Abralov, N. S. Dunyashin


-BOB. PAYVANDLASH USULLARI TASNIFI VA MOHTYATI


Download 4.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/74
Sana28.10.2023
Hajmi4.45 Mb.
#1730828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari

1-BOB. PAYVANDLASH USULLARI TASNIFI VA MOHTYATI
1.1. Payvandlashning mohiyati
Payvandlash - metallar, qotishmalar va turli materiallami plastik 
deformatsiyalash yoki birikilayotgan qismlar orasini qizdirish bilan 
atomlararo birikish natijasida ajralmas birikma hosil qiluvchi texnologik 
jarayondir.
Atomlararo kuchlar ta’siri oqibatida birikmalar hosil qilish 
jarayoniga materiallami payvandlash deyiladi. M a’lum bo‘lishicha detal 
metalining yuzadagi atomlari, erkin, to‘yinmagan aloqalari mavjud, 
bular atomlararo kuch ta ’siri masofasida bo‘lgan har xil atom va mole- 
kulalami o‘z ichiga oladi. Agar ikki metall detalni atomlararo kuch 
ta’siri masofasigacha yaqinlashtirsak, ya’ni metall ichida qanday 
masofada bo‘lishsa shungacha, unda tutashgan yuzalaming bir butun 
ulanishini ko‘ramiz. Birikish jarayoni energiya xaijisiz va o ‘z ixtiyoriy 
arfialiy jihatdan tez kechadi.
Ayrim metallar xona haroratida nafaqat oddiy tutashishda, balki 
kuchli qisishda ham birikmaydi. Qattiq metallami birikishiga uning 
qattiqligi xalaqit beradi, tutashish qismiga qanchalik ishlov berilsa ham 
ulami tutashtirishda ko‘p joylari tutashmaydi.
1.1-rasm. M etall detalni mexanik tutashishi: 
AAr
— elementar (yagona) mikrotutashuv maydoni.
6


Birikish jarayoniga metall yuzalarining kirligi qattiq ta’sir etadi -
oksidlar, y o g ii plyonkalar va boshqalar hamda gaz molekulalarining 
adsorblashgan qatlami va qanchalik uzoq vaqt toza saqlash faqat yuqori 
vakuumga bog‘liq (l-10'®mm sim. ust.).
Payvandlashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosim va 
qizdirish qo'llaniladi.
Haroratni oshirib borish bilan qizdirishda metall mayin bo‘la 
boshlaydi. Shu tarzda qizdirishni davom ettirsak metall suyuq holatga 
keladi; bu holatda suyuq metall hajmi umumiy payvandlash vannasini 
hosil qiladi.
Payvandlash davrida suyuq metall havodagi azot va kislorod bilan 
faol ta’sirlashadi, bu esa chok mustahkamligini pasaytiradi va nuqsonlar 
paydo bo‘lishiga olib keladi. Payvandlash zonasini havo muhitidan 
himoya qilish uchun hamda chok sifatini oshirish uchun, kerakli bo‘lgan 
elementlar qo‘shiladi, bu elementlar metall o‘zakning yuza qatlamiga 
maxsus moddalar, yoki kukunsimon holatida kavak o‘zak ichiga 
qoplanadi va presslanadi. Payvandlash zonasini havo muhitidan himoya 
qilish uchun, inert va faol gazlar va ulaming aralashmalari keng 
qo‘llaniladi. Shu maqsadda elektrod atrofiga zich qatlam bilan donador 
material, ya’ni flyus qoplanadi. Payvandlash jarayonida eriyotgan flyus 
yoki maxsus moddalar, shlak qatlamini hosil qiladi, bu qatlam erigan 
metalni havo muhitidan ishonchli himoya qiladi.

Download 4.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling