Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XXXIV. Amiri Rashid Abu-L-Favoris Abdulmalik Ibn Nuh Ibn Nasr Ibn Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniyning Podshohligi


Download 426.38 Kb.
bet32/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XXXIV. Amiri Rashid Abu-L-Favoris Abdulmalik Ibn Nuh Ibn Nasr Ibn Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniyning Podshohligi[168]
Amiri hamid dunyodan o’tgach, Amiri rashidga bay’at etdilar. U o’n yoshida podshohlikka o’tirdi. Amiri hamidning vafot etganligi xabari viloyatlarga yetgach, har kim bir viloyatga ega bo’lishni tama qildi (Amiri rashid) Ash’as ibn Muhammad ibn Muhammadni Xurosonga yuborgan edi, unga Hirot va Isfahonda ko’p janglar qilishga to’g’ri keldi va u viloyatlarni bo’ysundirdi. U hali shu ish bilan mashg’ul bo’lib, jang qilayotgan ediki, Amiri rashid otdan yiqildi va shu kechasiyoq vafot etdi. U kecha chorshanba kechasi bo’lib, uch yuz elliginchi yil shavvol oyidan sakkiz kun o’tgan (20 noyabr' 961) edi. Uning podshohlik muddati yetti yil bo’ldi. Uni dafn qilganlaridan keyin lashkar isyon qilib qo’zg’olon ko’tardi va har kim podshohlikni tama qilib, g’alayonlar yuz berdi.
XXXV. Maliki Muzaffar Abu Solih Mansur Ibn Nasr Ibn Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniyning Podshohligi[169]
Amiri sadid podshohlik taxtiga o’tirgach, lashkar unga bay’at qildi: ko’p qarama-qarshiliklardan keyin ittifoqlik vujudga keldi. Unga bay’at qilingan kun juma kuni, uch yuz elliginchi yil shavvol oyida (noyabr'-dekabr' 961) edi. (Shu vaqtda) sipohsolor Alptegin Nishopurda edi, Amiri rashidning vafoti xabarini eshitgach, u Amiri sadidni qo’lga olishga qasd qildi. Amiri sadid unga (qarshi) odam yubordi. Alptegin Jayhun daryosiga yetib kelib, undan o’tishni mo’ljallagan edi, ammo (unga qarshi) ko’p lashkar kelganligi tufayli o’ta olmadi. U o’z viloyati Nishopurga qaytmoqchi bo’ldi. (Ammo) Amiri sadid Nishopurga, Muhammad ibn Abdurazzoqqa: «Uni Nishopurga kirishga qo’ymanglar!»—deb xat yozdi. Alptegin bundan xabardor bo’lgach, Nishopurga bora olmasligini bilib, Jayhun suvi hamda Omuydan o’tib, Balxga bordi va Balxni olib qarshilik zohir qildi.

Amiri sadid Ash’as ibn Muhammadni yubordi, u Alpteginga qarshi ko’p urush qilib oxir uni Balxdan chiqardi. Alptegii G’aznaga ketdi. Ash’as ibn Muhammad ham uning ketidan G’aznaga bordi, u yerda ham urush qildilar. Alptegin ikkinchi marta Ash’asdan yengilib qaytib Balxga qarab qochdi. Ko’p qarama-qarshilik va urushlardan keyin Amiri sadid unga yana omonlik berdi va u xizmatga keldi. Shu vaqtlarda Amiri sadid viloyatlarga ko’p lashkar yuborib mamlakatni (dushmanlardan) tozaladi; viloyatda (taxt uchun) nizo qiluvchi kishi qolmadi. Amiri sadid daylamiylar viloyatini olib sulh tuzdi: daylamiylar har yili Amiri sadidga bir yuz ellik ming nishopur dirami to’laydigan bo’ldilar.

Amiri sadid uch yuz oltmish beshinchi yili o’n oltinchi muharramda (25 sentabr' 975) yakshanba kuni dunyodan o’tdi. U o’n besh yilu besh oy podshohlik qildi. Yana xudo bilimdonroq.


Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling