Abu Nasr Forobiyning jahon ilm-fani va ma’naviyat olamiga qo’shgan hissasini gapirishdan oldin, uning hayoti hamda u haqida muarrixlarning bergan ma’lumotlariga to’xtalib o’tishni joizdir


Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi


Download 208.59 Kb.
bet7/10
Sana25.09.2023
Hajmi208.59 Kb.
#1687661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri

Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi. Tirik tabiat borlig‘i
hayot bilan bevosita aloqada qaralishi lozim. Jonli mavjudot uchun bo‘lish
– yashash, bo‘lmaslik – hayotdan mahrum bo‘lish, o‘lish, ya’ni jonli organizm
sifatida boshqa mavjud bo‘lmaslik demakdir. Yerda hayotning paydo bo‘lishi
149
muammosi doimo insonning diqqat markazida bo‘lgan va odamzot uchun ulkan
jumboqlardan biri bo‘lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga yetish uchun
barcha zamonlarda o‘z aqli va tasavvuri kuchidan to‘la foydalangan. Ammo
insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa
o‘z rivojlanishida ancha olg‘a siljigan bugungi kunda ham bu muammo
o‘zining to‘la yechimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli
modda jonsiz moddadan evolyusiya yo‘l bilan paydo bo‘lgani haqidagi ilmiy
tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib chiqishining o‘z ildizlari bilan
tarixga, xususan falsafa tarixiga bog‘lanadigan turli nazariyalar ham amal
qilishda davom etmoqda.
Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar,
jonlarning mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning
fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar,
shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo‘lgan.
Tegishli e’tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda
to‘liq ma’lumot berilgan).
Aristotel (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o‘rta asr
sxolastikasida va Leybnis (1646-1716) asarlarida faol asos,
harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon.
entelechia – o‘z-o‘zida maqsadga ega bo‘lgan) atamasiga duch kelamiz. Jonli
moddaning mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun
tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, irratsional sabab, «hayot
kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan falsafiy
ta’limot – vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha
yotadi. Hayot paydo bo‘lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari» Yerga
kosmosdan kelgani, go‘yoki Yerda tajriba o‘tkazayotgan o‘zga sayyoralik
kelgindilar va hokazolar haqida juda ko‘p har xil g‘oyalar ilgari surilgan.
Shu bois, Koinotda bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot
bormi, degan savol mutlaqo o‘rinlidir. Quyosh kabi yulduzlar Koinotda son-
sanoqsiz ekanligi, ularning atrofida ham sayyoralar aylanishi mumkinligi
haqidagi fikrning o‘ziyoq Yerdan boshqa joyda ham hayot mavjudligini
taxmin qilish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, Koinot miqyosida juda
kichkina va hozirgi inson o‘rganishi uchun imkoniyat mavjud bo‘lgan Quyosh
sistemasi xususida ham hayotning biron-bir shakllari mavjudligi yoki
mavjud emasligini qayd etish uchun yetarli axborot hozircha yo‘q. Mazkur
vazifa faqat mushohada yuritish yo‘li bilan hal qilinishi mumkin emas va
eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishni talab qiladi. Inson ilmiy-texnika
imkoniyatlarining o‘sish sur’atlariga qaraganda, Quyosh sistemasida Yerdan
boshqa joyda hayot mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi yaqin
kelajakda o‘z yechimini topsa kerak. Ammo butun koinotga nisbatan (u inson
bilishi uchun cheksizligi tufayli) bu masala saqlanib qoladi. Shuningdek,
hayot u Yerda va faqat shunday usulda mavjud bo‘lishi mumkin, deb aytish
uchun biron-bir asos mavjud emas.
150

Download 208.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling