Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
ogiz boshligi azolari xastaliklari klinik belgilari tashxislash va davolashda abu ali ibn sino qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilning qisqarib qolishi
- So`zlashga halal yetishi
- QURBAQA" LAPSHA KASALLIGI
- Tilning kuyib achishishi
- TIL YORILISHINI DAVOLASH
- OG’IZDA BO`LADIGAN MAYDA CHIQIQLAR
- Og’iz chaqasi va yomon yaralari
- TUPUK VA SO`LAKNING KO`PAYISHI VA UYQUDA SO`LAK OQIB QOLISHI
TILNING TIRISHUVI Goho til uning mushaklarini eniga qarab tortadigan yopishqoq rutubatdan, goho burishtiruvchi savdodan tirishadi. Goho o’tkir kasalliklar til mushaklarini quritib, qovjiratib tirishtiradi. Tilning tirishuvi ba`zan so`zlashga ham zarar etkazadi. Davolash. Til tirishuvini davolash qoidalari umumiy tirishuvini davolash qoidalaridan uzoq emas. Xosroq davolash yo`siniga kelsak, u quyida belgilangan narsalar bilan bo`ladi: bo`yin tagiga bobuna, qashqar beda, ho`l beda samsaq va ukrop kabilar bilan kompress qilinadi, ularni yakka-yakka va bir-biriga qo`shib ham ishlatiladi. Shuningdek ularning yog’larini iliq qilib og’izni to`lg’izib tomoq chayiladi va bir muddat og’izda tutib turiladi. Issiqlik yog’lardan, tarqatuvchi shirinliklardan, sariq yo`ng’ichqa urug’i va shunga o`xshash narsalardan tayyorlangan xabi-sani iste`mol qilish kerak. Til tirishuvi isitmalarda bo`lsa, ishlatiladigan yog’lar binafsha yog’i, qovoq yog’i va tol yog’i kabi yog’lar bo`lishi lozim, ular ilitib ishlatiladi. Mazkur joylarga iliq suv va ilitilgan ho`llovchi shiralarni ham quyib turish kerak. TILNING KATTALASHUVI Goho til qonning ko`pligidan, goho bo`shashtirib shishiruvchi shilliqli ho`llikning ko`pligidan kattalashadi. Goho til juda kattalashib ketadi, hatto og’izdan chiqib turadi va og’izga sig’maydi. Tilning bunday kattalashuvini shishlar bobidan ajratib bayon qildik, chunki uning o`ziga xos ayirmasi bor.
nordon va burishtiradigan narsalar bilan ishqalab turish orqali, namliklardan bo`lganini esa bo`shatishlardan keyin qurt va sirka qo`shilgan navshadil va tuz bilan ishqalab davolanadi. Yoki zanjabil, murch, uzunchoq murch va andaron tuzini olib yaxshilab yanchib tilga ishqalanadi. Shunda til o`z hajmiga qaytadi va og’izdan chiqib qolgan qismi qaytib kiradi. Bolalarda til bo`shashuvi paydo bo`lsa, parhez qildirish, chumchuq va kaptar bolalarining go`shti bilan ovqatlantirish kifoya qilarlik zarur narsalardan hisoblanadi. Bir kishining
tiliga tutashgan po`st yonidagi asabga tig’ urib, qortiq qo`yilgan edi, uning tili bo`shashib shalpirab qoldi. Tilning qisqarib qolishi Goho tilning tagidagi boylog’ning til boshiga va uchiga tutashuvi sababli til qisqaradi, bu esa tilning cho`zilishiga qo`ymaydi. Goho tilning tirishuvi sababli ham qisqarish paydo bo`ladi.
Davolash. Tirishish sababli bo`ladigan til qisqarishini davolash tadbiri aytildi. Boylog’ning kaltaligi sababli bo`ladiganiga kelsak, uni o`sha boylog’ni til uchi tomonidan ozgina kesish va kesilgan joyga qonni to`xtatish uchun yanchilgan zok qo`yish bilan davolanadi. Tilni cho`zish uchun boylog’ni kesish miqdori tilni tanglay tepasiga bukiladigan va og’izdan chiqa oladigan darajada qilib kesishdir. Agar ko`p qon ketishdan qo`rqib, temir bilan kesishga jur`at qila olmasalar, boylog’ning tagiga qirqadigan ipni nina bilan kirgizib uni kesmasdan ip bilan qirqiladi. Shu joyga bitishiga to`sqinlik qiladigan dog’lovchi o`tkir dorilar qo`yish kerak. Agar boylog’ni sekin kesib, til tagidagi tomirlarni kesilib ketmasligi uchun ehtiyot qilinsa, ko`p qon oqmaydi. TIL SHISHLARI Tilda issiq shishlar, shilliqdan va yeldan bo`ladigan shishlar, qattiq shishlar va rak paydo bo`ladi. Shishlarning belgilari haqida aytilgan so`zlarga murojaat qilsang, hammasining belgilari ravshan bo`ladi. Goho til zaharli qo`ziqorin va afyun kabi zaharli narsani iste`mol qilish sababli ham shishadi. Davolash. Issiq shishlarni davolash uchun oldin tomirdan qon olish va surgi qildirish kerak, til shishlarida bu tadbir qustirishdan ko’ra yaxshiroqdir. Ba`zan tilning tagidagi tomirdan qon olish lozim. Keyin, shishlarning boshlanish davrida sachratqi shirasini, ayniqsa sutcho`p shirasini va ituzum shirasini; qatiq, gul suvi va qizil gul, qizil tasma va anor po`stlari qaynatilgan gul suvini og’izda tutib turiladi. Tilni yangi shaftoli bilan ishqalanadi, bu juda foydalidir. Agar shishlar tarqalmasa va yiringlamasa, sut bilan qo`shilgan asal, yoki sapsar ildizining qaynatmasi, yoki anjir va sariq yo`ng’ichga qaynatmasi, mayiz va arpabodiyon qaynatmasi kabi yetiltirib tarqatadigan dorilarga ehtiyoj tushadi. Ular bilan tomoq chayiladi. Me`da og’zidan quyuq moddani surish uchun iyoraj fikro ichiladi. Kunjut yog’i qo`shilgan ismaloq oshi va karam oshi kabi yetiltirish va tarqatish xususiyatga ega bo`lgan ovqatlar yeyiladi. Shishlar yiring bog’lasa, og’izga tatim, mirta, yasmiq va zaytun bargi qaynatmasi kabi burishtiruvchi narsalar va taxir sharob ishlatiladi. Ituzumning shirasidan, gul yog’idan, po`sti ajratilgan yasmiqdan va guldan tayyorlangan malham til shishlariga foyda qiladigan dorilardan sanaladi. Agar til shishi g’ovak bo`lib shilliqdan bo`lsa, unga va shuningdek oxirgi darajasiga yetgan issiq shishga arpabodiyon ildizi kuydirib yopishtirilsa, foyda qiladi. Goho shunday shishlarda g’alizlashgan ayrim issiq shishlarda mana shu tarkibdagi dori ishlatiladi: za`faron va iyoraj fiqrodan bir bo`lak, kofur va mushkdan uchdan bir bo`lak va novvotdan bir yarim bo`lak olib, shu tarkibdan ikki donaq vazndagisini xotin kishining sutida eritib burunga yuboriladi. Jolinus: "bir kishining tili kattagina shishdi. U kishi oltmish yoshda bo`lib, tomiridan hech biron oldirmagan edi. Men ham qon olmadim, unga huqo ichirdim va tiliga sovuqlik quyuq surtma dorilar surtib qo`ymoqchi bo`ldim. Kech vaqti edi, o`sha yerda hozir bo`lgan bir tabib qarshilik qildi. Bemor o`sha kechasi tushida o`zini sutcho`p shirasini og’izga olib turgan holda ko`rdi, keyin u kishi shunday qildi ham va butunlay sog’aydi. Bu mening bergan maslahatimga muvofiq bo`ldi”,- deb aytadi. Agar shish qattiq bo`lsa, yengil tadbir qo`llash va yaxshi ovqat berish kerak. Quyuq xiltlar katta iyorajlar bilan bo`shatiladi, tomoq chayqaladigan suyultiruvchi dorilar ishlatiladi. Sariq yo`ng’ichga ivitilgan suv, anjir bilan birga tayyorlangan sariq yo`ng’ichga qaynatmasi va tozalangan mayiz bilan birga dafna mevasining suvini og’izda tutib turiladi. Yana : xotin kishi, yoki yovvoyi eshak, yoki echki sutini, yana shirin nabiz yoki uzum shirasi yoki xiyorshanbar asali bilan qo`shib qaynatilgan anjir va xurmo suvini ham Og’izda tutib turiladi. Kichik iyoraj yoki xiyorshanbar kabi narsalar bilan ichni doimo yumshatib turish kerak. So`zlashga halal yetishi Bu to`g’rida aytilishi zarur bo`lgan ba`zi narsalarni tilning bo`shashuvi bobida aytildi. Endi aytamizki, soqovlik va undan boshqa so’zlashga yetadigan zararlar, goho miyadagi va tilga kelib, uni harakatlantiruvchi asabning kelib chiqqan joyidagi zarardan paydo bo`ladi. Goho zarar asab shaxobchasining o`zida, goho mushakning o`zida bo`ladi. O’sha xalal tirishish, tortishish, qattiqlashish, bo`shashish, boylikning qisqaligi, yoki bitib qolgan jarohatdan yoki qattiqlashishdan bo`lgan tugunchadan iborat bo`ladi. Senga ma`lumki, bu narsa ko`pincha rutubatdan bo`ladi, goho quruqlikdan ham bo`ladi. So`zlashishning zararlanishi goho tilda va til tevaragida paydo bo`ladigan shishlar va yaralardan, goho miya pardasidagi issiq shish yallig’lanishidan keyin chiqindilarning miyadan asablarga haydalib borishi sabablari vujudga keladi. Isitmalarda ham yuz beradi, chunki isitmalar tilni qattiq quritib qo`yadi, shunda til bujmayib tirishib qoladi; Biroq bu kam uchraydi. Shu aytilganlar aslida bo`lmay, keyin paydo bo`ladigan zararlardir. So`zlashga yetgan zarar goho bo`g’iz mushagidagi sababdan, ya`ni undagi tortishish yoki bo`shashishdan yuz beradi; shunda kishining dastlab tovush chiqarishi qiyin bo`ladi, chunki u ko`krak va bo`g’iz mushaklarini ular ko`tara olmaydigan bir kuch bilan harakat qildirishga urinadi, lekin mushaklar bo`ysunmaydi. U kishi so`zni boshlayotganda ichiga nafas olsa, keyin shoshmasdan ravon so`zlay oladi. Bunday kishi so`zlamoqchi bo`lganda zo`r nafas olishi va ko`krakni qattiq harakatlantirishi kerak, keyin bir oz shoshmay so`zlashga kirishishi lozim. U kishi shuni odat qilsa, so`zlashi oson bo`lib, osonlik bilan so`zlashga odatlanadi. Boshqa xil sabablarga ko`ra bo`ladigan zararlanishga kelsak, ularni davolash tadbirlarini o`z boblarida aytdik. Sarsom kasallikdan keyin so`zlashga yetadigan zararlanishda til tagidagi ikkita tomirdan qon olish juda foyda qiladi. "QURBAQA" LAPSHA KASALLIGI Bu tilning tagida bo`ladigan qattiq bezga o`xshash bir narsadir. Uning rangi til sathining va undagi tomirlarning rangidan tarkib topgan bo`lib, qurbaqa rangiga o`xshaydi. Bu kasallikka quyuq va yopishqoq rutubat sabab bo`ladi.
Davolash. Bunga yeyuvchi, parchalovchi va tarqatuvchi dorilarni va shuningdek navshadil, sirka va tuz kabi juda qurituvchi dorilar ishlatib ko’riladi va zangor hamda zok bilan tilni ishqalanadi. Bu bilan tuzalmasa, Abirun dorisi, osqoriyu dorisi va karobodinda ko`rsatilgan va yangi tuxumdan tayyorlangan dori kabi o`tkir dorilar ishlatiladi. Yana til tagidagi tomirdan qon olib, kuchli og’iz chaqasining dorilari ham ishlatib ko`riladi. Bu bilan ham tuzalmasa qo`l tadbirini ishlatishdan boshqa chora yo`q. Bunga qarshi ishlatish uchun maqtalgan dorilardan biri mana bu: Fors kaklik o`ti, anor po`sti va tuzni olib shu tarkibda yasalgan dori bilan "qurbaqa" kasalligiga uchragan bolaning tilini ishqalanadi, bu tadbir uni tuzatadi. Kuydirilgan zokni va savrinjonni tuxum oqi bilan qo`shib til tagiga qo`yish ham sinab ko`rilgan tadbirlardandir.
Tilning kuyib achishishi goho me`da og’zi va miyadagi isitma darajasiga yetmagan harorat sababli, yoki o`tkir, sho`r, achchiq, shirin narsalar va qattiq tashna qiluvchi narsani yeyish sababli paydo bo`ladi. Yana o`tkir isitmalar va ichki shishlar kabi ulardan ko`ra kattaroq sabablardan ham bo`ladi. Umuman ularning chorasi shu : tili ko`p achishganidan shikoyat qiluvchi kishining, ayniqsa u kishi kasal bo`lsa, chalqancha va og’zini katta ochib yotishdan tiyish kerak. Doimo qovun, tarrak, bodring va qovoq urug’i, yantog’ shakar, kraxmal va shularga o`xshash narsalardan tayyorlangan hab dorilarni iste`mol qilinadi. Unday kishi olxo`ri danagi, tamr qindiy, qijoz shakari, ma`lum shiralar va sovutib qo`llovchi siqib olingan suvlarni og’ziga olib turishi kerak. Agar tilda yopishqoq xilt bo`lsa, unga yog’ surtiladi. Keyin tilni yog’lab turish, turli yog’lar, mum, chilonjiyda, turli shiralar va siqib olingan suvlar va qushlarning yog’lari bilan og’iz chayib turish lozim. Ba`zi kishilar kasallikni davolash uchun tilni bog’ yalpiz bilan ishqalaydilar.
Bundan shikoyat qiluvchi kishi ispaqul shirasini og’ziga tutib, undan yutadi ham. Unga turli baqaloqlar va chala pishirilgan tuxum yediriladi. Tarrak va sabiston olxo`risini palla qilib, bir-biriga ishqalashdan paydo bo`lgan ko`pik bunga qarshi ishlatib sinalgan dorilardan sanaladi. OG’IZDA BO`LADIGAN MAYDA CHIQIQLAR Og’izda mayda chiqiqlarning paydo bo`lishi ko`proq vaqt me`da va bosh tomonlaridagi issiqdan va bug’lardan bo`ladi, goho ular isitmalarda ham paydo bo`ladi. O’tkir isitmalarda tilda qora chiqiqlar ko’rinsa, bemor ikkinchi kuni o`ladi, deydilar. Chiqiqlarning dastlabki paytida sovutishga va quritishga ehtiyoj tushsa, foydali sodda dorilar mana bular: qalila, mozi, gul urug’i, kraxmal, yulg’un daraxtining mevasi, momiso shamchasi, anor guli, katiro, sandalning ikkala turi, qizil gul, taboshir, tatim, yasmiq, arpa loyi, anor dumi, dub yong’og’i ichidagi yupqa po`st, qimuliyo kesagi, fufal kabi narsalar; yana sutcho`p, ituzum, qizil tasma, semizo`t va tok uchlarining shiralari kabi sovuqlik shiralar ishlatiladi. Ko`p bolalarning og’zidagi chiqiqlarni novvot va kofur bilan davolanadi. Kasallikning oxirida kerak bo`ladigan issiqlik dorilar qoncho`p, ayniqsa handul, muskat yong’oqi po`stlari, to`poloq ildizi, za`faron, savr yong’og’i, govzabon, nazla o`ti, qalampirmunchoq, yalpiz va omila shirasidir; nopok dorilardan esa it tezagi ishlatiladi. Ba`zan og’iz chiqiqlari yaraga aylanib ketib , uni tuzatish uchun zirnixga ehtiyoj tushadi, g’alizlashgan chiqiqlarga qarshi bir uqiya kandul qaynatmasi, yarim uqiya zarchava, to`rtdan bir uqiya qoncho`p, ikki dirham sabr va bir misqol za`faron tarkibi sinab ko`riladi. Shuningdek qalampirmunchoq, muskat yong’og’i va qandullarning barobar yoki bir-biriga yaqin miqdorlari qaynatilgan suv ham sinab ko’rilgan. Chiqiqlar yiring boylaganda, ularga zig’ir urug’i kanavcha, rayhon urug’i va gulxayri urug’idan olingan shiralarni ishlatish kerak. Yana shu urug’larning o`zlari, arpa uni va eshak sutining yolg’iz o`zi yoki o`sha shirasining birontasi bilan qo`shib ishlatiladi. Ba`zan zig’irning anjir, sariyog’, bug’doy uni, cho`lyalpizi va sariq yo`ng’ichqa bilan qo`shib qaynatilgan suviga ehtiyoj tushadi. Biladigan tabiblardan birining aytishicha, og’iz chiqiqlarini davolashda qora chayir yog’ini ilitib og’izga olib turishdan yaxshiroq tadbir yo`qdir.
Og’iz chaqasi og’iz va til terisida bo`ladigan tarqaluvchi va kengayuvchi yaradan iboratdir. Bu ko`pincha bolalarda paydo bo`ladi. Ulardan paydo bo`lishiga ko`proq sutning
yomonligi yoki uning me`dada yomonroq hazm bo`lishi sabab bo`ladi. U har bir xiltdan bo`laveradi va rangidan taniladi: oqi balg’amdan, ko`proq sho`r balg’amdan paydo bo`ladi sarig’i safrodan bo`lib, alangasi boshqasinikidan ko`ra kuchliroq bo`ladi; qorasi savdodan, tiniq qizili esa qondan bo`ladi. Eng yomoni savdodan bo`lganidir. Og’iz chaqasining ba`zisi kuchli o`yiluvchi bo`lib, ba`zisi esa tinchroq bo`ladi. U goho shishli, goho shunday o`zi bo`ladi. Og’iz sathida bo`ladigan har bir yara albatta tez yoyiladi, chunki og’iz hamisha issiq terisi esa ho`l va yumshoq bo`ladi. Jolinus og’izdagi yaralarni shilliq parda yuzida bo`lib turgan paytlarda "Og’iz chaqasi" deb atar, sasib chuqurlashsa, og’iz chaqasi deb atamas, balki "yomon yaralar" deb atar edi. Shu yomon yaralarni davolashda dog’lovchi dorilarga ehtiyoj tushadi. Yog’ingarchilik ko`p bo`lsa, og’iz chaqasi ko`payadi; u vaboli isitmalarda ham ko`payadi.
Davolash. Oldin ko`payib, og’iz chaqasini paydo qilib turgan xiltlarga qarshi tadbir qilish kerak. Xilt ko`paygan bo`lsa, butun gavda bo’shatiladi. Keyin iyak tagidagi tomirdan, ayniqsa chaxor rakdan qon olib bo`shatiladi. Shu tomirlardan qon olish og’izdagi moddali issiq kasalliklarning hammasiga ham foyda qiladi. Keyin chiqiqlarga ishlatiladigan va eslatib o`tilgan dorilardan foydalanish lozim. Kuchli, ho`l, zardob va yiringi ko`p bo`lganiga kuchli dori, mo`tadiligiga mo`tadil dori va kuchsiziga kuchsiz dori ishlatiladi. Og’iz yaralari suyakka yetishga yaqinlashsa, ko`p miqdordagi arab akatsiyasi shirasi bilan qo`shilgan faltafiyun kabi juda kuchli dori ishlatish zarur bo`ladi. Bunda hamma yog’lardan, hatto zaytun yog’idan ham saqlanish kerak. Og’iz yarasi qizil bo`lib qondan bo`lsa, dastlab unga eng muvofiq dori bir oz burishtirish va sovutish xususiyatiga ega bo`lgan doridir. Undan keyin shimdiruvchi dori ishlatiladi.qizg’ish sariq va sariq xiliga sovutishi kuchliroq bo`lgan dori ishlatish kerak. Ulardan boshqa turlariga kelsak, eng oldin qilinadigan zarur ish mo`tadil tabiatli qurituvchi va tozalovchi dori ishlatishdir. Keyin kuchli qurituvchi va kuchli shimdiruvchi
dori ishlatish kerak. Shularning hammasida bemorning yoshini nazarda tutish kerak: bolalarning dorilari kuchsizroq bo`lishi va emadigan sutlarini tuzatish zarur. Kattalarning dorilari esa kuchliroq bo`lishi lozim. Bolalarga ko`pincha ovqatning o`zi ham foyda qiladi. Agar ovqat yemaydigan bo`lsalar, o’sha foyda qiladigan ovqatlarni emizuvchiga yedirish kerak. Og’iz chaqasining haroratli xiliga yog’adigan davo, masalan, maymunjon bargini yoki yasmiqni sirka bilan qo`shib chaynashdir. Hamma hayvonlarning, ayniqsa tog’ echkisi va buzoqning iligini behi bilan aralashtirib iste`mol etilsa, foyda qiladi. Nordon olma, nordon nok do`lana, behi, chilonjiyda, tok navdalarining uchi, quritilgan bodring, yasmiq uni, guruch uni ham foyda qiladi. Mozi, taboshir, gul, arab akatsiyasining shirasi va shularga o`xshash narsalardan tayyorlanib sepiladigan dorilar ulardan ham kuchliroqdir. Burishtiruvchi narsalar bilan qo`shilgan qoncho`pning og’iz chaqasini davolashda ajoyib quvvati bor. Og’iz chaqasiga kofur ham juda foydalidir. Og’iz chaqasining ikkala sovuq xiliga, ayniqsa balg’amdan bo`lganiga qarshi tozalab qurituvchi dorilar ishlatilsin. Yana kuchli shimdiruvchi va qurituvchi dorilarni, ayniqsa savdodan bo`lgan og`iz chaqasiga qarshi ishlatish kerak. Masalan, yovvoyi yasmiq uni va asalning ozi bilan qo`shilgani shunday. Og’iz chaqalariga, ayniqsa bolalarnikiga, katta toshbaqaning sirka bilan aralashtirilgan o`ti juda foydalidir. Yomon xiliga esa zokni sirka bilan qo`shib ishlatish lozim. Agar ular yomon bo`lib o`yib yuborsa, zangorni sariq zok bilan qo`shib, mozini shinniga solib, yoki mozi, achchiqtosh va anor gulidan barobar bo`lak olib qo`shib ishlatish kerak. Yana musoro kulcharini yoki taraxumotiqun surmasini uzum qo`rasining shirasi kabi burishtiruvchi shira bilan qo`shib ishlatiladi. Sepiladigan dori singari to`zondek qilib yanchilgan achchiqtosh va mozi og’iz yaralarining hamma xiliga umumiy dorilardan sanaladi. Buni og’izga sekinlik bilan ishqalash kerak. Og’izdagi hamma xil yomon yaralarga mozi, ayniqsa uning sirka va tuz bilan qaynatilgani foyda qiladi. Bolalarning og’iz yaralarida o`sha qaynatma bilan og’iz chayiladi. Og’izning yomon yarasiga qarshi ta`sir qilishda mozariyun kuli ayrim xususiyatga ega bo`lib, og’iz yaralarining hamma turlari uchun umumiy dorilardan biridir. Gultojixo`roz, mis suvi hamda sharobning kuydirilgan loyqasi ham shunday.Og’izning savdodan bo`lgan qora yarasiga urug’i olinib asalga qorishtirilgan mayizni va rum arpabodiyonini surtish foyda qiladi. Agar og’izda shu bilan birga shish ham bo`lsa, bir sukurraja tog’rayhonni yarim sukurraja gul yog’i, yarim sukurraja yasmiq va ikki miskol za`faronni olib shu tarkibdan malham qilib ishlatiladi.
TUPUK VA SO`LAKNING KO`PAYISHI VA UYQUDA SO`LAK OQIB QOLISHI Bu hol goho issiq va ho`llikning, ayniqsa me`dada ko`payishidan, goho faqatgina issiqning kuchayganligidan paydo bo`ladi. Masalan, ro’za tutgan, ovqatni oz yeydigan yoki ovqatsiz qolgan kishida to ovqatlangunicha hamisha tupuk kelaveradi, ovqatlangach bosiladi. Goho bu narsa balg’amdan va sovuqdan bo`ladi. Davolash. Agar bu issiqdan bo`lsa, oldin bosliq tomiridan qon olish, qiyom qilingan nordon shiralar, sovuqlik nordon mevalar va ko`p suv aralashtirib eskirmagan nabiz sharobi iste`mol qildirish kerak. Ovqat baliqdan, uloq va qush go`shti kabi yengil go`shtlardan tayyorlanadi. Yasmiq, tatim va bunga o`xshash narsalardan tayyorlanadigan burishtiruvchi qaynatmalar bilan og’izni doimo chayqab turiladi. Bu kasallik sovuq mizojlilik va balg’amdan bo`lsa, o`ziga ma`lum narsalar yordami bilan haftada ikki yoki uch marta qustiriladi va har haftada bir marta mana shu tarkibdagi dorini ichiriladi ikki dirham iyoraj fiqro, ikki donah tuz, rum arpabodiyoni juvonaning har biridan bir donak olib asal sikanjubini yoki sikanjubini buzuriy bilan ichiriladi. Undan keyin taryoq va issiqlik juvorishlar iste`mol qilinadi. Unday bemorning ovqati esa, xushbo`y dorivorlar, sarimsoq va xardal bilan qaynatilgan jo`ja go`shtlari bo`lishi kerak. Kechqurunlari lochira murriy bilan yeyiladi, keyin issiq suv ichiladi, uyqudan oldin bemor tishini yuvishi kerak. Quyidagicha davolash usuli yaxshi va umumiy davolash tadbirlaridandir: yirik qilib yanchilgan tuzdan bir dirham har kuni yangi sachratqi bilan qo`shib yeyiladi, keyin kichik atriful iste`mol qilinadi va doimo tishni maxsus uzun cho`p misvok bilan yuvib turiladi. Qovurilgan sichqonni yedirib ko`rilganda uning, ayniqsa bolalar uchun foydali ekani ko`rildi.
Bunga g’azago`tni va maymunjon bargini chaynash, ulardan keyin yovvoyi piyoz sirkasi bilan og’iz chayqash, to`poloq va yovvoyi zanjabilni og’izda olib yurish foyda qiladi.
OG’IZDAN QON TUFLASH Agar qon og’iz moddasidan va pardasidan chiqayotgan bo`lsa uni mayda chiqiqlar va boshqa yaralar bobida aytilgan burishtiruvchi dorilar bilan davolash kerak. Tok novdalari va o`rmovichlari qaynatmasining bunga zo`r foydasi bor.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling