Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Emotsiyalar. Normadagi va patalogiyadagi emotsiyalar
Download 5.75 Mb.
|
мажмуа Биоэтика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy emotsiyalar turlari.
3.Emotsiyalar. Normadagi va patalogiyadagi emotsiyalar.
«Emotsiya» degan termin lotincha emovere- to‘lqinlantirmoq degan so‘zdan kelib chiqqan. Emotsiyalar psixik jarayonlarning eng muxim tomonlaridan biri bo‘lib, kishining voqelikni boshdan kechirishi, uning tevarak – atrofdagilarga va o‘z-o‘ziga munosabati bilan xarakterlanadi. Ular psixik va somatik jarayonlarni tartibga solishda katta axamiyatga ega bo‘ladi. Bizning emotsiyalarimiz va xis-tuyg‘ularimiz shunday nozik indikator, xulq-atvor sababchisidirki, ular qo‘zg‘atuvchining faoliyat uchun (emotsiyalar) yoki shaxs bilan jamiyatning o‘zaro munosabatlari uchun (xis-tuyg‘ular) foydalilik darajasini ko‘rsatib beradi. Bunda insonning idrok qilinuvchi narsaga munosabatlarining turli formalari yoqimli va yoqimsiz narsalar qutblari o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Emotsiyalarsiz oliy nerv faoliyati bo‘lishi mumkin emas. Emotsiyalar xayvonlarda xam bo‘ladi, lekin xis-tuyg‘ular, ayniqsa, yuqori xis-tuyg‘ular faqat insonga xosdir. Bunday xis-tuyg‘ularga faqat shunday emotsiyalar kiradiki, ular intellektuallashgan bo‘lib, ikkinchi signal sistemasi ishining strukturasiga kirishi bilan belgilanadi. Emotsiyalar faoliyat, xis-tuyg‘ularning sifat darajasiga qarab umuman shaxsning xususiyatlari, uning oliy extiyojlari namoyon bo‘ladi. Asosiy emotsiyalar turlari. Bemor bilan muloqotga kirishishda uning emotsional xolatini aniqlash muloqot shaklini va turini aniqlash uchun muxim o’rin egallaydi.Barca emotsiyalarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
Emotsiyalarning organizm faoliyatidagi fiziologik roli benixoya kattadir. Emotsiyalar organizmni biror faoliyatiga tayyorlashda ishtirok etadi. Xayvonlarda emotsiyalarning funksiyasi faqat baxolovchi – bir butun funksiya bo‘lib, xarakat qilishga undovchi faoliyat bilan bevosita bog‘liqdir. Oliy xayvonlarda emotsiyalar yuksak darajada tabaqalashuv va murakkablikka erishishi xamda ularga tashqi va ichki muxitning organizmga xar qanday ta'sirini baxolash va adekvat reaksiya uyg‘otishni ta'minlaydi. Download 5.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling