Abraziv materiallari va ulardan tayyorlangan asboblar reja: Umumiy tushunchalar
Download 299.19 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Mavzu. Abraziv materiallari va ulardan tayyorlangan asboblar
B a k ye l i t b o g` l o v ch i. (B) karbol kislota bilan formalindan sunhiy
smola – bakelit tarzida tayyorlangan. Bakelit bog`lovchili jilvirlash toshlari yetarli darajada puxta va elastik bo`ladi. Bu bog`lovchi yordamida tayyorlangan ilvirlash toshlari turli – tuman ishlar uchun,yu shuningdek, qirqib tushirishda va rasmdor yuzalar jilvirlashda ishlatiladi. Ular sovutish suyuqligisiz xam, sovitish suyuqligi ishlatib ham jilvirlashda 75 m/sek gacha tezlikda ishlashga imkon beradi. Bakelit bog`lovchili jilvirlash toshining kamchiligi shundan iboratki, 180 0 S dan yuqori temperaturagacha qiziganda ularning puxtaligi pasayadi, ishqoriy (kontsentratsiyasi 1.5 % dan optiq bo`lgan eritmalar tarzidagi) sovitish suyuqligi ularni yemiradi. Jilvirlash asbobining qattiqligi bog`lovchining ish vaqtida kesish kuchi tahsiri ostida abraziv donalarning uvalanishidan saqlab tura olish xususiyati bilan xarakterlanadi. Jilvirlash asbobining qattiqligi abraziv material donalarining qattiligiga emas, balki bog`lovchi moddaga bog`liqdir. Jilvirlash asbobining normal ishlashi uchun bog`lovchi modda abraziv donalari o`tmaslashib borgan sari ularning asbob yuzasidan uzilib ketishiga va o`tkir kesuvchi asbob yuzasidan uzilib ketishi va o`tkir kesuvchi donalar yangi qavatlarining ochilishiga qarshilik qilmasligi kerak. Jilvirlash toshining bunday yangilanib turishi asbobning o`z – o`zidan charxlanuvchanligi deb ataladi. Bog`lovchi yumshoq bo`lsa, abraziv donalar oson ajralib ketadi va jilvirlash asbobi, notekis yeyilish sababli, o`z rasmini yo`qotadi, natijada uni tez –tez qayrab turish kerak bo`ladi. Bog`lovchi qattiq bo`lganda o`tmaslashib qolgan abraziv donalar ko`chib tushmaydi, jilvirlash toshining yuzasi tekislanadi, g`ovaklari maydalangan material va qirindi bilan berkiladi, buning oqibatida jilvirlash asbobi silliqlalnib qoladi. Bu esa issiqlik xosil bo`lishiga olib keladi va ishlov berilayotgan yuzaning kuyishiga sabab bo`ladi. 60 – jadvalda abraziv materialning qattiqlik shkalasi keltirilgan. Bu jadvalda shartli belgilardagi (xarflarning o`ng tomonidagi ) 1,2,3 raqamlar qattiqlikning ortib borishini ko`rsatadi. Abraziv asbobning qattiqligi shar botirish, qum purkash va chuqurcha parmalash yo`li bilan aniqlanadi. 17 – jadval Download 299.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling