Abraziv materiallari va ulardan tayyorlangan asboblar reja: Umumiy tushunchalar
Jilvirlash abraziv materialining qattiqligi
Download 299.19 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Mavzu. Abraziv materiallari va ulardan tayyorlangan asboblar
Jilvirlash abraziv materialining qattiqligi
Qattiqlikning belgilanishi va kategoriyasi Qattiqlikning bo`linishi M - yumshoq M1, M2, M3 SM – yumshoqligi o`rtacha SM1, SM2 S - o`rtacha S1, S2 ST - qattiqligi o`rtacha ST1, ST2, ST3 T - qattiq T1, T2 VT – juda qattiq VT1, VT2 ChT – nixoyatda qattiq ChT1, ChT2 Qanday qattiqlikdagi jilvirlash toshi ishlatish kerakligi ko`pgina faktorlarga: detalning o`lchamiga, detalning materiliga, ishlov beriladigan yuzaning talab etiladigan tozalik klassiga, jilvirlash usuliga, kesish rejimiga, jilvirlash asbobining xarakteristikasi va boshqalarga bog`liq. Sh sababli qanday qattiqlikdagi jilvirlash toshi tanlash to`g`risida umumiy tavsiyalar berish juda qiyin. Ammo quyidagini tavsiya etsa bo`ladi: Ishlov beriladigan materialning qattiqligi qancha yuqori (toblangan po`lat va boshqalar) bo`lsa, jilvirlash toshi shunchalik yumshoq bo`lishi, qattiqligi kamroq materiallar uchun esa ochiq strukturali qattiqroq toshlar ishlatiladi, chunki bunday toshlarning ish unumi katta bo`ladi, tozalab jilvirlashda esa mayda donali jilvirlash toshlaridan foydalaniladi. O l m o s l i j i l v i r l a sh t o sh l a r i mis yoki alyuminiy korpusdan tayyorlanganib, uning ustiga 1.5 -3 mm (kamdan kam xollarda, yuqori anilik talab etiladigan ishlarda 10 – 20 mm gacha) qalinlikda qilib olmos qavati qoplanadi. Olmos qavati olmos donalari (25 – 50% va undan ortiq), bog`lovchi material (bronza, bakelit, keramika va boshqalar) xamda to`ldirgichlar (donadorligi №180 dan №240 gacha bo`lgan qattiq minerallar) dan iborat bo`ladi. Olmosli jilvirlash toshlari ishlov berilgan yuzaning aniq va toza (10 – 12 aniqlik klassida) chiqishini tahminlaydi. Olmosli jilvirlash toshlari qattiq qotishmadan tayyorlangan kesuvchi asboblarni, o`lchash asboblarini, shtamplarning detallarini charxalash xamda qayrashda, qimmatbaxo toshlarni jilvirlash va jilolashda ishlatiladi. Olmosli jilvirlash toshlari xar xil rasmda – yassi, kosa nusxa, tarelka nusxa profilli qilib va boshqa rasmlarda tayyorlanadi. J i l v i r l a sh a s b o b i n i n g s t r u k t u r a s i. Jilvirlash asbobining strukturasi deganda abraziv donalar, bog`lovchi va g`ovaklarning muayyan nisbati tushiniladi. Struktura turlarining uch gruppasi mavjud bo`lib, ular 13 nomerdan iborat: № 0,1,2,3 – abraziv donalarning xajmi 56 – 62 % ni tashkil etadigan zich strukturalar: № 4,5,6 – abraziv donalarning xajmi 50 – 54% ni tashkil etadigan o`rtacha zichlikdagi struktura; № 7,8.9,10,11,12 – abraziv donalarning xajmi 38 – 48% ni tashkil etadigan ochiq strukturalar. Amalda yumshoq va qovushqoq materillarni (latung`, alyaminiy, mis, issiqbardosh po`latlar va boshqalarni) jilvirlashda g`ovakligi yuqori jilvirlash toshlari – 13 dan 18 gacha nomerli toshlar ishlatiladi, ularda mayda va yirik g`ovaklar xajmi jilvirlash toshi xajmining 70 % i tashkio etadi va g`ovaklarning ko`ngndalang o`lchami 0.3 dan 0.5 mm gacha bo`ladi. (110 - rasm). 110 –rasm. Bog`lovchisi, qattiqligi va donadorligi bir xil bo`lgan asboblarning strkturasi: a) zich; b) zichligi o`rtacha; v) ochiq; g) g`ovakligi yuqori; Abraziv donalarning joylashish tig`izligi presslash yo`li bilan jilvirlash asbobi tayyorlashda qolipga tushadigan bosim qiymatiga bog`liq. Jilvirlash toshlarida g`ovaklar to`ldirgichlar – toshko`mir, yog`och qipiqlaridan foydalanish yo`li bilan xosil qilinadi, bu to`ldirgichlar jilvirlash toshi massasini pishirishda kuyib ketadi va ularning o`rin g`ovak bo`lib qoladi. G`ovak toshlarining g`ovaklariga qirindi kam to`ladi, chunki jilvirlash asbobining ishlashi vaqtida xosil bo`ladigan markazdan qochirma kuchlar qirindini g`ovakdan chiqarib yuboradi. G`ovaklarga yutiladigan xavo xamda sovitish suyuqligi jilvirlash toshini va ishlov berilayotgan zagotovkani yaxshi sovitib turadi. Jilvirlash toshining chetdagi bian doiraviy jilvirlash, ichki jilvirlash va yassi jilvirlash ishlarida 5- 6 nomerli strukturalarni, jilvirlash toshining toretsi bilan yassi jilvirlashda 3 va 4 nomerli strukturali toshlardan foydalanish tavsiya etiladi; mo`rt materiallargi ishlov berishda zichligi o`rtacha bo`lgan strukturali toshlardan foydalanish mahqul. G`ovakligi yuqori – 10 va undan katta nomerli jilvirlash toshlari jadal jilvirlashda, shuningdek, yumshoq va qovushoq materiallarni jilvirlashda ishlatiladi. Download 299.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling