Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Meditsina xodimining bemorni turli emotsional xolatlaridagi taktikasi
Download 5.75 Mb.
|
мажмуа Биоэтика
Meditsina xodimining bemorni turli emotsional xolatlaridagi taktikasi.
Bemorlarning depressiv xolatidan xamisha xavotirlanish kerak. Chunki bunda bemorlar, ko‘pincha, atrofdagilar va xodimlar uchun butunlay kutilmagan xolda suitsidal yoki boshqa xavfli xatti xarakatlar qiladilar. Aniq ifodalangan depressiya xolati mavjud bo‘lsa xam bemor sira o‘zining yashashini istamasligini aytmaydi, chunki bu xol uni psixiatriya kasalxonasiga olib kelishini biladi. Ma'yus kayfiyat, yolg‘izlikka intilish xarakatning tormozlanishi meditsina xodimini tashvishlantirishi lozim. Bunday be'mor uning e'tiboridan chetda qolmasligi lozim. Emotsional o‘zgaruvchan be'morlar extiyotlik bilan g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladilar, chunki xodimlarning keskin oxangda gapirishi va qovog‘i soliq xolda yurishi tashvishli kechinmalarni vujudga keltiradi. Yaxshi shirin so‘z va tabassum ba'zan ular uchun doridan xam muximroqdir. Ma’lumki disforiya qisqa muddatli bo‘ladi. Agar bemor disforik jazava xolatida bo‘lsa iloji boricha uni tinchlantirish kerak. Emotsiyalar va xis tuyg‘ularni tekshirish. Bemorni ko‘zdan kechirayotganda uning mimikasiga, xolatiga atrofdagi bemorlar va xodimlar bilan muomala qilish usuliga e'tibor qilish kerak. Depressiyaning obektiv belgilari midriaz, spastik qabziyat, menstruatsiyaning yo‘qligi, lab va til shilliq pardalarining quruq bo‘lishi. Be'mor va uning qarindoshlari bilan suxbatlashish ko‘p qo‘shimcha ma'lumotlar beradi. Nazorat savollari: Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati tibbiyot xodimi ish faoliyatiga, diagnostika va muolaja jarayoniga qanday ta’sir etishi mumkin? Pasientlar xarakteri qanday turlarini bilasiz? Pasientlarni xar hil xarakteriga muloqot qanday bo’lishi kerak? Temperament nima? Temperament turlarini ta’riflang. Eyforiya qanday xolat? Depressiyaga tushgan bemorlar belgilari. Emotsiya nima? Qanday emotsional xolatlarni bilasiz? Tibbiyot xodimini passientning turli emotsional xolatida muloqotning qaysi modelidan foydalanishi maqsadga muvofiq? Download 5.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling