Abslyut nol harorat
Butun olam tortishish qonuni
Download 358 Kb.
|
7.голасарий2019-2020й.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diffuziya
- Energiyaning saqlanishqonuni
- Erkin tebranishlar
- Fazoning izotropligi
- Fizik kattalik
Butun olam tortishish qonuni. Ikkita istalgan moddiy nuqta bir-birini massalarining ko’paytmasiga to’g’ri va orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional kuch bilan tortishishadi.
Dalton qonuni. Ideal gaz aralashmasining bosimi aralashmaga kiruvchi gazlar partsial bosimlarining yig’indisiga teng bo’ladi. Deformatsiya -qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida o’z shakli va o’lchamlarini o’zgartirishi. Diffuziya-bir modda molekulalarining o’z-o’zidan ikkinchi modda ichiga kirib ketish hodisasi. Dinamika-jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga keltiruvchi va uzgartiruvchi sabablar bilan birgalikda urganadigan bo’lim. Dopler effekti. To’lqinlar manbai vaqabulqiluvchining bir-biriga nisbatan harakatlanishi natijasida qabulqilinayotgan to’lqinlar chastotasining o’zgarishi. Elastik to’lqinlar deb elastik, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon muhitda tarqaladigan mexanik g’alayonlanishlarga aytiladi. Elastik to’lqinlar bo’ylanma va ko’ndalang bo’lishi mumkin. Energiyaning saqlanishqonuni. Energiya hechqachon yo’qolmaydi ham, paydo ham bulmaydi, ufaqat bir turdan boshqasiga aylanishi mumkin.Yopiq sistemada to’la energiya saqlanadi. Energiya–turli shakldagi harakatlar vao’zaro ta’sirlarning universal o’lchovidir. Materiya harakatining shakliga qarab energiya ham turlicha bo’ladi. Erkin tebranishlar deb sistemaga tashqi kuchlar tomonidan berilgan dastlabki energiya hisobiga vujudga kelib so’ngra sistemaga boshqa ta’sir bo’lmaganda ham davom etadigan tebranishlarga aytiladi. Erkin tushish deb jismlarning faqatgina og’irlik kuchi ta’sirida buladigan harakatiga aytiladi. Erkin tushish tezlanishi hamma jismlar uchun bir xil. Yer tortish maydoni uchun uning qiymati 9,81 m / s2 Fazoning izotropligi-uning barcha yunalishlarining teng kuchliligi.Boshqacha aytganda fizik jarayonning ro’y berishi tajriba fazoning qaysi yunalishida utkazilishidan qat’iy nazar bir xilda kechadi.Harakat miqdori momentining (impuls momentining) saqlanishqonuni fazoning izotropligining natijasidir. Fizik kattalik deb- miqdorjihatdan har bir fizik ob’ekt uchun xususiy, lekin sifat jihatdan ko’plab ob’ektlar uchun umumiy bo’lganva bu ob’ektlarning biror xossasini ifodalovchi kattalikka aytiladi. Download 358 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling