Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XXVIII. Somoniylar Hukmdorligkning Boshlanishi


Download 426.38 Kb.
bet27/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XXVIII. Somoniylar Hukmdorligkning Boshlanishi[143]
Somonxudotning bir o’g’il ko’rganligi va Asad ibn Abdulloh Qushayriyni do’st tutganidan, o’g’liga Asad deb nom berganligi hyaqida yuqorida aytib o’tilgan edi. Asadning to’rt o’g’li bor edi: Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos.

Rofe ibn Lays Horun ar-Rashidga qarshi xuruj qilib Samarqandni olganida Horun ar-Rashid Harsama ibn A’yaini Rofe ibn Laysga qarshi urushga yubordi. Rofe Samarqandni hisor qildi va Harsama uni qo’lga olishdan ojiz qoldi. Bu hodisa sabab li Ma’mun Horun ar-Rashid bilan birga Xurosonga kelgan va Horunning dili shu ish bilan g’oyat darajada mashg’ul edi. Ma’mun Asadning o’g’illariga xat yozib, ularga Rofe bilan urushda Harsamaga yordam berishni buyurdi. Asad o’g’illarining da’vatiga ko’ra Rofe Harsama bilan sulh tuzdi va ular o’rtasida quda-andalik vujudga kelib, Horun bu ishdan xotirjam bo’ldi. Rofening butkul Xurosonni olib qo’yish xavfi bor edi, (shuning uchun) bu sulhning tuzilishi Ma’mun uchun juda yoqib tushdi.

Horun mana shu safar vaqtida Tusda vafot etdi[144]. Ma’mun xalifalikka o’tirgach[145], G’asson ibn Ubbod Xurosonga amir bo’ldi. Ma’mun unga Asad ibn Somonxudotning o’g’illariga Xurosonning ayrim shaharlari hukmronligini berishni buyurdi: G’asson ibn Ubbod ularning har biriga o’sha qilgan yaxshiliklari evaziga bittadan e’tiborli shaharni berdi: Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad, ibn Asadni Marvga amir qilib tayinladi. Bu (voqea) ikki yuz ikkinchi yilda (20 iyul' 817—9 iyul' 818) bo’lgan edi. G’asson Xuroson amirligidan bekor etilib[146] Tohir ibn Husayn Xuroson amiri bo’lganda[147] ham Tohir u viloyatlarni Asadning o’g’illari qo’lida qoldirdi va ularning eng kattasi bo’lgan Nuh ibn Asadga sarpo kiygizdi. Nuh ibn Asad to dunyodan o’tgunigacha Samarqandda bo’ldi va birodari Ahmad ibn Asadni (o’z o’rniga) xalifa qildi. Ahmad ibn Asad olim va porso bir kishi edi, u to vafot etgunigacha[148] Samarqandda bo’ldi va (vafoti vaqtida) o’g’li Nasr ibn Ahmad ibn Asadni o’z o’rniga xalifa qildi. U otasining o’rniga o’tirgach, ikki yuz ellik birinchi yili ramazon oyining boshida (29 sentabr' 865) shanba kuni uning nomiga xalifa Vosiq billohdan7 Movarounnahrning amirligi unga berilganligi to’g’risida farmon keldi.


Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling