar. Muxoliflar ham tek turmadilar. Ushanda Ahmad Farg’oniy uning muxoliflariga javoban, Al-Xorazmiy
noma'lum bir sonni tenglamalar orqali topish yo’lini kashf etib, uni "Al-Jabr" dedi. "Al-Jabr" bamisoli tikonli daraxt, jabrg’a chidag’on odamgina uning ustiga chiqib, mevalaridan bahramand bo’lg’ay", dedi.
Ahli ilm, ayniqsa, riyoziyotchilar dunyosi o’sha kunni "Al-Jabr"ning tug’ilgan kuni, deb biladilar.Xullas, olamshumul buyuk kashfiyot "al-Jabr" ana shunday paydo bo’lgan edi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling