Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan
XXXI. Amiri Shahid Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniyning Hukmdorligi
Download 426.38 Kb.
|
Buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXXII. Amiri Sa’id Abu-L Hasan Nasr Ibn Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniy Hukmdorligi
XXXI. Amiri Shahid Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniyning Hukmdorligi[161]
U Xuroson amiri bo’ldi. Uni Amiri shahid deydilar. U o’z otasining yo’lidan yurib adolat ko’rsatar va barcha fuqaroga butunlay insof yuzasidan qarar edi. Fuqaro rohat va osoyishtalikda yashadilar. Amiri shahid u yer (Buxoro)dan Xurosonga borib o’z mamlakatini ko’zdan kechirdi va Seistonni oldi. Amiri moziy davrida Seiston uning nomida edi. U yerdan Buxoroga keldi. U ov qilishni yaxshi ko’rardi. U ov qilish uchun Jayhun labiga borib saroparda qurgan edi (bir kuni) ovdan qaytib (saropardaga) kelganida bir chopar Tabariston amiri Abu-l-Abbosdan xat olib keldi. Amiri shahid xatni o’qidi; xatda: «Husayn ibn Alo xuruj qilib Gurgon va Tabariston viloyatlarining ko’p yerlarini oldi, mening zarurat yuzasidan qochishim kerak bo’lib qoldi», — deb yozilgan edi. Bundan amir diltang bo’lib juda g’amginlikka tushdi va: «Ey xudo! Agar bu podshohlik mendan ketadigan bo’lsa, mening ajalimni ber!» — deb duo qildida, saropardaga kirdi. Amiri shahidning shunday odati bor edi; uning bir sheri bo’lib, har kecha amir yotadigan uy eshigiga o’sha sherni zanjir bilan bog’lab qo’yar edilar, kim u uyga kirmoqchi bo’lsa, sher uni halok qilar edi. O’sha kecha amir g’amgin bo’lganidan uning hamma xos kishilari ham u bilan mashg’ul bo’lib, sherni olib kelishni unutib qo’ydilar. Amir uxlab yotganida uning qullaridan bir to’dasi kirib boshini oldilar. (Bu voqea) hijratdan uch yuz birinchi yil jumod al-oxir oyining o’n birinchisida (12 yanvar' 914) payshanba kuni (bo’lgan edi). Uni Buxoroga olib kelib Navkanda qabristoniga qo’ydilar va unga «Amiri shahid» deb laqab berdilar. «Bu ishni Abu-l-Hasan boshqargan,» — deb unga tuhmat qildilar va uni Buxoroga olib kelib dorga osdilar. Amirga suiqasd qilgan qullardan ba’zilarini topib o’ldirdilar, ba’zilari Turkistonga qochdi. Uning podshohlik muddati olti yilu to’rt oy va besh kun bo’ldi.
Dastlab Amiri sa’id bo’sh ish olib borganligidan har yerda fitna paydo bo’ldi, uning otasining amakisi Ishoq ibn Ahmad Samarqandda o’ziga bay’at qilishni talab etdi va Samarqand aholisi unga bo’ysundilar. Uning o’g’li Abu Solih Mansur ibn Ishoq Nnshopurda isyon ko’tarib, Xuroson shaharlaridan ba’zisini oldi. Samarqandda Ishoq ibn Ahmad hukmdorligi kuchaydi va Amiri sa’id o’z sipohsolori Hamaviya ibn Alini unga qarshi urushga yubordi. Ishoq mag’lubiyatga uchrab, lashkari Samarqandga qaytib kirdi. Ishoq ikkinchi marta urushga rostlandi va Samarqand aholisi u bilan birga shahardan tashqariga chiqib, Hamviyaga qarshi urushdilar va mag’lub bo’ldilar. Ishoq ibn Ahmad uchinchi marta urushga chiqqan edi bu gal u asir tushdi. Uning’ o’g’li Mansur ibn Ishoq Nishopurda edi, u o’ldi; butun Xuroson va Movarounnahr faqat Amiri sa’idga o’tdi; Fors, Kermon, Tabariston, Gurgon va Iroqda uning nomiga xutba o’qidilar. Hikoyat. Amiri sa’id o’n uchinchi yili[163] Buxoroga o’zining yaqin kishilaridan biri Abu-l-Abbos Ahmad ibn Yahyo ibn Asad as-Somoniy nomli kishini xalifa qilib qoldirib, o’zi Buxorodan Nishopurga ketdi. O’sha yili «Gardun kashon» mahallasiga o’t tushdi. O’t shundan zo’raydiki, Samarqanddagi odamlar bu olovni ko’rib turdilar. Buxoroliklar: «Bu olov osmondan keldi», — der edilar. O’tni o’chirish mumkin bo’lmay bu mahalla butunlay kuydi. Shu orada Amiri sa’idning boshqa birodarlari xuruj qildilar va ko’p fitnalar qo’zg’otdilar. Oxiri fitnaning asoschisn bo’lgan Abu Zakariyo, hech narsani qo’lga kirgiza olmay, ozgina odam bilan Xurosonga ketdi. Amiri sa’idnnng boshqa birodarlari omonlik tiladilar. Amiri sa’id ularga omonlik berib, oldiga chaqirib oldi va shu bilan fitna tinchidi.
Amir sa’id o’ttiz bir yil podshohlik qildi. .U adolatli podshoh bo’lib, otasidan ham aqilroq edi. Unnng yaxshi sifatlari ko’p; agar hammasini aytsak gap uzayib ketadi. U dunyodan o’tgach, o’g’li Nuh ibn Nasr podshohlik (taxtiga) o’tirdi.
Download 426.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling