Abralov, N. S. Dunyashin
a —qalqib turuvchi turli (rotametr); b — rotametr PC-3; d —drossel turli
Download 4.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Injektorli (a) va injektorsiz (b) payvandlash. gorelkalarining
a —qalqib turuvchi turli (rotametr); b — rotametr PC-3; d —drossel turli;
1 — shisha quvurcha; 2 - qalqoviq; 3 — diafragma; 4 — manometrlar; 5 - shkala. Rotametr vertikal holatda keng tarafi pastga qaratilgan holda joylashtiriladi. Quvurchaning ichiga bemalol harakatlana oladigan qalqoviq (2) joylashtiriladi. Gaz quvurchadan pastdan yuqoriga qarab o ‘tayotganda, qalqoviqni shunday holatgacha ko‘taradiki, quvurcha devori va qalqoviq orasidagi halqali tirqish gaz sharrasi ta’sirida qalqoviqning massasini tenglashtiradi. Gazning sarfi va zichligi qanchalik katta bo‘lsa, shuncha yuqoriga qalqoviq ko‘tariladi. Rotametrlaming qalqoviqlari aluminiy, ebonit va po‘latdan tayyorlanadi va ular turli og‘irlikka egadirlar. Har bir rotametr o‘zining darajali shkalasiga egadir. Droselli sarfo‘lchagich (9.11-d rasm) 3 (Pi va P2) hududlarda bosim o‘zgarishlarini drosellashuvchi diafragmaning drossellashdan oldin va drosellashgandan keyin o'lchash prinsipi asosida yasalgan, bu esa gaz sarfiga bog‘liq va manometr bilan o‘lchanadi. 134 Shlanglar gazni gorelka yoki keskichga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ular bitta yoki ikkita gazlama oraqoplamli qilib rezinadan tayyorlanadi ( 6 . 6 -rasm). 9.10. Shlanglar * 9.12-rasm. tlezina shlanglar: a - mato qatlamlari bUan; b - t o ‘qilgan ip bilan. ГОСТ 9356-75 ga muvofjq shlanglaming uchta turi ishlab chiqariladi: I — atsetilen va uning o ‘mini bosuvchi gazlar (propan va boshqalar) uchun; II — suyuq yorvilg‘jiar (benzinga chidamli rezinadan) uchun; III - kislorod uchun. Shlanglar ichki diametri 6 ; 9 ; 12 va 16 mm li qilib ishlab chiqariladi. Alangas ining quw ati past bo‘lgan gorelkalar uchun ichki diametri 6 mm b o ig an shlanglar ishlatiladi. Shlanglaming tashqi qatlami bo'yalgan bo‘lishi kerak: kislorodniki havorang, atsetilenniki - qizil, suyuq yoniIg‘i uchun sariq rang. Past haroratlarda (—35°C dan past) ishlash uchun sovuqqa chidamli rezinadan tayyorlangan bo‘yalmagan shlanglardan foydalaniladi. Shlang uzunligi 2 0 m dan ortiq bolm asijgi Va kamida 4,5 m bo‘lishi kerak; uchma-uch tutashtirilgan hududlaj-jning uzunligi kamida 3 m bo‘lishi kerak; montaj ishlarini bajarishda shlang uzunligi 40 m gacha bolishiga ruxsat etiladi. Shlanglar gorelkalar nippellariga va o‘zaro maxsus xomutchalar yoki yumshatilgan sim vositasida mahkamlanadi. Shlanglar quyidagi ish bosimlariga mo‘ljallab ishlab chiqariladi: I va II turlar — 0,6 MPa gacha, III tur — ^ 5 MPa gacha. 9.11. G orelkalar Gorelkalar — bu qurilma yonuvchi gazni kislorod yoki havo bilan aralashtirish uchun va alanagani talab etilgan issiqlik quw ati, shakl va olcham larini olish uchun xizmat qiladi. 135 Yonilg'i turi bo'yicha gazsimon (atsetilen va boshq.) va suyuq (kerosin, benzin) yonilg'ilar, shuningdek, vodorod uchun mo'ljallangan gorelkalar bo'ladi. Konstruksiyasi bo'yicha gorelkalar injektorli va injektorsiz gorelkalarga bo'linadi. Payvandlash gorelkalarining massasi va o'lchamlari uncha katta bo'lmasligi kerak. Gorelkada yonilg'i va kislorodning talab etilgan nisbatda aralashuvi ta’minlanishi kerak, masalan, atsetilen gorelkalari uchun kislorod hajmining atsetilen hajmiga nisbati aralashmada 0 ,8 - 1,5 chegarasida bo'lishi kerak. Bu nisbat gorelka ishlab turganida doimiy bo'lishi va zarurat bo'lganida payvandlovchi tomonidan rostlab turilishi zarur. Gorelkalar payvandlanadigan detaining qalinligiga qarab, alanga quwatini o'zgartirishga imkon berishi kerak, bu quw at 1/soat hisobidagi yonilg'i sarfi bilan ifodalanadi. Yonilg'i aralashmasining gorelkadan chiqish tezligi uning alangalanish tezligidan ortiq bo'lishi va 50...170 m/s chegarasida ta’minlanishi zarur. Bu gorelka bir maromda ishlab turganida teskari zarblar hosil bo'lishi ehtimolining oldi olinadi. Gorelka ishlatishda xavfsiz bo'lishi kerak. Uning hamma birikmalari germetik bo'lishi, teskari zarb alangasi esa jo'mrakni berkitishda so'nishi zarur. Payvandlashda ko'pincha bitta alangali injektorli gorelkalar ishlatiladi, ular atsetilen va kislorod aralashmasida ishlaydi. Injektorli gorelkada (9.13-a rasm) yonuvchi gazni aralashtirish kamerasiga berish uning teshikdan katta tezlikda chiqayotgan kislorod oqimi bilan so'rilishi hisobiga sodir bo'ladi. 9.13-rasm. Injektorli (a) va injektorsiz (b) payvandlash. gorelkalarining Download 4.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling