Abu Nasr Forobiyning jahon ilm-fani va ma’naviyat olamiga qo’shgan hissasini gapirishdan oldin, uning hayoti hamda u haqida muarrixlarning bergan ma’lumotlariga to’xtalib o’tishni joizdir


Hayotning paydo bo‘lishi haqidagi falsafiy optimizm


Download 208.59 Kb.
bet8/10
Sana25.09.2023
Hajmi208.59 Kb.
#1687661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri

Hayotning paydo bo‘lishi haqidagi falsafiy optimizm. Hayotning
paydo bo‘lishi muammosi ustida bosh qotirar ekan, inson ortiqcha optimizm
namoyish etishi va o‘zining haqiqatning tagiga yetish qobiliyatiga haddan
ortiq ishonishi ham, muammoning murakkabligi qarshisida o‘z ojizligini
tan olishi ham mumkin. Bunday sharoitda XX asr boshida Amerika
pragmatizmining taniqli namoyandasi Uilyam Jems (1842-1910)
ta’riflagan yondashuv o‘rinli bo‘lsa kerak. Uning ta’biri bilan aytganda,
«biz qor bosgan, quyunlar charx urayotgan tog‘lar orasida turibmiz.
Qarshimizda ba’zan tuman pardasi osha so‘qmoqlar namoyon bo‘ladi. Ular
ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Lekin biz bu yerda harakatsiz turadigan bo‘lsak,
muzlab qolishimiz ham hech gap emas; bordiyu soxta yo‘lni tanlasak, yiqilib
o‘lishimiz mumkin; biz hatto chin yo‘l bor-yo‘qligini ham bilmaymiz. Xo‘sh,
biz nima qilishimiz kerak? Tushkunlikka tushmasligimiz kerak! Hammasi
yaxshi bo‘lishiga umid qilib, dadil harakat qilishimiz kerak!»1.
Agar biz cheksizlik hamda hal qilinayotgan vazifaning o‘ta
murakkabligi qarshisida hafsalasizlik va harakatsizlikdan yuqorida zikr
etilgan tamoyilni, mistika va ko‘r-ko‘rona ishonchdan aql dalillari va
bilishning ilmiy yo‘lini ustun qo‘ysak, hayot hodisasini falsafiy anglab
yetish yo‘lidagi birinchi ishimiz, jonli deb nomlash mumkin bo‘lgan barcha
narsalarning jonsiz narsalardan tubdan farqini aniqlash bo‘lishi lozim.
Jonli narsalarning jonsiz narsalarga bog‘liqligi. Bugungi
kunda biz tushunishga qodir bo‘lgan barcha jonli narsalar umumiy holda
jonsiz narsalar dunyosi bilan taqqoslaganda dengizdan bir tomchidir.
Ammo, jonli narsalar borlig‘i to‘g‘risida so‘z yuritganda, u jonsiz narsalar
borlig‘i bilan uzviy bog‘liq ekanligini, uning yuqoriroq bosqichi
hisoblanishini qayd etib o‘tish lozim.
Jonli narsalar jonsiz (qotib qolgan) tabiat negizida vujudga
keladi va yo‘qlikka chekinar ekan, ayni shu qotib qolgan tabiat bag‘riga
qaytadi. Qadimgi yunon faylasuflari butun tiriklik yer va suvdan paydo
bo‘lgan va ularga qaytib boradi, deganida, ayni shu aloqani nazarda
tutganlar
Fan, ayniqsa biologiyaning rivojlanishi bilan XIX asr boshlaridan
organik dunyo evolyusiyasi haqidagi yaxlit ta’limotlar vujudga keldi.
Avvaliga J.Lamark g‘oyalari (1744-1829), so‘ngra Ch.Darvin (1809-1882)
ta’limoti, keyinchalik esa genetika kashfiyotlari, biologiya, kimyo va
geologiyaning rivojlanishi jonli narsalar jonsiz narsalardan abiotik
(nobiogen, tabiiy) yo‘l bilan vujudga kelgan aminokislotalar atrof
muhitning muayyan sharoitida birikishi jarayonida tabiiy yo‘l bilan yuzaga
kelgan, deb qayd etish uchun zamin hozirladi.
Masalan, Ch.Darvin hayotning vujudga kelishi va uning tabiiy
tanlanish natijasida tadrijiy rivojlanishi zamirida yotuvchi o‘sish, nasl
qoldirish, irsiyat, o‘zgaruvchanlik, ko‘payish progressiyasi, yashash uchun kurash,
tabiiy tanlanish kabi qonunlarni qayd etdi.

Download 208.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling