Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ogiz boshligi azolari xastaliklari klinik belgilari tashxislash va davolashda abu ali ibn sino qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TISHLARNING KOVAKLANISHI VA YEYILISHI
- TISHLARNING UVALANISHI VA SINISHI
- TISH RANGINING O’ZGARISHI
- TISHLARNING O’SIB CHIQISHINI OSONLASHTIRISH
- TISHLARNI SUG’URIB OLISH TADBIRI
- TISH MILKINING SHISHLARI
- TISH MILKINING YARALARI, YEYILISHI VA OQMA YARALAR
QIMIRLAYDIGAN TISH Goho tish yiqilish yoki urilish kabi tashqi sabab bilan qimirlaydi, goho tishni mahkam tutib turuvchi asabni bo’shashtiradigan rutubat sababli qimirlab qoladi, lekin tish to’laligicha qoladi va mo’rt bo’lmaydi. Goho tish o’sib chiqadigan joylarning yeyilishi sababli qimirlaydi. Yeyilish o’sha joylarni kengaytirib qo’yadi va tishni kichraytirib xipcha qilib qo’yadi. Yoki tish darz bo’lgan bo’laklarning sinib tushishi sababli qimirlaydi. Goho qimirlash quruq mizojlilikning zo’rayishi sababli bo’ladigan tish ozishidan bo’ladi. Masalan, shunday hol kasallikdan turgan kishilarda, keksalarda, ketma-ket och qolgan va ovqat yetishmagan kishilarda yuz beradi. Goho milk etlarining yetishmasligi sababli bo’ladi. Davolash. chaynashdan saqlanish, kam so’zlash, o’sha tishlarga qo’l va tilni tegiza bermaslik kerak. Umuman chaynaladigan narsalarni mumkin bo’lganicha qo’yib turib, ichiladiganlariga o’tish kerak. Agar qimirlashga tishning yeyilishi sabab bo’lsa, yeyilishga qarshi davo qilinadi: burishtirib mahkam qiluvchi og’iz chayiladigan, ishqalanadigan va boshqa xil tish dorilari ishlatiladi. Agar qimirlashga tishning ozg’inligi sabab bo’lsa, ovqatlar bilan chora qilinadi. Biroq buni davolash qiyin. Keyin tishni qo’llovchi dorilardan yopishtiriladigan, ishqalanadigan va gul yog’i, tol yog’i va ituzum bargining shirasi kabi quloqqa tomiziladiganlari bilan, hatto burishtiruvchilari bilan davolanadi. Tish oriqlagan bo’lsa, ovqatlarning ta'siri bo’lmaydi ular tishlarni tezlik bilan semirtira olmaydi.Shu paytda burishtiruvchi sovuqlik narsalar bilan davolash kerak. Tish qimirlashi urilishdan paydo bo’lganda ham shunday tadbir qilinadi.Tish bo’shashtiruvchi rutubatdan qimirlasa, burishtirib qizdiruvchi dorilar bilan davolash kerak. Masalan, kunor va sarv daraxtining bargi qaynatilgan suv, yoki
achchiqtosh uning yarmisiga tuz solib qaynatilgan mayiz sharobi, yoki Eron qavragi qaynatilgan suv bilan og’iz chayqaladi. Yopishtiriladigan dorilardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: ikki dirham achchiqtosh va bir dirham tuzni tishning tagiga yopishtiriladi. Yoki zaytun yog’i bilan birga mis to’polini, yana chuchukmiya va sarv po’stining har biridan to’rt dirham va achchiqtoshdan bir bo’lak olib yopishtiriladi. Yoki yulg’un daraxtining kuli va tuzdan barobar bo’lakni, yoki tog’ echkisining kuygan shoxi, asal bilan qorib kuydirilgan tuz va kuydirilgan xurmoning har biridan o’n dirham, murr, za'faron, sunbul va mastakining har biridan ikki bo’lak; quruq gazago’t, tatim va anor gulining har biridan uch bo’lak olib, shu tarkibdan tishga ishqalanadigan va yopishtiriladigan dorilar tayyorlanadi. Shuningdek sabr, sariq zok va to’pol bilan aralashtirilgan burishtiruvchi narsalar ham ishlatiladi. To’poloq gul, xushbo’y sunbul, andaron tuzi, yulg’un bujuri va tog’ echkisi shoxining kuydirilganidan barobar bo’laklar olib tayyorlangan murakkab dori ham shu xil tishlarning qimirlashiga va boshqa kasalliklarga qarshi foyda qiladi. Milk etining yetishmasligi sababli bo’ladigan tish qimirlashi uchun Yaman achchiqtoshi, kuydirilgan ud cho’pi, to’poloq, anor guli va tatimdan dori qilib ishqalanadi. TISHLARNING KOVAKLANISHI VA YEYILISHI Bularning hammasi ham tishlarda sasib qoladigan yomon rutubatdan paydo bo’ladi.
Bu esa tishning buzilgan qismini tozalash bilan va yeyilishga olib keladigan moddani tarqatish bilan bo’ladi. Tishning o’sha moddalarni qabul qilishiga to’sqinlik qilish va zarur bo’lsa, o’sha moddalarni bo’shatuvchi dorilar bilan tishlardan ketkazish lozim. Qurituvchi dorilar yeyilishga to’sqinlik qiladigan dorilardir. Yeyilish kuchli bo’lsa quritishi va isitishi kuchli bo’lgan dori kerak bo’ladi. Kuchsiz bo’lsa, mirta, huzaz va Rum sunbuli kabi quritish va burishtirish xossasiga ega bo’lgan dorilar bilan kifoyalanadi. Bularni yuqorida bayon qilingan hamma usulda ham ishlatiladi. Biroq ko’pincha tishning kovagiga tiqiladigan dorilar shaklida ishlatiladi. Omila shirasi va to’poloqni tiqib qo’yish shular jumlasidandir. Yoki omila shirasining o’zini mushk bilan qo’shib tiqilsa ham yeyilishga to’sqinlik qiladi va og’riqni to’xtatadi. Tishning kovagiga yana to’poloq bilan mastaki, murr va may'a yelimini qo’shib yoki huzaz bilan mozini, afyun bilan may'a yelimini yoki sariq oltingugurt va huzaz bilan gal'ban yelimini, yoki murch bilan saqichni, yoki yalpiz bilan omila shirasini, yoki yanchib sirka va asal bilan qorilgan sedanani, yoki oltingugurtni, buni ham tiqiladi ham surtiladi, yoki asal va sirka bilan qaynatilgan zanjabilni, bu nihoyatda foydali yoki qatron bilan anguzani, yoki darmana bilan anguzani, yoki anguzaningo’zini, uning oqib tarqalmasligi uchun mum qo’shib qaynatiladi; bu tish og’rig`ini qoldirishda kuchli,anbarning o’zini yoki uni dorilar bilan qo’shib yoki zok bilan huzazni tiqiladi. Kofurni tiqib sinalganda, g’oyat darajada foydali bo’ladi, yeyilishning ko’payishiga to’sqinlik qiladi va tish og’rig`ini to’xtatadi. Yana tish og’rig`i bobida aytilib o’tgan dorilardan ham foydalanish kerak.Tishlarning yeyilishida goho qunduz qiri, nazla o’ti, afyun va gal'ban yelimidan barobar bo’laklar olib, yoki asal, murch va hil, yo asal, nazla o’ti va murr yoki asal bilan saqich daraxtining urug’i yoki ustiga qaynatilgan sirka quyilgan toza tuproq, kaltakesak jigari, o’ziga barobar huzaz bilan qo’shilgan o’ldirilmagan oltingugurt yoki yattu' suti bilan qo’shilgan murch, nazla o’ti bilan qo’shilgan buraq, mingdevona urug’i bilan qo’shilgan gal'ban yelimi va afyun bilan qo’shilgan may'a yelimini surtiladigan dori qilib ishlatiladi. Tishlarning yeyilishiga qarshi yaxshi dorining tarkibi: buraq va mingdevona har biridan ikki bo’lak, nazla o’ti va murchning har biridan bir bo’lak va afyundan uch bo’lak olib, tishning yeyilgan kovak joyiga qo’yiladi. Yana bir tarkib: anor dumi, murch va archa bujurining har biridan bir bo’lak, tog’ mayizi, qichitqio’t va afyunning har biridan yarim bo’lak olib ishlatiladi. Goho tiqiladigan va surtiladigan dorilarni birgalikda ishlatiladi. Goho kovak tishga kuchli falfandiyun, yo savrinjon, yoki ohakdan ikki bo’lak, navshadil, achchiqtosh, murr, mozi, arab akatsiyasi shirasi va gulsapsar ildizidan bir bo’lakdan, kuydirilgan arpa va dengiz ko’pigidan iborat murakkab dori qo’yiladi. Ba'zan o’sha tarkibga gal'ban yelimi qo’shiladi. Og’izga olib turiladigan og’iz chayiladigan dorilarning juda foydalilaridan biri kovulni sirka bilan to sirkaning yarmi ketgunicha qaynatilib, og’izga olib turishdir. Goho yeyilgan joyning o’ziga tomiziladigan dorilar ishlatiladi, masalan, zaytun yog’ida qaynatib eritilgan zirnixni yeyilgan joylarga tomiziladi. Og’izning yeyilgan tish tomoniga bodom yog’ini tomizilsa ham foyda qiladi. TISHLARNING UVALANISHI VA SINISHI Ko’pincha bunga tish mizojining ho’lga aylanishi sabab bo’ladi.Tish mizoji goho juda quruq bo’lib ham qoladi. Ularning orasidagi ayirma tishning ozg’inligi yoki buning aksincha bo’lishligidir. Agar tishda rang o’zgarganlik yoki yeyilganlik belgisi bo’lsa, bu narsa moddali ho’l mizojga dalolat qiladi.
burishtiruvchi dorilarni ishlatib, moddaga to’sqinlik qilish va tishni kuchaytirish bilan davolanadi. Achchiqtoshning bu bilan kuchli ta'siri bor. Agar dorilarning burishtirish
bilan birga isituvchi bo’lishi kerak bo’lsa, asal bilan qorilgan qora xarbaqdan foydaliroq narsa yo’q. Agar tishning uvalanishi va sinishi mizoj quruqligidan bo’lsa ,unga yuqorida aytilgan quruq mizojga qilinadigan choralarni qo’llash lozim. TISH RANGINING O’ZGARISHI Bu narsa goho tish ustidagi emal rangining o’zgarishi sababli bo’lib, tishda chirk paydo bo’ladi va u ba'zan tishlar tagida toshga aylanadi va uni ko’chirish qiyin bo’ladi. Tish rangining o’zgarishi goho yomon modda sababli bo’ladi, u modda tishning moddasiga o’tib o’zgaradi va tish rangini buzib tutun va shunga o’xshash narsaning rangiga aylantiradi, lekin chirk bo’lmaydi. Davolash. Birinchi holda tishni yaltiratuvchi va tozalovchi dorilar bilan, masalan: dengiz ko’pigi, tuz, yanchilgan indov, sadaf kuli, qamish ildizining kuli, yumaloq aristoloxiya, kuydirilgan arpa va yendaron tuzidan barobar bo’laklar olib tayyorlangan tarkib bilan davolanadi. Yoki kuydirilgan bo’yimodarondan bir bo’lak, murchdan bir bo’lak, amomdan uch bo’lak, sodajdan ikki bo’lak va kuydirilgan gipsdan o’n bo’lak olib, yanchib ishlatiladi. Agar tish rangining o’zgarishi haddan tashqari bo’lsa, asalga qorilgan zangor bilan tozalanadi. Chin sopolining yoki shishaning yanchilgani, yoki mas, huquniyoning, yo qayroqtoshning, yo olmos toshining yanchilgani tishni darhol oqartiruvchi narsalardan sanaladi. Tish rangining ikkinchi xil o’zgarishini esa moddani eritib chiqaruvchi hamda tishni yaltiratuvchi dorilar bilan davolanadi. Masalan, murch, bog’ yalpizi, qust, yumaloq aristoloxiya va anguzani yuqorida aytilgan tozalovchi dorilar bilan aralashtirib ishlatiladi. Yana biz bu bobdan ilgari bayon qilgan tish dorilari ham ishlatiladi. Yaxshi tish dorilaridan biri mana bu: bir bo’lak aristoloxiya ildizi, ikki bo’lak kuydirilgan tog’ echkisi shoxi, uch bo’lak mastaki va besh bo’lak gul yog’ini qo’shib yanchib ishlatiladi. Yana boshqa dori: jilvirtosh, qovurilgan tuz va gulsapsarning har biridan to’rt bo’lak, to’poloqdan besh bo’lak, sunbuldan bir bo’lak va murchdan olti bo’lakni olib yanchib ishlatiladi. Yana boshqa dori: cho’g’dek qilib kuydirilgan tuzdan uch bo’lak, sodajdan ikki bo’lak, sunbuldan bir bo’lak; yana sadaf kulidan to’rt bo’lak, quruq guldan besh bo’lak,to’poloqdan uch bo’lak va qora chayir gulidan bir bo’lak olib ishlatiladi.
Goho bolalarda tish chiqishi qiyinlashib bundan ular alam tortadilar. Ba'zan tish chiqishdan ich ketishi paydo bo’ladi. Qoringa surtiladigan dorilar bilan ichni mo’tadil qilish va ichni boylaydigan shiralarni ichirish kerak. Turli yog’larni, miya mag’zlarini, ayniqsa quyonni qaynatib, keyin olingan miyasini, xina, sariyog’ va sapsar yog’ini ishqalab surish tish chiqishini osonlashtiradigan narsalardan sanaladi. Itning suti o’z xususiyati bilan bunga katta foyda qiladi, deydilar. Tish chiqishida og’riq zo’raysa, ituzumning shirasini qizdirilgan gul yog’i bilan qo’shib milkka surtiladi. Biron daraja bo’lsa ham qattiqlikka ega bo’lgan narsani chaynashga qo’ymaslik kerak, balki doya tish chiqish og’rig’i boshlanayotgan paytda barmog’ini bolaning og’ziga kirgizib, milkini qattiq ishqashi kerak, shunda milkdan rutubat oqib ketadi. Keyin eslatib o’tilgan dorilar surtiladi. Tishlar bir oz ko’ringach yungni iliq yog`ga botirib boshga, bo’yinga va ikkala jag’ga qo’yib bog’lash kerak. Yana qulog’iga ham yog’ tomiziladi.
Goho og’riq tish hech bir davoni qabul qilmaydigan bo’lib qoladi yoki unga azob berib turgan ofat to’xtasa, u yana tezda qaytib kela beradi. Keyin og’riq tishning qo’shniligi boshqa tishlar uchun zararli bo’lib, o’zidagi kasallikni ularga o’tkazadi, oxir tuzatish yo’li qolmaydi. Shunda uning iloji sug’urib tashlashdir. Tishni goho, uning ildizini o’rab turgan etni ajratgandan keyin, ombur bilan olinadi. Tishni sug’urishdan ilgari kasallik uning o’zidami ekanligini qarash kerak. O’zida bo’lmasa, sug’urish kerak emas, uni sug’urilmasin. U paytda sabab tish milkida yo tish tagidagi asabda bo’ladi. Bunda sug’urib tashlash og’riqni yengillatsa ham uni yo’q qilib yubormaydi, balki og’riq yana qaytadi. Og’riq yengillashining sababi o’sha ondayoq moddaning tarqalishi va dorining og’riq joyga yetib borishidir. Qimirlamaydigan tishni sug’urishda ko’p vaqt xavf-xatar bor: ko’pincha jag’ni ochib qo’yadi, uning moddasini buzadi va qattiq. Og’riq qo’zg’atadi. Ba'zan bu narsa ko’z og’rishini qo’zg’atadi va isitma chiqaradi. Tishning sug’urilishi qiyinligini va uni bemor ko’tara olmasligini bilsang, tishni qattiq qimirlatishing to’g’ri emas. Bunday
qilish og’riqni ko’paytiradi. Ba'zi vaqtlarda shunday bo’ladiki, sabab tishda bo’lmaydi va uni qimirlatilgach, uning tagidagi modda tarqalib og’riq to’xtaydi. Goho tishni dorilar orqali qo’porib tushiriladi. Eng to’g’risi tishning tevaragini nishtar bilan ochib, unga dori ishlatishdir. U dorilardan biri: tut ildizining po’sti va nazla o’ti olinadi va o’tkir sirka bilan oftobda asaldek bo’lgunicha ezib, keyin kunda uch marta tishning ildiziga surtiladi. Yoki nazla o’tini ezib, sirkaga solib qirq kun quyoshga qo’yiladi, keyin tevaragi ochilgan tishga tomizib, bir soat yoki ikki soat qo’yiladi va o’sha paytda sog’ tishlarga mum qoplanadi. Keyin tishni tortib, sug’urib olinadi. Yoki nazla o’ti o’rniga yovvoyi bodring ildizini qo’yiladi, yoki sirka bilan qo’shilgan zirnix surtiladi, bu tish ildizini bo’shashtiradi yoki qichitqio’t urug’i va gal'ban yelimidan barobar miqdorda olib, yoki qichitqio’t urug’ini va bunga ikki barobar kundur yelimini olib qoziqtish tagiga qo’yiladi. Ba'zan uni anjir bargi bilan qaynatib ishlatilsa ham tishni bo’shashtiradi va osonlik bilan qo’porib tushiradi. Bu to’g’rida sirka loyqasining o’zi ajoyib xususiyatga egadir. Yoki tut po’stini, kovul po’stini, sariq zirnixni, nazla o’ti, zarchava, Abu Jahl tarvuzi ildizi va yelimli suto’tni olib, ukrop suvi yoki o’tkir sirka bilan qorib, uch kun o’z holiga qo’yiladi, keyin surtiladi. Yoki zarchava va tut ildizining har biridan bir bo’lak, sariq zirnixdan ikki bo’lak olib, asal bilan qorilsa va qoziq tishning tevaragiga bir muddat qo’yilsa, uni qo’porib tushiradi. Yoki bo’yimodaron va yattu' sutidan bir bo’lakdan, yattu' ildizidan ikki bo’lak olib tishga qo’yiladi. Agar tish kuchsiz bo’lsa, mumni asal bilan quyoshda eriting, keyin unga zaytun yog’i tomizib bemorni o’sha tarkibni chaynashga buyuriladi. Yeyilgan kovak tishni uvalantirish - bu tishni og’riqsiz olish kabidir Daraxt qurbaqasining yog’i ham tishni ajratuvchi va uvalantiruvchidir. Daraxt qurbaqasi o’simlik va daraxtlarda yashaydigan va daraxtdan sakraydigan ko’k cho’l qurbaqadir.
Mingdevona urug’i bilan gandano urug’idan to’rt dirhamdan va piyoz urug’idan ikki yarim dirham olib, yanchib, taka charvisi bilan qoriladi va har biri dirham vaznicha keladigan hab dori qilinadi, keyin kallasini berkitib turib, qurt tushgan tishni voronka orqali bir dona hab dori bilan tutatiladi.
Tishlarning uyquda g’ijirlashi yuqori va quyi jag’lar mushagining kuchsizligidan bo’lib, go’yo u mushakning tirishishidan iboratdir. Tishlarning g’ijirlashi ko’pincha bolalarda paydo bo’lib, ular balog’atga yetgach yo’qoladi. Uyquda tishlarning tovushi va g’ijirlay berishi ko’paysa, sakta, yoki tutqanoq, yoki tirishish kasalliklaridan darak beradi yoki qorinda gijjalar borligiga dalolat qiladi. Gijjalardan bo’ladigani goho bo’lib, goho bo’lmay turadi. Uyqusida tishini g’ijirlatishga mubtalo bo’lgan kishining boshini moddadan tozalash, bo’yniga burishtirish xususiyati bo’lgan issiq va xushbo’y yog’larni surtish bilan davolanadi.
Qamashish bir turli uvishish bo’lib, dag’allashtiruvchi narsa sababli yuz beradi. U narsa yo burishtiruvchi nordon yoki taxir bo’ladi. Goho qamashish tishga sirtdan kelib uchragan narsa yoki qustiruvchi narsa sababli paydo bo’ladi. Goho me'dada nordon xilt bo’lsa, uning me'dadan ko’tarilib chiqishidan ham bo’ladi. Goho juda nordon narsani bemalol chaynayotgan kishini ko’rilgandagi tasavvur natijasida ham tish qamashadi.
tog’ rayhonini, yoki semizo’tning yanchilgan urug’ini suv bilan ho’llab, yo saqich, yo bodom, yo muskat yong’og’ini, ayniqsa hind yong’og’ini, yoki funduqni chaynaladi. yoki yetilmagan zaytun yog’ini, yoki mis idishga solib quyoshda yoki olovda asal bilan asaldek qilib quyultirilgan zaytun yog’ining quyqasini tishga ishqalanadi. Yoki eshak sutini va iliq yog’ bilan og’iz chayish, yoki sharob xumining chirki, yo dafna daraxtining doni, uzunchoq aristoloxiya, anguza, yattu'shkt suti va dengiz piyozini ishlatish ham foydali. Tuz nordonlikka qarshiligi sababli tish qamashganida juda foyda qiladi.
Tish milkida ko’pincha boshdan unga tushayotgan modda sababli shishlar paydo bo’ladi, bular goho me'daning hamkorligi bilan ham bo’ladi. Goho istisqo kasalining boshlanishida va su' ulqunya kasalining paydo bo’lishida milklarga buzuq bug’larning ko’tarilishi sababli tish milkida shishlar vujudga keladi. Moddaning qaysi jinsdan ekaniga milkning rangi va tegib sezilishi dalolat qiladi. Shishlarning ba'zisi aniq ko’rinib turuvchi va sirtga yaqin bo’lib, davolashni tez qabul qiladi.Ba'zisi chuqur va sirtdan uzoqlikda bo’lib, davolashni sustlik bilan qabul qiladi. Goho shish isitmali bo’ladi.
chahorrag tomiridan qon olinadi. Dastlabki paytida sovutuvchi va burishtirish quvvatiga ega bo’lgan og’iz chayiladigan dorilar bilan, masalan: gul suvi, qatiq, mirta suvi, burishtiruvchi sovuqlik o’simliklar barglarining suvlari, anor gulining qaynatmasi, bargizub suvi, dub yog’ochi ivitilgan suv va semizo’t shirasi bilan davolanadi. Undan keyin yetilmagan zaytun yog’i va mastaki daraxtining yog’i bilan hamda har uqiyasiga uch dirham mastaki solingan mirta yog’i bilan, yoki sunbul,
quruq gul va mastaki solib qaynatilgan gul yog’i bilan og’iz chayiladi. Mastaki daraxti yog’ining, ayniqsa yangisining, tish milki shishlarining og’riqlarini to’xtatishda ajoyib quvvati bor. Bu yog’ shishlarni ketkazadi va milkni dag’al qilmaydi. U ayniqsa og’riq vaqtida yaxshi foyda qiladi. Undan keyin qo’l gulsapsar ildizining shirasi kabi dorilar ishlatiladi, u qonni oqizib og’riqni tinchitadi. Yoki zaytun bargining shirasi, yo uzum sharobi quyqasi, yo gazago’t shirasi, yoki saqich daraxti urug’ining o’z bargi bilan qo’shib suvda qaynatilgan yog’i, yoki uzunchoq aristoloxiya qaynatmasi ishlatiladi. Agar issiq shish chuqur o’rnashgan bo’lib, borulis deb ataladigan va dorilar bilan tarqalmaydigan, balki yiring oladigan shish bo’lsa ko’pincha tig’ ishlatishga to’g’ri keladi. Ba'zan u shishning moddasi yangi et undirishga olib keladi. Issiq shish yiringlasa, unga bir necha kungacha zangor va mozi, yoki sirka bilan ezilgan mis to’poli, yoki suriy deb ataladigan qizil zokning kuydirilganini mozi bilan qo’shib ishlatiladi. Tish milki doimo ko’pchib, shishib tuzalmasa, dog’lash lozim bo’ladi. Dog’lashning eng yaxshisi qaynayotgan zaytun yog’ini surma cho’piga o’ralgan yungga shimdirib olib, to milk puchayib oqargunicha bir necha marta ishlatishdir. Agar tish milkining shishi ortiqcha rutubatdan bo’lsa, dastlab issiqlik yog’lar,asal, zaytun yog’i va qaynatib quyultirilgan meva shiralari bilan og’iz chayiladi. Keyin ko’p marta eslatib o’tilgan shimdiruvchi dorilar ishlatiladi.
Bunga kuydirib sirka bilan o’chirilgan achchiqtoshga ikki barobar osh tuzi, bir yarim barobar qizil zokni qo’shib sepilsa, foyda qiladi. Shunga o’xshash tarvix deb ataladigan baliqning tuzlanganini cho’g’ga aylangunicha kuydirib, kulidan bir bo’lak, quritilgan guldan ikki bo’lak, shuningdek mirta va kuydirilgan yasmiqning har biridan bir bo’lak, tatim va qizil zokdan ikki bo’lak, qora chayir gulidan uch bo’lak olib aralashtirib ishlatiladi.
Milk yaralarning ba'zisi moddasiz toza, ba'zisi sasishini boshlagan va ba'zisi o’yilishga tutingan bo’ladi.
bo’ladi. Buzilishni boshlaganini esa archa bujuri va temirtikan kabi dorilar bilan davolash kerak. Foyda qilsa juda yaxshi, foyda qilmasa mozidan bir bo’lak, murrdan yarim bo’lak olib gul yog’i bilan qo’shib ishlatiladi. Yovvoyi piyoz sirkasi, eshak suti, zaytun bargining qaynatmasi bilan, gul, yasmiq, mozi va anor dumlarining qaynatmalari bilan og’iz chayish foydali tadbirlardan sanaladi. O`yilib ketgan milkka kelsak, agar u chuqur o’yilgan bo’lsa, kasallikka xos bo’lgan qalqandiyun bilan davolash kerak. Oqma yaralarni ham shu bilan davolanadi, keyin ularga burishtiruvchi dorilar sepiladi. Bularga qarshi sinalgan tadbirlardan biri mana bu: yulg’un daraxtining mevasi va nazla o’tining har biridan uch dirham, bir dirham koncho’p, ikki dirham sariq halila, ikki dirham quritilgan gul, yirik loviya, navshadil, kelindona va dengiz ko’pigining har biridan yarim dirham, anor guli va za'faronning har biridan bir dirham va to’rtdan bir dirham kofur olib, sepiladigan dori tayyorlanadi. Shunga o’xshash, tarkibiga aristoloxiya, sariq zok, turli to’pollar va turli zirnixlar kiradigan sepiladigan dorilarni ham ishlatiladi. O’rtacha yaraga kelsak, nazla o’ti va gulsapsar ildizining har biridan bir bo’lak, anor guli, tatim, teshilmagan mozi va achchiqtoshning har biridan ikki dirham olib, ezib sepiladigan dori tayyorlanadi va o’yilish ham oqma yaraning o’rta xiliga qarshi ishlatiladi. Shunga o’xshash anor guli va temir to’poli bilan milkning o’yilgan joyini to’lg’izib qo’yib, keyin yovvoyi piyoz sirkasi yoki zaytun bargi qaynatilgan sirka bilan og’iz chayiladi. O`yilgan joyga filuniyo ishlatilsa ham yaxshi bo’ladi. Yana yalpiz murakkab dorisi va sasishga to’sqinlik qiluvchi .va sasiganni ketkazuvchi ma'junlar ham ishlatiladi, isiriq ma'juni o’shalardandir. Ular ta'sir qilmasa, qalqandiyunni ishlatishdan boshqa chora yo’q. Mana bu ham unga yaqin dorilardandir: achchiqtosh, ohak, mozi va ikki turli zirnixdan barobar bo’laklar olinadi va bu aralashmadan bir danaq maydalab yanchilgandan keyin tish milkiga yaxshilab ishqalanadi. Keyin biror soat to’xtab turib, og’izni gul yog’i bilan chayiladi. Ba'zan o’sha tarkibga arab akatsiyasining shirasini ham qo’shiladi. Bundan kulchalar qilib quritib, kerakli vaqtga tayyorlab qo’yilsa ham yaxshi bo’ladi. Ba'zan ikki turli zirnix, ohak va arab akatsiyasining shirasi bilan cheklanib, ulardan kulcha tayyorlaydilar. Goho yuqorida bayon qilingan dog’lash ham foyda qiladi. Bu tadbir tish milki yeyilganini tushirib yangi et undiradigan tadbirdandir. Keyin o’ziga uch barobar murr qo’shilgan mozidan tayyorlangan sepiladigan dori ishlatiladi. Bu dori et undiradi va tish milkini mahkam qiladi. Chahorrag tomiridan qon olish ham foyda qiladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling