Abraziv materiallari va ulardan tayyorlangan asboblar reja: Umumiy tushunchalar


Download 299.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana07.02.2023
Hajmi299.19 Kb.
#1174322
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Mavzu. Abraziv materiallari va ulardan tayyorlangan asboblar

S i l i k a t b o g` l o v ch i (S bilan belgilanadi). Uning tarkibi quyidagicha: 
chaqmoqtosh, kukuni, suyuq shisha va gil. Silikat bog`lovchi yordamida
tayyorlangan jilvirlash toshlari yumshoq, ammo g`ovak bo`ladi. Bu bog`lovchi 
asosidagi toshlar mustaxkam bo`ladi, ammo ish vaqtida notekis yeyiladi va o`z 
rasmini yo`qoladi. Bunday jilvirlash toshlari, odatda, sovituvchi suyuqliksiz 
ishalydi, ular bilan jilvirlangan yuzalar toza chiqadi, lekin bu toshlarning ish unimi 
katta emas.Ular nafis jilvirlash uchun ishlatiladi. 
M a g n ye z i a l b o g` l o v ch i. (M) magnezit bilan kalg`tsiy xlorid 
aralashmasidan iborat. Bu bog`lovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash toshlarining 


mustaxkamligi uncha katta bo`lmaydi va ular tez va notekis yeyilish oqibatida o`z 
rasmini yo`qotadi. Silikat va magnezial bog`lovchilar abraziv donalari bilan zaif 
tishlashadi va nam tahsirida puxtaligini yo`qotadi, bu bog`lovchilar yordamida 
tayyorlangan jilvirlash toshlaridan sovutish suyuqligi ishlamaydigan jilvirlashda 
foydalaniladi.
Bularning xammasi silikat va magnezial bog`lovchilardan keng foydalanishga 
imkon bermaydiyu 
V u l k a n i t b o g` l o v ch i. (V) sintetik kauchukka 25 % gacha oltingugurt 
qo`shib tayyorlanadi. Xosil qilingan massa qorishtiriladi va unga abraziv material 
aralashtiriladi. Qorishtirilgan massa tegishli qalinlikka kelguncha yoyiladi 
(jo`valanadi) va undan talab etilgan diametrli doiralar (toshlar) kesib olinadi. 
Vulkanit bog`lovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash asboblarining qattiqligi va 
elastikligi yuqori bo`ladi. Bog`lovchining bu fazilati qalinligi 0.8 mm gacha va 
diametri 150 mm bo`lgan jilvirlash toshlari tayyorlashga imkon beradi. Bu jilvirlash 
toshlari katta (75 m/sek gacha) aylana tezliklarda ishlaydi, yonbosh zarblarga xamda 
namga chidaydi. Ular qirqib tushirish ishlarida, nozik jilvirlashda va dovodkalash 
hamda jilolashda ishlatiladi.
Vulkanit bog`lovchilar yordamida tayyorlangan jilvirlash toshlarining 
kamchiligi oshunday iboratki, ularda kam g`ovak bo`ladi, bu esa tez silliqlanib 
qolishga olib keladi, bundan tashqari, ular temperaturaning ko`tarilishiga uncha 
bardosh bermaydi: 150 – 200
0
temperaturadayoq bog`lovchi yumshaydi va abraziv 
donalar bog`lovchiga botib kiradi, bu esa ko`p sovituvchi suyuqlik ishlatishni talab 
etadi.

Download 299.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling